Reja: Darsdan tashqari mashg‘ulotlar turlari


Download 20.43 Kb.
bet4/5
Sana25.02.2023
Hajmi20.43 Kb.
#1227470
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Informatik ro‘znoma
Informatik ro‘znomalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Informatik ro‘znoma odatda Informatika to‘garagi organi hisoblanadi, shu sababli ro‘znoma to‘garak a’zolarinaig kuchi bilan o‘qituvchining bevosita raxbarligida tayyorlalanadi. O‘qituvchi, ro‘zaomani tayyorlashda mumkin qadar o‘quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishishi kerak. Devoriy ro‘znomalar quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin:

  • Informatika tarixidan bir shingil;

  • Sinf o‘quvchiiarining Informatik xayoti;

  • O‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar;

  • Masalalar (qiziqarli, maatiqiy, konkurs);

  • Informatik o‘yinlar;

  • Yumor;

  • O‘tgan sonlardagi konkurs masalalarining yechimi va javobini redkollegiyaga topshirgan o‘quvchilar haqida ma’lumot.

Ro‘znomada Informatika faniga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror alloma haqida hikoya qilinadigan bo‘Isa, uning rasmi va rasmning tagida bu olm haqidagi, uning ishlari to‘g'risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq voqealar to‘g'risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so‘zlarni ko‘chirib yozish ham foydali.
Ro‘zaomada beriladigan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Informatikadan to‘garak
O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirishning yo‘llaridan biri – bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir.
Informatika fanidan tashkil etilgan to‘garaklarga bolalarni jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Buning asosiy sabablaridan biri yoshlarning kompyuterga qiziqishidir. Xozirgi kunda kompyuterlarni barcha sohalarda unumli qo‘llanilishi turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi. Buning uchun albatta kompyuter honasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun Soud Forge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati borlar uchun AutoCad kabi dasturlar shular jumlasidandir.
Bevosita informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan to‘garaklar tashkil etish mumkin. Bunday to‘garaklarni olib borishda amaliy ishlarni o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlash maqsadga muvofiq. Amaliy ishlarni bajarishda o‘quvchilarga ijodiy yondashishi uchun sharoit yaratish, to‘garakda ijodiy muhitni shakllantirish, har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyatlari va fazilatlarini ochishga yordam berish va ularni vatanimiz taraqqiyotiga yo‘naltirishga erishish muhim ahamiyatga ega.
“Yosh dasturchi” to‘garagida o‘quvchilarning qiziqishlari va kompyuter honasining imkoniyatlaridan kelib chiqib Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillaridan biri o‘rgatiladi. Quyida “Yosh dasturchi” to‘garagi uchun taxminiy ish regalarni keltiramiz.

Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling