Reja. Buyruq va farmoyish yozish tartibi
Download 16.87 Kb.
|
Akademik y 10-mavzu
BUYRUQ KO’RINISHLARI. FARMOYISH YOZISH TARTIBI. KO’RSATMA VA GUVOHNOMA YOZILISHI. REJA. 1. Buyruq va farmoyish yozish tartibi 2. Ko`rsatma va guvohnoma yozilishi. 3. Majlis bayonnomasi ko`rinishlari, ma`lumotnoma turlari va yozilishi. Tayanch so’z va iboralar: buyruq, farmoyish, ko’rsatma, guvohnoma, majlis bayonnomasi, ma`lumotnoma, taklifnoma, hisobot, dalolatnoma. Davlat boshqaruv organi rahbarlarning yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llanadi. Mohiyat –e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi(shuning uchun ularga alohida –alohida tartib raqamlari qo’yiladi). Asosiy faoliyatiga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatni tartibga solishda qo’llanadi. Ularda odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar hodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar bajarish muddati tayinlanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib muayyan bir shaxsga emas , balki butun jamoaga qaratiladi. Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dirеktor)ning buyruq, ko‘rmatma, farmoyishlari asosida vujudga kеladi. Download 16.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling