Reja: Davlat — siyosiy tahlil obyekti sifatida Davlatning tuzilishi Davlatning tarixiy shakllari Davlat — siyosiy tahlil obyekti sifatida


Download 27.5 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1295359
Bog'liq
Davlatning axborot siyosati va uni amalga oshirishning shakl va usullari


Davlatning axborot siyosati va uni amalga oshirishning shakl va usullari


Reja:

1. Davlat — siyosiy tahlil obyekti sifatida
2. Davlatning tuzilishi
3. Davlatning tarixiy shakllari
Davlat — siyosiy tahlil obyekti sifatida
Ijtimoiy fanlarda davlat va siyosiy hokimiyat tushunchalari bir butun qaraladi, negaki davlat hokimiyati oliy siyosiy hokimiyat tarzida namoyon bo'ladi. Hokimiyatga doir kundalik tasavvurlar uni "boshqaruv", "davlat hokimiyati" doirasi bilan cheklaydi. Bu leksikada ham o'z ifodasini topgan: Masalan, fransuz tilida hokimiyat (le pouvoir) — markaziy hokimiyatni ham anglatadi, inglizchada (the power) — (kuchli, qudratli) davlat ma'nosida ham qo'llanadi, nemischada (che ge walt) — qudrat, zo'rlik ma'nolarida ham keladi. Ruschada "vlast" — boshliqni, "vlasti" esa — davlatning hokimlik muassasalarini bildiradi. O'zbek tilida "hokimiyat" so'zining ma'nolaridan biri — davlat boshqarmasi va " uning organlari; hukumat, siyosiy hukmronlikni anglatsa, "hokimiyat" tushunchasi "o'z izmiga yurgizuvchi, o'z fikrini o'tkazuvchi", hukmron ma'nolarida keladi.2 Bu an'ana-barcha xalqlar "tarixiy taraqqiyotining muayyan davrlarida davlat - hokimiyatni o'z qo'lida to'liq mujassam etgan tashkilot bo'lganidan kelib chiqadi.
Ammo siyosiy hokimiyatning davlatdan tashqari boshqa institutlarda ham mujassam bo'lishini kuzatish mumkin: siyosiy partiyalar, assotsiatsiyalar, OAVlari v.h. Shuning uchun ham hokimiyat — ijtimoiy hodisa sifatida — ko'p qirrali, ko'p o'lchovlidir. Bu — uning ta'riflarining xilma — xilligida namoyon bo'ladi. Ammo, siyosat nazariyasi nuqtai nazaridan, bu ta'rifning o'zi yetarli emas, Negaki, "davlat hokimiyati" tushunchasi mazmunida hokimiyatning yakka markazda to'planishi nazarda tutiladi va shu tariqa siyosatning amalda ko'p omilli ekanligini inkor etish, hisobga olmaslik mavjud.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling