Reja: Davlat


Davlat qarzlarining yuzaga kelish sabablari


Download 41.28 Kb.
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi41.28 Kb.
#1295351
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 9

Davlat qarzlarining yuzaga kelish sabablari. Byudjet taqchilligi deganda muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan so‘mmasi tushuniladi. Byudjet taqchilligini yuzaga kelish sabablari quyidagilar:
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat byudjeti hisobidan kapital quyilmalar hajmining oshib ketishi;
favqulodda holatlar – urushlar, davomiy ommaviy tartibsizliklar, tabiy ofatlar;
mamlakatning yalpi ichki mahsulotini o‘sish sur’atlarini pasayib ketishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi;
byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi;
mamlakatning YaIM o‘sish sur’atlariga erishmasdan markazlashgan uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishni muttasil oshirib borish;
iqtisodiy inqirozlar va boshqalar hisoblanadi.
Davlat byudjetining taqchilligi hamda uning o‘sishi mamlakat iqtisodiyotini normal ishlashiga salbiy ta’sir qiladi. Lekin ko‘pgina mamlakatlarning amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat byudjetining taqchilligini umuman bartaraf etish zarurati yo‘q degan fikrga kelinyapti.
Davlat qarzida davlatning bankrot bo‘lishi va qarz yukini kelgusi avlod zimmasiga yuklanish xavfi katta bo‘ladi. Bunda davlat o‘zining qarzini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan bu holatdan chiqishi mumkin. Buning uchun yangi obligatsiyalarni chiqarib sotishdan tushgan mablag‘ni davlatni eski qarzlarini qaytarish uchun yo‘naltiradi. Albatta, davlatning bankrot bo‘lishini tasavvur qilish juda qiyin, chunki hukumat pul-kredit emissiyasi huquqiga ega va u emissiya qilish natijasida davlat qarzlarini asosiy qismi va tegishli foizlarni to‘lashi mumkin. Pul emissiyasi yo‘li bilan davlat qarzlarining asosiy summasini va ularning foizlarini to‘lanishi kelgusida taqchillikni yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Davlat qarzining kupayib ketishi real salbiy iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Birinchidan, davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash aholining daromadlarini nomutanosibligiga olib keladi.
Chunki davlatning majburiyatlarini ko‘pgina qismi aholining badavlat qismiga to‘g‘ri keladi. Davlatning ichki qarzlarini qaytarilishi aholining kam ta’minlangan qismi “hisobidan” badavlat aholi cho‘ntagiga tushishiga olib keladi va natijada badavlat aholi yana badavlatroq bo‘ladi. Ikkinchidan, davlatning ichki qarzlarini qaytarish yoki uni kamaytirish vositasi sifatida soliq stavkalarini oshirilishi ishlab chiqarish rivojlantirishning iqtisodiy stimullariga putur yetkazilishiga, yangi tavakkalchilikka asoslangan korxona- larga, innovatsiyalarga mablag‘ yo‘naltirishning kamayishiga va jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu yo‘l bilan davlatning katta ichki qarzlarini to‘lash iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazishi mumkin. Uchinchidan, chet el davlatlariga qarzlar bo‘yicha foizlarni yoki qarzning asosiy summasini to‘lash, mamlakatning real mahsulotlarini ma’lum qismini chet elga o‘tkazib berilishiga olib keladi. To‘rtinchidan, davlat o‘zining qarzini real iqtisodiy yukini kelgusi avlodlar zimmasiga o‘tkazishi mumkin. Bu esa davlatning tashqi qarzining ko‘payishiga, mamlakatning xalqaro obro‘ining pasayishiga va iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 41.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling