O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan sud ishlarini ko'rish tartibi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ishni nazorat tartibida ko'rish chog’ida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ish holatlari va protest vajlari haqidagi ma'ruzasini tinglaydi. So'ngra O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, shuningdek, basharti taraflar ishtirok etayotgan bo'lsa, ularning fikrlari tinglanadi. Protestni muhokama qilish va ovoz berish chog’ida majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a'zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a'zolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi oxirgi bo'lib ovoz beradi. Protest yuzasidan qaror, agar uni yoqlab O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a'zolarining ko'pchiligi ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ishni ko'rishda ilgari qatnashgan sudya ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas. Ko'pchilikning ovozini olmagan protest rad qilingan hisoblanadi. Shundan so'ng boshqa takliflar tushish navbatiga qarab ovozga qo'yiladi.
Qabul qilingan qaror bilan rozi bo'lmagan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a'zosi o'z fikrini yozma ravishda bayon etishga haqli bo'lib, bu fikr O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |