Reja: Davlat


Davlat qarzlarining turlari va tasniflanishi


Download 41.28 Kb.
bet4/4
Sana25.03.2023
Hajmi41.28 Kb.
#1295351
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 9

Davlat qarzlarining turlari va tasniflanishi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonuniga asosan davlat tomonidan ichki va tashqi mablag‘larni jalb qilishda qarz majburiyatlarining: (1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari; (2) kreditlar (qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli); (3) O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; (4) byudjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovvutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar hamda (5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlaridan foydalanish mumkin4.
Davlat qarz majburiyatlari – bu davlatning o‘z kreditorlariga bo‘lgan qarz majburiyatlarining summasidir. Davlat qarzlari joriy va mukammal, ichki va tashqi qarz majburiyatlariga bo‘linadi.
4 Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 14 декабрдаги «Бюджет тизими тўғрисида»ги қонуни.
Davlatning joriy qarz majburiyatlari – bu joriy yilda qaytariladigan qarzlar va muayyan vaqtda barcha chiqarilgan zayomlar bo‘yicha hozirgi davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar so‘mmasidir. Davlatning umumiy qarz majburiyatlari – bu zayomlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha qarzlar va foizlarning umumiy so‘mmasidir.
Davlat qarz majburiyatlari o‘zining manbalari bo‘yicha 2 turga (ichki va tashqi qarzlarga) bo‘linadi:
Davlat ichki qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan ichki mablarni jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning majburiyatlarini yig‘indisi.
Davlat tashqi qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan xorijdan mablag‘lar jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning majburiyatlari yig‘indisi. Xorijdan jalb qilingan mablag‘larga:
davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;
norezidentlar mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
lizing operatsiyalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezident- larining obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xorijiy bozorlarda joylashtirishi hamda boshqa tur va shakllardan foydalanish yo‘li bilan jalb qilinadi5.
Xorijdan mablag‘ jalb qilish – bu O‘zbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko‘ra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, shu jumladan, aktivlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holda jalb etilishidir.
Davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi – bu aktivlarni chet el manbalaridan (xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va halqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida
5 O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (zayomlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishidir.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – bu aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishidir.

Davlat qarzlarini boshqarish


Davlatning qarzlari bo‘yicha daromadlarni to‘lash va ularni qaytarish davlat byudjeti xarajatlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi. Davlat qarzlari hajmi mamlakat o‘zining qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmaydigan holatga yetganda qarzlarni qaytarish muddatlarini uzaytirish yoki zayomlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni qisqartirishga davlat majbur bo‘ladi.


Davlat qarzlarini boshqarish – davlat zayomlarini qaytarish, ular bo‘yicha daromadlar to‘lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o‘zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo‘yicha davlatning moliyaviy tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Davlat qarzlarini boshqarish qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. Bu joriy qarzlarga ham, mukammal qarzlarga ham tegishlidir. Joriy qarzlarni qaytarish real manbalar bilan ta’minlash zarur bo‘ladi. Mukammal qarzlar uchun qaytarish muddatlarini shunday belgilash kerakki, ularni qaytarish uchun tegishli manbalar mavjud bo‘lishi kerak6. Davlatning ichki qarzlari uchun to‘lov qobiliyati uning ichki manbalari hisobidan ta’minlanadi. Davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati birinchi navbatda valyuta tushumlariga bog‘liq. Bu qarzlarni qaytarish imkoniyati to‘lov balansining holati bilan aniqlanadi. To‘lov balansining ijobiy saldosi davlatning to‘lov imkoniyatini ta’minlaydigan resursni xarakterlaydi va u oltin-valyuta zahiralarini tartibga solish imkoniyatini beradi.


6 M.Ostonoqulov. G‘aznachilikkka o‘tish sharoitida davlat qarzlarni boshqarish // IQTISOD VA MOLIYA №5, 2010. 41-51 bb
Qarzlarga xizmat ko‘rsatish – bu zayomlarning qaytarilishi, ular bo‘yicha foizlarni to‘lash va chiqarilgan zayomlarning qaytarilish shartlarining o‘zgarishga doir davlat tadbirlarining majmuasidir. Zayomlarni qaytarish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda davlat o‘zining qarzlarini qaytarishni yangi zayomlar chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining asosiy qismi foizlarni to‘lash, zayomlar bo‘yicha yutuqlarni to‘lashga ketgan mablag‘lar tashkil qiladi. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning boshqa xarajatlariga davlat qimmatli qog‘ozlarini tayyorlash, jo‘natish va sotish, yutuq tirajlarini o‘tkazish, tirajlarni yo‘q qilish hamda ayrim boshqa tashkiliy xarajatlari kiradi. Ayrim mamalakatlarning davlat byudjeti tarkibida davlat qarz majburiyatlarini joylashtirish, qayta moliyalashtirish, daromadlarni to‘lash va qarzlarni qaytarish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun mamlakatning ichki qarziga xizmat ko‘rsatish fondi tashkil qilinadi7.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish – bu davlat zayomlarini qaytarish, ular bo‘yicha daromad to‘lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o‘zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo‘yicha davlatning moliyaviy-tashkiliy tadbirlarining majmuasidir. Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning asosiy maqsadi davlat qarzlari hajmini iqtisodiy xavfsiz darajada saqlab turish, davlat qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish qiymatini ma’lum nisbatga keltirish va davlat majburiyatlarini to‘la hajmda va eng past qiymatda bajarilishini ta’minlashdir.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish usullariga quyidagilar kiradi:
davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konversiya usuli
bu davlat tomonidan kreditorlarga to‘lanadigan daromad bo‘yicha foiz stavkasini pasaytirish yoki ko‘tarish orqali zayomlar daromadliligini o‘zgartirishdir. Bu usul moliyaviy bozorda vaziyat o‘zgargan yoki davlatning moliyaviy holati yomonlashgan hollarda qo‘llaniladi. Davlatning moliyaviy holati yomonlashuvi natijasida
7 Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi. O‘quv qo‘llanma. – Т.:”Iqtisod-moliya”, 2008.
davlat obligatsiya shartlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan daromadni to‘lay olmaslik holatiga kelganda bu usul qo‘llaniladi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konsolidatsiya usuli – bu davlat zayomlarining muddatini o‘zaytirish maqsadida avval chiqarilgan zayom bo‘yicha majburiyatlarni yangi zayomga o‘tkazib berishdir. Bunda, avval chiqarilgan zayom obligatsiyalari yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning unifikatsiyalash usuli – bu bir qancha zayomlarni bir zayomga birlashtirishdir. Bunda, ilgari chiqarilgan zayom obligatsiyalari yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi. Bu esa davlat qarzlarini boshqarishni soddalashtiradi. Davlat qarzlarini boshqarishning unifikatsiyalash usuli alohida yoki davlat qarzlarini boshqarishning konsolidatsiya usuli bilan birga amalga oshirilishi mumkin.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning regressiv nisbat bo‘yicha obligatsiyalarni almashtirish usuli – bu davlat qarzini qisqartirish maqsadida avval chiqarilgan zayom obligatsiyalarini yangi zayom obligatsiyalariga almashtirishdir. Bunda, davlat o‘zining qarz bo‘yicha majburiyatlaridan qisman bosh tortadi. Shuning uchun ham bu usulni qo‘llashda oqilona moliya siyosati yuritish talab qilinadi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning qarzlarni qaytarishning muddatlarini kechiktirish usuli – bu qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish orqali ko‘chirishdir. Bunda, qarzlarni to‘lash muddati ko‘chirilgan davr uchun majburiyatlar bo‘yicha davlat daromad to‘lamaydi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning restrukturizatsiya usuli – bu yuqorida ko‘rsatilgan usullar majmuasini to‘la yoki qisman qo‘llanilishidir. Jahon amaliyotida suveren qarzlarni restrukturizasiyalashning bir qarz majburiyatlarini boshqalariga almashtirish (obligatsiyaga obligatsiya), davlatning xususiylashtirish dasturi doirasida qarz majburiyatlarini aksiyalarga almashtirish (obligatsiyaga aksiya), diskont asosida qarz majburiyatlarini muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (qaytarib sotib olish sxemasi) va qarz majburiyatlarining bir qismini hisobdan chiqarish) kabi sxemalari mavjud.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning majburiyatlarni bekor qilish usuli – bu davlat o‘zining qarz majburiyatlarini to‘la bekor qilishidir. Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning bu variantini yul qo‘yib bo‘lmaydigan variant deb qabul qilinadi. Chunki, davlatning obro‘i uning o‘zini qarz majburiyatlarini tan olishi va qarz majburiyatlarini belgilangan muddatlarda to‘la qaytarishiga bog‘liq bo‘ladi. Davlat moliyaviy nochor bo‘lishi, ya’ni, bankrot bo‘lishi yoki hokimiyatga yangi siyosiy kuchlar kelishi sababli davlat o‘zining qarzlarini bekor qilishini e’lon qilishi mumkin.
Download 41.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling