Reja: C++ dasturlash tili
Download 86.25 Kb.
|
2-mavzu OOP tillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Java dasturlash tili
- Python dasturlash tili.
- Python organish uchun 5 sabab
- Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari va ularning qo’llanish sohalari. Reja: C++ dasturlash tili Java dasturlash tili Python dasturlash tili C++ dasturlash tili C++ da quyidagi ma’lumot turlari ishlatiladi: int, float, double, char -belgili tur, string – belgilar qatori. O‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi: float x1,x2,x3,y1,y2; int d1,d2; O‘zguruvchilarni e’lon qilish va initsializatsiya qilishni bitta operator bilan amalga oshirish ham mumkin: int nVariable = 1; O‘zgarmas deb istalgan doimiy kattalikga aytamiz. O‘zgaruvchilar singari o‘zgarmaslar ham turlarga ega: const int a=25; const float b=12.27; const char plus=’+’; const string b=”Rezult”; Istalgan chop kilinuvchi belgilar bilan ishlash uchun char yoki string turidagi o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin. C++ da bitta ifodada har xil turdagi o‘zgaruvchilar ishlatilishi mumkin: int nValuel=1; double fValue=nValuel+1.0; O‘zgaruvchilar ustida operatsiyalar bajarish mumkin: ko‘shish, ko‘paytirish, ayirish, bo‘lish va hokaza. Masalan: int varl; int var2=1;varl=2*var2; nVariable= nVariable+2; nVariable+=2; C++ da dastur tuzilmasi kuyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: // Eng sodda dastur 44 intmain() { return 0; } Bu yerda main – dasturning bosh funksiyasining nomi. C++ dasturining bajarilishi hamisha shu funksiyadan boshlanadi. Bu funksiya nomi bor (main), nomdan keyin aylana qavsda funksiya parametrlari keltiriladi. Bu funksiya kaytariluvchi natijaga ega. Bu erda return 0 operatori, funksiya 0 qiymatni qaytarishini bildiradi. C++ dadasturning bosh qismiga sarlavha fayllari kiritilishi lozim: #include int main() { return 1; } Fayllar sarlavhasi yaratilishida chop qilish uchun sinf aniqlanadi va uning obyekti cout aniqlanadi: 1-misol #include #include int main(){ float x1,y1,x2; cout<<"Berilmalarnikiritish:\n"; cin>>x1>>x2; x1=sin(x1); y1=cos(x2)+x1; cout<<"y1= "< Java dasturlash tili Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo‘lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻ ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga koʻ ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma’lum o‘zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yoʻ naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha oʻ xshash.Eng ko‘p yo‘l qo‘yildigan xatolarga sabab bo‘luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o‘tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o‘qib yurgizdiriladi. Python dasturlash tili. Boshqa umumiy maqsadli tillar singari, python ham boshidan beri ob'ektga yo'naltirilgan til hisoblanadi. Python - ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tili. Bu bizga ob'ektga yo'naltirilgan yondashuv yordamida dasturlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Python-da biz osongina sinflar va obyektlarni yaratishimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin. Python — o'rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo'r tanlov. Python o'rganish uchun 5 sabab: Python dasturlash tiliga bo'lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko'ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko'p talab bo'lgan Python Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma'lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi. Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi. O'rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod. Quyidagi ikki tilda yozilgan kodlargaga e'tibor bering, va ulardan qay biri tushunarliroq ekanini ko'ring (ikkisi ham bir vazifani bajaradi): Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma'lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo'nalishlarga ki'rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o'yinlarini yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo. Manbalar: O‘.T. XAYITMATOV, R.X. ALIMOV, A.A. AKRAMOV, O.X. AZAMATOV OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH TILLARI https://python.sariq.dev/ Download 86.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling