Reja: Difteriya (Bo’g'ma), Etiologiyasi
Download 0.57 Mb.
|
bolalar infeksiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri bo’gmasi.
Burun bo’g'masi. Kasallikning bu turida pardali va kataral yarali turlari mavjud. Pardali turida burun shilliq qavatida, burun to’sig’ida, burun chig'anog'ida va burun bo'shlig’i devorlarida fibrinoz pardalar hosil bo'ladi. Kataral yarali turida burundan oldin seroz keyin esa seroz qonli suyuqlik ajraladi va burun teshiklari atrofida terini ta'sirlab, teri yoriladi. Bo’g'maning ko'z, teri, kindik, jarohat yuzalarida va jinsiy a'zolarda uchraydigan turlari bir muncha kamroq uchraydi. Ko'z bo’g'masi qovoqning shishuvi, qon aralash yiring ajralishi bilan kechadi. Ko'z qonyuktivasida kulrang-oqimtirparda hosil bo'ladi.
Teri bo’g'masi. Terining shikastlangan joylarida, bo'yinda, burun ostida kuzatiladi. Terida giperemiya shish va kulrang fibrinoz pardalar xosil bo'ladi. Kindik bo’g'masi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda kindigida kulrang fibrinoz karashlar hosil bo'ladi. Bo'g'maning asoratlari. Asoratlarga qon aylanishining buzilishi, miokardit, chegaralangan falajlar, poliradikulo-nevrit va nefrozlar kiradi. Tashxisi. Izchillik bilan to’plangan kasallik tarixi epidemiologik vaziyat va difteriyasining asosiy klinik belgilari uning tashxisini qo’yishga imkon beradi. Har bir tashxis bakteriologik yo'l bilan asoslanishi shart. Davosi. Bo’g’mani davolashda kun tartibi, parhez, parvarish katta ahamiyatga ega. Lekin asosiy davolash usuli bo’g'maga qarshi antitoksik zardob qo'llashdir. Kasallikni davolashda uning turiga, og'riq darajasiga va qaysi bosqichda ekanligiga e'tibor berish kerak. Kasallikning dastlabki kunlarida bemorga faqat suyuq ovqat bergan ma'qul. Agar bemorda miokardit alomatlari bo’lsa, uni qimirlatmay yotqizib qo’yish kerak. Bo’g’maning asosiy davosi bo’g'maga qarshi zardobni yuborishdan iborat. Bu zardob qanchalik barvaqt qo'llanilsa, uning foydasi shunchalik yaxshi bo'ladi. Shunga qaramay, kasallikning o'ta og’ir turlarida hatto 1-2 kunlarda ishlatiladigan zardob ham yetarali natija bermasligi va kasallik o’lim bilan tugashi mumkin. Zardobda oqsil modda bo’lgani tufayli, bemor organizmini allergiyaga yoki anafilaktik reaksiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham uni yuborishdan oldin bemor organizmining zardobga sezuvchanligini aniqlash zarur. Bemorlarga zardob Bezredko usuli bo'yicha, bo'lib-bo'lib yuboriladi. Kasallikning mahalliy turlarida zardobni bir kunda bir marta yuborish kifoya, lekin og'ir turlarida zardobni kun davomida qayta yuborish va bir necha kun davomida qo'llashga to'g'ri keladi. Bo’g'mada ko'pincha boshqa a'zolarning faoliyati buziladi, shuning uchun ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida dori-darmonlar ishlatiladi. Agar yurak faoliyati buzilgan bo’lsa, yurak glikozidlari vitamin S va V guruhi vitaminlari qo'llaniladi. Bemorda zaharlanish alomatlari kuchli bo’lganda gemodez, reopoliglyukin, qon zardobi va boshqalar tavsiya etiladi. Bakteriologik tekshirishning ikki marta salbiy javob olingandan keyingina kasalxonadan javob beriladi. Bo’g'ma tayog'chalarini tashib yuruvchilarni ham davolash zarur. Bakteriya tashib yuruvchilarni antibiotiklar bilan davolash zarur. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling