Reja: Chiqindilarni qayta ishlash va qurilish sohasida ishlatilishi
Download 16.15 Kb.
|
ikkilamchi chiqindi
13– Mavzu: Ikkilamchi resurslardan foydalanish Reja: 1. Chiqindilarni qayta ishlash va qurilish sohasida ishlatilishi. 2. Chiqindisiz va kam chiqitli texnologiyalar. 3. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni tubdan yaxshilash. Tayanch so’z va iboralar: chiqindilarni qayta ishlash, chiqindisiz va kam chiqitli texnologiyalar, ikkilamchi resurslardan foydalanish Akademik Laskarin B.N boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga asosan ishlab chiqarish korxonasining qaysi tarmoqqa mansubligidan qatoiy nazar ularning barchasi uchun taolluqli bo‘lgan quyidagi asosiy 4-ta prinsip bajarilsa, chiqindisiz texnologik jarayonga erishilishi mumkindir: 1. Maxalliy oqava suvlarni tozalash texnologiyasini qqllash xisobiga suvning aylanma xarakatini tashkil qilish, ya’ni tabiiy er usti va er osti suvlaridan toza suv manbai sifatida foydalanishni cheklash. 2. Bir korxona chiqindilarini ikkinchi korxona tomonidan xom-ashyo ikqilamchi xom-ashyo sifatida foydalanishni taominlash ya’ni barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga erishish. 3. Xom-ashyo va chiqindilardan foydalanishni ta’minlovchi turli ishlab chiqarish korxonalarini bir erga to‘plash - ya’ni turli korxonalarni territorial kompleksini tashkil etish. 4. Ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash - ya’ni xom-ashyoga maxsus ishlov berish yqli bilan tozalab, keyin foydalanish natijasida xosil bo‘ladigan chiqindilar turlari va miqdorini kamaytirish. Misol tariqasida issiq elektrostansiyasida (IES) chiqindisiz texnologik jarayonni xosil qilishni kqrib chiqaylik. Ma’lumki, 70 % elektr energiyasi xozirgi kunda issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. SHu bilan bir vaqtda ularda xosil bqlayotgan chiqindilar atrof muxitga tashlanayotgan chiqindilarning 29 % ini tashkil etadi. IES da xosil bqlayotgan chiqindilarga quyidagilar kiradi: 1. Tarkibida SO 2 , SO 2 , NO 1 va ko‘mir changi bo‘lgan gaz-chang chiqindilari. 2. IES da xosil bqlayotgan oqava suvlarga sovitish sistemasi suvlari, gidroqo‘l tutish sistemasi suvlari, jixozlarni yuvish natijasida xosil bqlayotgan kimyoviy eritmalar, suv tozalagichlarda xosil bqlayotgan regenstratsion suvlar va neft, gaz bilan ifloslangan suvlar. Turbinalar kondensatorlarini sovitishda foydalanilgan suvlar qz xaroratini 8- 10 o S ga oshirish xisobiga, asosan issiklik chiqindisi xisoblanadi. Ular yana ishqor va minerallarga tqyingan bo‘ladi. Bqlardan tashqari ushbu suvning tarkibida ftor, mishoyak, simob va vanadiy xam uchraydi. YUvuvchi suvlar esa yuvish uchun ishlatiladigan eritmaning turiga qarab organik va noorganik kislotalar, ishqorlar, nitratlar, alyuminiy tuzlari va x.k. bilan ifloslanadilar. Suv tozalagichlarda (mexanik filtrlarni yuvishda, tindirgich-larning shlamli suvlari, ionitli-filtrlarni regeneratsiya qilishda xosil bo‘layotgan suvlar) xosil bo‘layotgan suvlar asosan Sa, Mg, K, Al, Fe ning tuzlari bilan ifloslanadi. 3. IES da xosil bo‘layotgan qattiq chiqindilarga qo‘m va shlak kiradi. IESning atrof-muxitni ifloslantirishidagi ishtiroki quyidagicha: Atmosfera xavosini 80 gdan ximoya qilish uchun eng samarali usullardan adsarbsiya va kattalik oksidlanishi xisoblanib, ular 90 S gacha 80 g ni ushlab qolish imkonini beradi. qo‘mni ushlab qolish uchun kombinirlangan qo‘m turib qolish sistemasini qo‘llanilib, u - Venturi nayi - skrubber - elektrofiltrdan tashkil topgan. Ushbu sistema qumning 99,7 % gacha ushlab qoladi. Ajratib olingan qum bilan shlak qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi. Xom-ashyo va tayyor maxsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib borishni engillashtirish maqsadida turli ishlab chiqarish korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirish, ya’ni sanoat territorial kompleksini tuzish zarurdir yuqorida aytilganlarga muvofiq ITJ xosil qilishning ikki va uch tamoyillari amalga oshiriladi. 4. Tamoyilga binoan esa ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash, ya’ni xom- ashyoga maxsus ishlov berish yqli bilan uni qqshimcha aralashmalardan tozalab so‘ngra, ishlatish zarurdir. Natijada xosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdorini ancha kamaytirishga erishiladi, SO 2 ni miqdorini kamaytirish uchun yokilg‘i tarkibidagi S aralashmani tozalab olinib, so‘ngra yoqiladi. SO 2 ni xosil bqlishini oldini olish, u xosil bo‘lgandan keyin tozalashga ancha qulay va arzonroqdir. Buning uchun yokilg‘i kimyoviy usullar yoki gravitatsion separatorlar yordamida tozalab olinadi. YOkilg‘ini yoqishdan oldin S dan tozalab so‘ng yoqilish jixozlarini ish samarasini oshirish, ular yuzasidagi korroziya jarayonini kamaytirish imkoniyatini beradi. Mustaxkamlash uchun savollar: 1. Chiqindisiz texnologiyalarni yaratishning nechta prinsip-lari bor? 2. IES da qanday tur chiqindilar xosil bo‘ladi va ulardan qanday foydalaniladi? 3. Biosferada moddalarning aylanish sxematik kqrinishi qanday? 4. Ishlab chiqarishda yopiq sistema deganda nimani tushunasiz? 5. Chiqindisiz texnologik jarayonlar tug‘risida nimalarni bilasiz? 6. Chiqindisiz texnologik jarayonga erishish uchun qaysi prinsiplar bajarilishi kerak? Download 16.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling