Reja: Dividend haqida tushuncha


Download 1.69 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1542023
  1   2
Bog'liq
Dividend ppt


Mavzu: Dividend haqida tushuncha va uning turlari
Reja:

Kirish
Jahon iqtisodiy rivojlanishidagi moliyaviy qiyinchiliklar korporativ boshqaruv muammolariga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Korporativ boshqaruvning sifat darajasi kompaniyaga sarmoya kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir qiladi, bu esa kapitallashuvining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Korporativ boshqaruvning muhim elementlaridan biri bo‘lib kompaniyaning bozor qiymatini maksimal darajada oshirish uchun iste’mol qilinadigan va kapitalizatsiya qilingan foyda o‘rtasidagi nisbatlarni optimallashtirishga qaratilgan dividend siyosati hisoblanadi.
Dividend (lotincha: dividendum - taqsimlanadigan narsa) - aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. Dividend har yili (soliqlar toʻlanib, i.ch.ni rivojlantirish uchun ajratmalar chiqarilib, zaxiralar toʻldirilgach, obligatsiyalar boʻyicha foizlar va direktorlarga beriladigan mukofot haqi toʻlangandan soʻng) aksiyadorlarning qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi.
Dividend siyosatining bir necha yondashuvlari mavjud. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Konservativ yondashuv. Ushbu yondashuv dividend to‘lovlarining qoldiq siyosati, dividend to‘lovlarining barqaror miqdori siyosatini o‘z ichiga oladi.
2. O‘rtacha (mo‘tadil) yondashuv. Ushbu yondashuv ayrim davrlarda qo‘shimcha dividendlarning minimal barqaror miqdori siyosatini o‘z ichiga oladi.
3. Agressiv yondashuv. Ushbu yondashuv dividendlarning barqaror darajasi va dividendlar miqdorini doimiy oshirish siyosatini o‘z ichiga oladi.
Dividendlarning turli tasniflari mavjud. Dividendlar quyidagi turlariga qarab farqlanadi:
  • to‘lov shakliga ko‘ra;
  • to‘lovlarning davriyligiga ko‘ra;
  • aksiya turi bo‘yicha;
  • dividend miqdorini aniqlash usuliga ko‘ra

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling