Reja: Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari


Download 39 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi39 Kb.
#1685678
Bog'liq
DARSDAN TASHQARI ISHLARDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH YÒLLARINI BELGILASH


DARSDAN TASHQARI ISHLARDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH YÒLLARINI BELGILASH

Reja:
1. Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari.


2. Biologiya xonasi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar.
3. Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar.

Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Darsdan tashqari ishlar o`qituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli.


Darsdan tashqari ishlar; biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, o`quv tajriba uchastkasida bajariladi. O`quvchilarning darsdan tashqari ishlarinnng zarurligi shundan iboratki, o`simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan ko`pgina uzoq muddatli kuzatishlar o`quv jadvaliga sig`maydi. Ayrim hollarda turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarlishiga to`sqinlik qiladi. Biologiya kursini o`rganish davomida har bir o`quvchi mikroskop bilan ishlash ko`nikma malakasiga ega bo`lishi kerak. Shuning uchun o`qituvchi navbat bilan 35 o`quvchini dars oldidan yoki darsdan so`ng mikroskop bilan ishlashini tashkil etish kerak. O`quvchilar 35 tadan guruhlarga bo`linib mayda hayvonlar ustida o`qituvchi topshirig`i bo`yicha keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq muddatli biologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har bir o`quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga o`qituvchi baho qo`yadi. Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko`ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin hisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bo`lib, sinf o`quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi ba`zan dastlabki harakterda bo`ladi, ya`ni sinfda o`rganishdan bir necha kun, hafta va hatto bir necha oy ilgari beriladi. Masalan botanikadan suv o`simliklari bilan tajribalar 2 oy, bargda kraxmal izlari hosil bo`lishi 2 oy, poya bo`ylab suvning ko`tarilishi 23 kun kuzatiladi.
Hayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bo`ladi. Odam va uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina harakteridagi ishlar ma`lum mavzular o`rganilgandan so`ng bilimni mustahkamlash uchun o`tkaziladi. Ko`pgina fiziologik tajribalar, shartli refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi, Ularning natijalarini darsda ko`rsatish imkoni bo`ladi. Darsdan tashqari vaqtda o`quvchilar o`tkazayotgan barcha tajribalarning borishi xaqida xabardor bo`lgan o`qituvchi darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o`zgarishlarni namoyish qilishi, o`tkazilayotgan tajribalar haqida o`quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish imkoniga ega bo`ladi.
Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar.
Ishlar ko`pincha kech kuzda, qishda va erta bahorda bajariladi. Asosan ular botanikani o`qitishda qo`llaniladi.
Botanikadan darsdan tashqari ishlarni dasturning barcha mavzusi bo`yicha berish mumkin. Masalan "Urug`" mavzusi bo`yicha darsdan tashqari o`quvchilar urug`ning bo`rtishini kuzatadilar, uning unuvchanlik foizini aniqlaydilar. Gulli o`simliklar biologik xususiyatlarini kuzatadilar.
Zoologiyadan darsdan tashqari ishlarda o`quvchilar tirik tabiat burchagida sodda hayvonlarni ko`paytirib, ularni mikroskopda o`rganadilar. Halqali chuvalchanglarni o`rganishda ularning tuproq hosil qilishdagi harakatini, ta`sirlanishini kuzatadilar. Ayrim hasharotlar metamorfozini o`rganishlari mumkin.
Odam va uning salomatligi bo`yicha tirik tabiat burchagida o`tkazilayotgan darsdan tashqari ishlar uncha xilma xil emas, ular asosan uch xil bo`ladi: 1) hayvonlarda shartli refleks hosil qilish ekologik va fiziologik tajribalar qo`yish; 2) ergograf, tonometr, spirometr bilan ishlash; 3) mikroskop bilan ishlash.
Oddiy meditsina ko`nikmalari suyak singanda, qon ketganda birinchi yordam ko`rsatish, sun`iy nafas olish kabilar ham darsdan tashqari vaqtda o`qituvchi rahbarligida olib boriladi.
Umumiy biologiyadan tirik burchakda o`quvchilarga botanika va zoologiya ob`yektlari bilan ishlash uchun topshiriq berish mumkin. Bundan maqsad darslarda o`rganilayotgan organik dunyo qonuniyatlarini kuzatishdan iboratdir. Agar ba`zi o`quvchilar tirik burchakda har xil o`simliklarga turli ekologik omillarning ta`sirini o`rganish bo`yicha tajriba qilsalar, boshqalari shu mavzuda hayvonlar bilan tajriba o`tkazadilar. Masalan, o`simlikning o`sishiga quyosh nuri va sun`iy yorug`ligining ta`siri yoki nixolning o`sishi va rivojlanishiga quyosh nuri va haroratning ta`siri, irsiyat haqida aniq tushunchaga ega bo`lish uchun hayvonlardan drozofila, akvarium balig`i guppi ustida chatishtirish bo`yicha tajribalar qo`yadilar. Ayniqsa vegetativ ko`payish, organizmlarning moslashganligini, sun`iy biotsenozlar yaratish, kun uzunligini, o`simlik va hasharotlar g`umbagining rivojlanishini o`rganishga oid tajribalar qo`yish nihoyatda qiziqarlidir. Bitta tajribadan bir necha mavzularni o`rganishda ularga monand holda foydalanish mumkin.
Eng asosiysi o`quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda pedagogik maqsadda to`la foydalanishdan, ya`ni puxta o`ylangan tarzda teskari bog`lanishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar asosan morfologiya, ekologiya va sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy hamda kolleksiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun ko`pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida 5- sinf o`quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi o`simliklarni yig`ish: 5-6 sinf o`quvchilarga madaniy va yovvoyi o`simliklarni yig`ish va gerbariy tayyorlash; 7-sinf o`quvchilariga hayvonlar ustida kuzatish olib borish, hasharotlardan kolleksiyalar to`plash kabi topshiriklar beriladi. O`simliklarni hamda ularda yashaydigan xasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini ko`rsatadigan biologik kolleksiyalar katta ahamiyatga ega. O`qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan sayohatga boruvchi o`quvchilar yordamida xonani qiziqarli ob`yektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. O`qituvchi o`quvchilarning qayerga borishini oldindan bilib olib, kabinet uchun kerakli ob`yekt olib kelish to`g`risida topshirik beradi. Albatta bunday topshiriklar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda bo`ladi. 5, 6 va 7 sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik kuzatishlar alohida o`rin tutadi. O`quvchilar har kuni kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy o`zgarishparni yozib boradilar. O`simlik va hayvonot dunyosida olib boriladigan fenologak kuzatishlar ob havoning holati bilan bog`lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish ma`lumotlari o`simliklar va hayvonlarning rivojlanishi hamda hulq -atvori bilan taqqoslanadi.
Tirik tabiat burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o`rganish uchun qiziqarli material beradi, o`quvchilarda mustaqil ishlash o`quv va ko`nikmalarini tarbiyalaydi, tabiatga qiziqishini rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o`quvchilar, odatda, topshiriqlarda ko`rsatiladigan o`simlik va hayvonlar to`g`risidagi maxsus adabiyotlarga, ma`lumotnomalarga, ensiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida o`quvchilarda bilimni chuqurlashtirshi uchun kitoblarga doimiy murojat kilish ehtiyoji tarbiyalanadi.
Dars bilan uzviy bog`liq holda darsdan tashqari ishlar biologiya o`qitishning majburiy shakli bo`lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi

Adabiyotlar:




1. N.M. Verzilin. Biologiya o`qitish metodikasi. 1976 yil.M.
2. Tolipova.J. Biologiya o`qitish metodikasi. T.2006
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling