Reja: D. Rikardoning nisbiylik ustujnlik nazariyasi. Fillips egri chizig’i Nominal va real yaim
Download 245.23 Kb.
|
makro iqtisodiyot fani d.rikardo
Reja: 1.D.Rikardoning nisbiylik ustujnlik nazariyasi. 2. Fillips egri chizig’i 3. Nominal va real YAIM. D.Rikardoning nisbiylik ustujnlik nazariyasi. D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko`chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashda yoki ko`proq ustunlikka ega bo`lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo ko`proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o`zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari ―Nisbiy ustunlik nazariyasi‖da o`z echimiga ega bo`ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo`lsin. Shuni hisobga olgan holda D.Rikardoning ―Nisbiy ustunlik‖ nazariyasini qo`llaymiz: Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfi55
Yuqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya‘ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo`lga qo`yish ko`proq foyda olib kelishini ta‘kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya‘ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o`z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo`lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo`ladi. 120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut. Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya‘ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o`rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya‘ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o`zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug`i: 9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino. Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi. Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag`batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o`tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo`ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to`lovlari o`zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valuta kurslaridagi o`zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o`zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun: mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o`rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo`lishini; t ransport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini; m ahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo`llash hamda ularni ko`p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o`zgarishlar e‘tiborga olinmasligini ta‘minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim. Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo`llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak. Mahsulotlar bahosi o`rtasidagi o`zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa ―savdo sharoiti indeks‖ tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan: Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlar o`rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog`lanishlarini matematik formula, grafik va rasmlar ko`rinishida ifodalaydi. Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig`ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o`sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o`zida ham grafik ko`rinishda, ham algebraik formula ko`rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar o`am ikki, uch yoki bundan ko`p o`zgaruvchili bo`lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta‘sirida o`zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o`rganilsa, Fillips egri chizig`i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko`rsatkichlari o`rtasidagi bog`liqlik tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab o`tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo`llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zaro bog`liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo`lmasin, ma‘lum darajada mavhumlikka yo`l qo`yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‘zan yopiq iqtisodiy tizim, ya‘ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo`lmagan ―yopiq iqtisodiyot deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya‘ni ochiq iqtisodiyotga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o`rtasidagi bog`liqliklarni to`la-to`kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo`lgan ko`p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo`nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya‘ni modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o`zgaruvchilar hamda modelni yechish natijasida topiladigan ichki-endogen o`zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan o`zgaruvchi (ko`rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi mumkin. Download 245.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling