Reja: Detalning konstruktsiyasiga nisbatan qo’yiladigan asosiy talablar. Detallarning ishlash layoqati va uni ta’minlash. Tayanch iboralar detal, uzel, mexanizm,
Download 18.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Ma\'ruza MD
1-MA’RUZAMavzu: Mashina detalalari fanining o’rni vazifasi va tarixi. Mashina detallariga qo’yiladigan talablar: ishonchlilik, uzoq ishlovchanlik, ta’mirlanuvchanlik va xаkozo. Mashina detallarining ishchanlik qobiliyatini belgilovchi me’zonlari.Reja: 1.Detalning konstruktsiyasiga nisbatan qo’yiladigan asosiy talablar. 2. Detallarning ishlash layoqati va uni ta’minlash. TAYANCH IBORALAR Detal, uzel, mexanizm, mashina, kuchlanishlar, detallarni ishlash layoqati va ularni ta’minlash omillari: mustaxkamlik bikrlik, issiqbardoshlik, titrashga va yeyilishga chidamlilik, qotishmalar. Kirish Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi injener hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffitsienti yuqori bo’lgan yangidan yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda ular detallarning mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, shakli oddiy, ishlatilishi qulay va havfsiz, shuningdek, davlat standartlari qo’yilgan talablarni to’liq qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur. Tabiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina xal qila oladi. Ana shunday mutaxassislar tayyorlashda "Mashina detallari" kursi alohida o’rin tutadi. Bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar majmui bo’lib, ma’lum ish bajarish uchun mo’ljalllangan vosita mashina deb ataladi. har bir mashina uch gruppa mexanizmdan: harakatlantiruvchi, ijro etuvchi va o’zatuvchi mexanizmlardan tuzilgan. Mashinaning bir xil materialldan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan qismi detal deb ataladi. Masalan, gayka, bolt, shponka, prujina va shu kabilar detallardir. Mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljalllangan va bir necha detalldan tuzilgan qismi uzel deyiladi. Reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar uzellarga misol bo’la oladi. Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo’lar ekan. Juda ko’p shunday detal va uzellar bo’ladigan, ular deyarli hamma turdagi mashinalarda ishlatiladi. Boltlar, gaykalar, tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, podshipniklar, vallar va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday detal va uzellar mashinalarda umumiy vazifalarni bajaradi. Ularning tuzilishi hamda loyihalanish usullari mashina detallari fanida o’rganiladi. Shunday qilib, mashina detallari fani injenerlik praktikasida ko’plab uchraydigan, deyarli hamma turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarning tuzilishini hamda ularni iqtisodiy jixatdan tejamli qilib hisoblash va loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir. Bu fan nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi, metallar texnologiyasi va chizmachilik kabi fanlarga asoslanadi. Shu bilan birga, u mashinasozlik ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi. Mashina detallari kursida o’rganiladigan asosiy detal va uzelar quyidagilardan iborat. 1. Detallardan uzellar, uzellardan mashina hosil qilish uchun ularni o’zaro qandaydir vosita bilan bir biriga biriktirish zarur. Ana shunday vazifani o’taydigan birikmalar va ularni tashkil qiluvchi qismlar gruppasi mazkur kursda o’rganiladigan detallarning birinchi turkumini tashkil etadi. 2. Mashinaning energiya manbai bilan ish bajaruvchi qismlari orasida joylashib, harakat tezligini talab qilinganicha boshqarishga imkon beradigan vosita har turli uzatmalardir. Bunday uzatmalar va ularni hosil qiluvchi detallar mashina detallari kursining yana bir qismini tashkil qiladi. 3. Ma’lumki, aylanadigan har qanday detalning harakatini taominlash va ularni o’rnatish uchun val va o’qlar deb ataladigan detallardan foydalaniladi. Val va o’qlar o’zlarining tayanchlariga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, harakatlanadigan bir uzel ikkinchi uzel bilan o’zining vallari orqali ulanadi. Vallarni ulash uchun esa har turli muftalardan foydalaniladi. Binobarin, talab qilingan aylanma harakatni taominlaydigan vallar, o’qlar va ularning tayanchlari hamda vallarni bir-biri bilan ulaydigan muftalar mashina detallarining navbatdagi turkumini tashkil qiladi. 4. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, turli prujinalar, moylash sistemasini tashkil qiluvchi qismlar, korpus detallar va shu kabilar ham deyarli hamma mashinalarda uchraydi va mazkur kursda o’rganiladi. Demak, ko’pchilik mashinalar uchun umumiy bo’lgan birikmalar, uzatmalar, val va o’qlar, ularning tayanchlari, muftalar, prujinalar va turli korpus qismlar mashina detallari kursida o’rganiladigan asosiy detal va uzellarni tashkil qiladi. Buyuk olimlardan Aflotun (yangi eradan 3,5 asr ilgari) va Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) o’z asarlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma va turli mashinalar xaqida baozi ma’lumotlarni yoritgan bo’lsalar-da, mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga faqat 19 asrda asos solindi. "Mashina detallari" deb atalgan birinchi kitobini professor V. L. Kirpichev 1881 yilda Peterburg shaxrida nashr ettirdi. O’sha vaqtdan rivojlana boshlangan bu fanni boyitishda rus olimlaridan P. K. Xudyakov, A. I. Sidorov, M. A. Saverin, N. S. Acherkan, N. I. Qolchin, V. A. Dobrovolskiy, A. I. Petrusevich, N. B. Kudryavtsev, L. D. CHasovnikov, D. N. Reshe-tov va M. N. Ivanov asarlari muhim rol uynaydi. CHet el olimlaridan K. Bax, F. Ritsher, O. Reynolds, A. Zammerfeld, V.Lyus, Ye. Bakingem., D.SHigley va o’zbek olimlaridan I.Sulaymonov., R.Tojiboev., M.SHukurov va A.Jo’raevlarning «Mashina detallari» faniga oid asarlari ham diqqatga sazovordir. Download 18.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling