Domna pechidan olinadigan maxsulotlar
Domna pechidan olinadigan maxsulotlar jumlasiga chuyan, shlak, domna gazi va koloshnik changi kiradi.
Chuyan domna pechidan olinadigan asosiy maxsulotdir.
Uning tarkibida 2,14...4,5% S. 0,50...4,25 % Si, 0,2...3,5 % Mn, 0,1...1,3 % R , 0,02...0,20 % S buladi. Ishlatilish soxasiga kura chuyan uchta guruxga bulinadi:
kayta ishlanuvchan chuyan, kuymakorlik chuyani va ferrokotishmalar.
Pulat olish usuliga kura kayta ishlanuvchan chuyan marten chuyani (M1, M2), bessemer chuyani (B1, B2), tomas chuyani (T-1) turlariga bulinadi.
Kuymakorlik chuyani domna pechida olinadigan xamma chuyanning taxminan 18 % ni tashkil etadi va kuyma detallar olish uchun ishlatiladi. Bu chuyanlar LK-OO, LKO, LK-1, LK-2, LK-3, LK-4 va LK-5 kabi markalanadi.
Ferrokotishmalar (maxsus chuyanlar) tarkibida kremniy va marganets mikdori odatdagi chuyanlardagiga karaganda ancha kup buladi. Ferrokotishmalar chuyandan pulat olishda temir (11) oksididan temirni kaytarish, shuningdek pulatni legirlash uchun ishlatiladi.
Shlak domna pechidan olinadigan kushimcha maxsulot bulib, uning mikdori olinadigan chuyan ogirligining taxminan 60 foizini tashkil etadi. Shlak tarkibiga kura asosli (kuprok kumtuprok, ozrok oxak) va kislotali (kuprok oxak, ozrok kumtuprok) xarakterga ega bulishi mumkin. Domna shlagi juda arzon va yukori sifatli kurilish materiali sanaladi. Masalan, asosli shlaklardan tsement, beton va gisht tayerlanadi, kislotali shlakdan esa, odatda, issiklikni utkazmaydigan material sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |