Reja. Davlat byudjeti daromadlarining mohiyati, manbalari. Davlat byudjetining soliqli daromadlari
Download 56.57 Kb.
|
1 2
Bog'liqByudjet taxchirligi va davlat Karzi va iktisodiyotga tasiri
Byudjet taxchirligi va davlat Karzi va iktisodiyotga tasiri Reja. 1. Davlat byudjeti daromadlarining mohiyati, manbalari. 2. Davlat byudjetining soliqli daromadlari. 3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari. 1. Davlat byudjeti daromadlarining mohiyati, manbalari. Davlat byudjetining daromadlari[1] mamlakat yalpi ichki (mil-liy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayoni-ning elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daro-madlar va fondlarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning na-moyon bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘-lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining daromadlari yara-tilgan (ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (mil-liy daromadda) davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlat-ning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va bosh-qa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda Davlat byudjetida mablag‘larni konsentratsiya qilish (to‘plash, yi-g‘ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqla-nadi. Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir: – soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boy-ligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak; – soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng (adolatli) taq-simlanmog‘i lozim; – soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari haj-miga ta’sir ko‘rsatmasligi; – soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; – davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha ar-zonroq bo‘lishi lozim; – soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak; – sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga rioya etish (sharoit yaratish). Buning ma’nosi shundan iboratki, sub’ektlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar bir qismining Davlat byudjetiga oli-nishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmas-ligi kerak. Bu chegaradan oshib ketish sub’ektlarning mustaqilli-gini yo‘qotishga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyot-ning rivojlanishiga olib keladi; – sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog‘liq bo‘l-magan holda vujudga kelgan daromadlarning to‘liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan barcha daromadlar sub’ektlarning ixtiyoriga qoldi-rilmasdan davlatning ixtiyoriga o‘tishi kerak. Bu prinsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyatining noto‘g‘ri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) na-tijasida olingan daromadlar ham kiritilmog‘i lozim; – ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu prinsip davlat byudjeti daromadlarini dav-lat korxonalarining mablag‘lari hisobidan tashkil etishda qo‘l-lanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy ehtiyojlarni qon-dirishda davlatning manfaatlarini ta’minlaydi; – byudjet mexanizmining rag‘batlantiruvchi ta’sirini ta’-minlash. Sub’ektlar ixtiyoridan mablag‘larning byudjetga olini-shi ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirishi kerak. Bu еrda qo‘yilgan vazifa faqatgina Davlat byudjeti daro-madlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu orqali korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaat-lariga, ular faoliyatining sifat ko‘rsatkichlariga to‘lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir; – byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu prinsip aholi mablag‘lari hisobidan byudjet daromad-larini shakllantirishda qo‘llanilib, uning natijasida aholi da-romadlarining bir qismi ular olgan daromadlarining darajasiga bog‘liq ravishda byudjetga o‘tkaziladi. Davlat byudjetining daromadlari o‘zlarining manbalari, ij-timoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlar-ning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, Davlat byudjetining daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi: · soliqli daromadlar; · nosoliqli daromadlar; · tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o‘tkaziladi-gan pul mablag‘lari. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, ma-halliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: · davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (so-liqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); · byudjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan haqli (to‘-lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlar-dan so‘ng); · fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘l-lash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, kon-fiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga еtkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undi-rilgan boshqa mablag‘lar; · moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (byudjet ssuda-lari va byudjet kreditlaridan tashqari); · boshqa nosoliqli daromadlar. Byudjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin: · davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natija-sida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar; · kredit muassasalaridagi hisob varaqlarida byudjet mab-lag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mab-lag‘lar; · davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar; · qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xori-jiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq; · davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari us-tav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividentlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar; · davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (so-liqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); · davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish nati-jasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromad-lar. Byudjetning daromadlar qismini to‘ldirishning manbalari-dan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qayta-rilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluv-chi byudjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jis-moniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham byudjetning shunday daromad-lari tarkibiga kiradi. Hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining daromadlari quyi-dagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti: 1. To‘g‘ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxs-larning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga aj-ratmalar; yagona soliq to‘lovidan (mikrofirmalar va kichik korxo-nalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik fao-liyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daro-madidan olinadigan qat’iy soliq kiradi. 2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo‘shil-gan qiymat solig‘i; aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslar-dan olinadigan yagona boj to‘lovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan oli-nadigan soliqdan iborat. 3. Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va to‘lovlar mol-mulk solig‘i; еr solig‘i; еr osti boylik-laridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foyda-langanlik uchun soliqni o‘z ichiga oladi. 4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-tirish uchun soliq. 6. Boshqa daromadlar. O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra, Davlat byud-jetining daromadlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin: – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar; – aholidan tushumlar. Mulkchilik shakliga ko‘ra, Davlat byudjetining daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: – nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; – davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlar; – aholidan olinadigan mablag‘lar. Byudjet daromadlarining yuqorida sanab o‘tilgan har bir gu-ruhlari daromadlarning manbalari, to‘lovlarning turlari va hoka-zolar bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to‘lovlari, davlat mulkini sotishdan olina-digan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag‘lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lov-lardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan Davlat byudjetining daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daro-mad (foyda) solig‘i va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulki-dan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo‘natmalarini, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko‘rsa-tilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar, tovar belgi-larini qayd etganlik uchun yig‘imlar, o‘lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o‘tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xiz-matlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi. Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda (shaklda) mobilizatsiya (jalb) qilinishi mumkin. Bunda da-romadlarni majburiy shaklda mobilizatsiya (jalb) qilish hal qi-luvchi rolni o‘ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to‘lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini realizatsiya qilish-dan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag‘lar belgilangan muddatlarda byud-jetga o‘tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to‘lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to‘lanmagan summalar-ning majburiy undirilishini ko‘zda tutadi. Bu holat byudjetning ijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, mablag‘larni to‘liq va o‘z vaqtida byudjetga mobilizatsiya qilishga (jalb etishga) yo‘naltirilgan. Sub’ektlarning daromadlari Davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni qo‘llash evaziga olinishi mumkin: 1) soliqli metodlar; 2) nosoliqli metodlar. Soliqli metodlar uchun mablag‘larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirili-shi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daro-madining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) so-lig‘i, еr solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqa soliqlar kiradi. Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to‘lovlardir. Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmay-digan mablag‘lar ham Davlat byudjetining daromadlari bo‘lishi mumkin. Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag‘larni sarf etsa-da, u bu mablag‘larni belgilangan muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat obligatsiya-larini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai-nazaridan oldindan mo‘ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldingan belgilangan maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug‘urta badallarini kiritish mumkin. Soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va majburiy ajrat-malarning alohida shakllari va turlarining yig‘indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan Davlat byudjetining daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o‘zaro bog‘-langandir. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzil-masi doimiy bo‘lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o‘zgarishiga muvofiq ravishda o‘zgarib bo-radi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma xosdir (1-jadvalga qarang). Demak, 1-jadvalda keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turib-diki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari to‘g‘ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) soliqlar, resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topgan. Milliy iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan Davlat byudjeti daro-madlari tizimining samaradorligi mablag‘larning byudjetga tu-shumini tashkil etishga bevosita bog‘liq. Bu narsa o‘z ichiga quyida-gilarni oladi: – byudjetga tegishli bo‘lgan daromadlarni (soliqlar, to‘lov-lar, bojlar; – jratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashti-rish; – mablag‘lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; – daromadlarni (to‘lovlarni) byudjetga o‘tkazish tartibi; – byudjetga daromadlarni to‘lovchilarni hisobga olish; – byudjetga daromadlarni to‘lovchilarning javobgarligi; – byudjetga daromadlarni o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; – byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari. Yuqoridagilarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni to‘lovchilar o‘rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. -jadval O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari tizimi(mln so‘mda)
Download 56.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling