Reja: Dante ijodining daslabki davrlari


Download 12.54 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi12.54 Kb.
#1057550
Bog'liq
3 seminar


Mavzu: Dante Aligyeri ijodi. Jovanni Bokachchoning "Dekameron" hikoyalar to'plami.

Reja:
1.Dante ijodining daslabki davrlari.


2.Beatriche-shoir ilhom parisi sifatida.
3.Jovanni Bokachchoning ijodi haqida.
4."Dekameron"-gumanistik g'oyalar va voqealikni realistik tasvirlovchi asar.
Dante Aligyeri - O‘rta asrlar oxiri va Uyg‘onish davrining boshi - ikki davr oralig'ida yashab o‘tgan ulug‘ italyan adibi. Shoir 37 yoshga to'lganda boshiga kulfat yog‘iladi. Papa partiyasi davlat tepasiga chiqqandan so‘ng shoirni birinchilar qatori Florensiyadan quvg'in qiladi. Shundan so‘ng qolgan umri Verona, Mantuya, Parile, Luki, Ravenna shaharlarida nihoyatda og'ir hayot girdobida o‘tadi. Shoirlar hamma zamonlarda ham sevgi-muhabbatni ulug'lab kelgan. Sevgan yorining tavsifini keltirib, unga hech go‘zalning teng kelmasligini ta’riflashgan. Bu yorug' olamda yolg'iz o‘zi va sohibjamoligina sadoqatli deb bilishgan. Go’zalning jamoli, nazokati. husni-tarovati. qaddi- qomati haqida dostonlar bitishgan. Dante sohibjamol Beatricheni sevib qoladi. Unga atab she’rlar bitganida 17-18yoshlarda edi. Keyinchalik bu she’rlarni «Yangi hayot» to‘plamiga jamlaydi. Shoirning keyingi asarlari , «Siyofat», «Xalq nutqi haqida» (1305), «Monarxiya haqida» (1313) asarlaridir. Bu traktat, hikoya va risolalarida u din, til, siyosiy voqealar, saltanatga daxldor falsafiy farazlarini bayon etadi. «Ilohiy komediya»sida yozuvchi «Narigi dunyoni»ni uch qism - «Do‘zax», «A’rof» va «Jannat»ga bo'lgan. Asarning har bir qismi 33 qo‘shiqdan tuzilgan bo‘lib, kirish qismi bir qo'shiq, hammasi bo'lib 100 qo‘shiqdan iborat. «Do‘zax» voronka shaklida o‘yib tushirilgan joy bo'lib, unda 9 pog‘onali chuqurlik mavjud. Gunohkorlar shu pog‘onali chuqurlarda azob chekadilar. Pastki pog‘onaga tushgan sari jon qattiqroq azoblanadi. Dante o‘zining siyosiy muxoliflarini do‘zaxga tashlaydi, ayniqsa, xristian dini ruhoniyiarini qattiq qoralab, do‘zaxning so‘nggi pog‘onala- riga qo‘yadi. «A’rof» yer kurrasiga qarama-qarshi joylashgan. Yer bilan uni katta okean ajratib turadi. Okean o'rtasidagi orolda baland tog* bor. Tog1 yetti pog‘onali bo‘lib, ulardan o‘tib borayotganda aybdorning bit- tadan gunohi yuviladi. 7 pog‘onadan qutulganda 7 gunoh (mag'rurlik, ichiqoralik, g‘azab, umidsizlanish, ta’magirlik, mechkaylik, buzg'un- chilik) yo‘qolib, jannatga chiqadi. «Jannat» 9 qavatga bo'linadi, jon qanchalik yuqori pog‘onaga ko‘tarilsa, u xudoning marhamatiga shunchalik ko‘p muyassar bo'ladi. Dante o‘z xato va kamchiliklarini bo‘yniga olgan tanti shoir edi. U o‘zini do‘zaxga munosib deb biladi. Do‘zaxning birinchi pog‘onasida Homer, Gorateiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlarni uchratadi, ular qatoriga o‘zini ham shu dargohga loyiq deb hisoblaydi. Do‘zaxning birinchi pog‘onasida bo'lsa-da, bu ulug'larning gunohi unchalik ko‘p emas. Do'zaxning ikkinchi pog‘onasida buzuqlar, shahvoniy hirsga beril- ganlar turadi. Bular anchagina, shoir uiarning ayrimlarini taniydi: Vavilon malikasi Semiramida, karfagenlik malika Didona, Misr malikasi Kleopatra, Sparta go‘zali Yelena va boshqalardir. Shoir oddiy kishilami emas, boy-badavlat xonadonlarga mansub go‘zallarni keskin tanqid qiladi. Shoir har pog‘onadagi buzuqliklar va bu yoMdagi hiyla- nayranglar haqida qiziqarli hikoyatlar keltiradi. Ikkinchi pog‘onadagi Pavlo bilan Franchesko de Rimmin haqidagi rivoyat juda qiziqarlidir.
Shoir do'zaxning uchunchi qavatida mechkaylarga duch keladi. Faqat o'zining qornini o‘ylaydigan, yeb-ichishdan o‘zini saqlay olmaganlardan nafratlanadi. Bundaylar uchun qornini to‘yg‘azishdan o‘zga buyuk baxt yo‘q. Kelajak ham, taqdir ham, hayot ham, ezgu niyat ham yeb-ichishdir. Albatta, bundaylar do‘zaxga munosib. Shoir to‘rtinchi pog‘onada xasislarga duch keladi. Bular papa va uning homiylari. Xalqdan behisob boylik to'playdiyu, odamlarni xayr- ehsonga chaqiradilaru, o‘zlari esa hech kimga muruvvat ko‘rsatmaydilar. Odamlarni tejamkorlikka chaqiradilaru, o‘zlari isrofgarchilikka yo‘1 qo‘yishadi. Do‘zaxning beshinchi pog‘onasida badjahllar turadi. Uiarning ayrimlari jahl orqasida o‘zlarini tutolmay, og‘ir gunoh jinoyatga qo‘l urgan bo'lsalar, bir to‘da shohlar fuqarolarni qo'rqitib, ularni yanada qattiq tobe qilib olish uchun o‘zlarini ataylab jahldor qilib ko‘rsatganlar. Do‘zaxning yettinchi qavatida shoir o‘z qonlariga belanib yotgan odamlarni ko‘rib, yanada dahshatga tushadi. Bular zo‘ravonlikni, bos- qinchilikni, qotillikni o‘zlari uchun amal qilib olgan qonxo‘rlardir. Uiarning tirikligida ham ko'zlari qonga to‘lib yurardi. Behisob qotilliklar orqasidan katta boylik orttirib, rohat-farog‘atda yashagan bo‘lsalar-da, endi do‘zax azobini tortmoqda. Do‘zaxning sakkizinchi qavatida to‘xtovsiz olov ichida yonib-kuyib yotgan, azobdagi odamlarga ko‘zi tushadi. Bular yolg‘on gapiruvchilar, aldov yo‘li bilan kun kechirgan firibgarlar, o‘zining vijdonini sotgan qalloblar. Nogahon shoiming ko‘zi Papa Nikolay III ga tushib qoladi. U alanganing qoq o‘rtasida azob chekardi. Shoir o‘tda yonayotganlar ichida o‘z mansabini suiste’mol qilganlami, ikkiyuzlamachilami, poraxo‘rlarni, jizzakilami ko‘radi. Papa Bonifasiy VIII ham hademay shu dargohga kelib, o‘t ichida qovurilishini bashorat qiladi. Do'zaxning 9-qavatidagilar muz ustida azoblanadi. Shoir muz sovug‘iga chiday olmay bir-birini g‘ajib, ochlikda azob tortayotgan xoinlar ichidan ikki kishini ko‘rib qoladi. 0 ‘z farzandlariga ham xoinlik qilishdan toymagan bu ablahlami shoir eng dahshatli qiynoqlarga sazovor deb o‘ylaydi. Asaming ikkinchi qismida shoir «A’rof» bo‘ylab sayohatga chiqadi. Bu yerdagilaming gunohi unchalik og‘ir bo'lmay, hademay ular gunohlaridan xalos bo‘lib jannatga o'tadilar. Shu mahal Dantening yonginasida Beatriche paydo bo‘lib, sevimli shoirni Jannatga olib kiradi. Oshiq bilan Ma’shuqa Jannatda dillariga yaqin oliyjanob insonlami ko‘radi. Bu yerda Italiyaning Yangi imperatori Genrix VII ga alohida joy ajratilgan. Shoir o‘z vataniga qaytish niyatida imperatomi har qancha ulug‘lamasin, uni sharaflab jannatning to‘riga qo‘yishga urinmasin befoyda edi.Uning o‘z yurtiga kelish orzusi amalga oshmaydi. Uning barcha lltijolari e'tiborsiz qoladi.
Italyan adabiyotining ulug‘ adibi Jovanni Bokkachcho(1313-1375)novella janrida sermahsul ijod qiladi. Parijda tug‘ilgan Jovanni otasi vafot etgach Italiyaga borib, Florensiya, Neapolda bilim oladi. Yoshligidan antik adabiyot nam unalarini berilib o ‘qiydi. Tarixiy obidalarga, qadim zam ondan qolgan yodgorliklarga katta qiziqish bilan qaraydi. Dastlab ritsarlik romanlarini qayta ishlaydi. O 'sha davrlarda ritsarlik rom anlarini o‘qish odatiy bir tusga kirib qolgan edi. Ayniqsa, Vergiliy ijodi unga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, «Ameto» (1341) asari Vergiliyning «Bukolikalar» («C ho‘pon she’riari») asariga juda o‘xshab ketadi. «Fezolan parilari» (1345-1346) poemasi «Metamorfoza» asariga ko‘p jihatdan o‘xshab ketadi. Bu holat Fransiyada tug‘ilgan Jovanni- ning Italiya adabiyoti va madaniyatini qancnalik tez o‘zlashtirib olgani- dan dalolat beradi. «Fyametta» (1343) asari psixoligik roman deb baholanib, Bokkach- cho nomiga katta shuhrat keltiradi. Adib yoshlar hayotiga, sevgi va muhabbat mavzusiga alohida e’tibor bilan qaraydi. «Dekameron» (1352-1354) hikoyalari to‘plami jahon adabiyotining javohirlar sandig'ida nodir asar hisoblanadi. Asarda hikoya qilinishicha, Florensiyada dahshatli o‘lat kasali tarqalib, bunday ofatdan qutulish maqsadida 7 qiz va 3 o‘g‘il o‘rmonga borib kun kechira boshlaydilar. Ular zerikmaslik uchun har qaysisi o‘ntadan hikoya, jami o‘n kunda yuzta hikoya aytishadi. Asar syujeti Sharq adabiyotida nodir asar hisoblangan «Ming bir kecha», G‘arb adabiyotida keng shuhratga ega bo‘lgan «Metamorfoza»larga juda o‘xshab ketadi. Jovanni Bokkachchodan so‘ng uning an’analarini davom ettirib, ko‘plab adiblar novellalar to‘plami yaratishga kirishadi. Margarita Novarskaya «Xeptameron» («Etti kunlik voqea») asarini yozadi. J. Bokkachcho har bir xaraktemi ochib berishga harakat qilgan. Bu novellalar to‘plamini ayrim tadqiqotchilar Uyg‘onish davri romani deb baholaydilar. Adib shu birgina romani bilan jahonga mashhur bo‘ldi.«Dekameron» hikovalar to’plamimi yoki romanini, haligacha adabi- yotshunos olimlar munozara yuritadilar. Asarni ketma-ket joylashgan yuzta hikoyadangina iborat desak. unda har bir hikoyani bir-biriga bog'laydigan romandagi kabi o'ziga xos badiiy vositaiar mavjud. «Dekameron» o'quvchini ezgulikka undovchi asardir. Unda ishq- muhabbat,sevgiga sadoqat, umid va ishonch o'z ifodasini topgan. Beshinchi kunda aytilgan hikoyada berilishcha, Aristipining o'g'li Galezo juda sho'x, jizzaki, ko'p tentakliklar qilaverib hammaning joniga tekkan,kaltak va haqoratlar unga kor qilmaydi. Unga Cliamone (hayvon) deb laqab qo’ysa ham parvo qilmaydi. Janjal-g'avg'osiz turolmaydi. Ota-ona ham o‘g'lining bu qiliqlaridan bezor bo-lib, uni cho'ponlarga qo’shib qo'yadi. Biroq yigit sevib qolgandan so‘ng, o’zining yoqimsiz qiliqlaridan voz kechib, jahldorlikdan tushib, mutlaqo o‘zga bir odamga ayianadi. Go‘zal qo'shiqlar xirgoya qilib, xalq xaloskoriga aylanadi. Bu asar mazmunida ishq-muhabbat insonni qayta tarbiyalaydi, uni yangidan dunyoga keltiradi, degan fikr yotibdi. Haqiqiy muhabbat insonni yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydi. Asaming keyingi hikoyalarida ham bir-biridan qiziq voqealar beril- gan. Boshqa bir hikoyada Masso degan kishining kirdikorlari fosh etiladi. U o'zini taqvodor Albert deb tanishtirib, kunduz kunlari cherkovda bo‘lsa, kechalari buziqchilik bilan shuglullanadi. Oxir- oqibat siri fosh bo'lib, sharmisor bo'ladi. Bu asarida adib hamma taqvodorlar ham xudojo‘y va pokiza qalb egasi emasligini kinoya bitan hikoya qiladi. Deyarli barcha hikoyalar ruhida istehzo mavjud. Bu bilan yozuvchi mavjud tuzum, jamiyatdagi yaramas illatlarni qattiq tanqid qiladi. Asarda mardlik, jasorat, yaxshilik, ezgulik ulugManadi, riyokorlik, tuhmat, nafs balosi, insonlar o‘rtasidagi tengsizlik, jaholat, zo‘ravonlik qoralanadi.
Download 12.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling