Donning anatomik tuzilishini texnologik ahamiyati. - Un bop va yormabop ekinlar doni murakkab tuzilishiga va o'zining anatomik qismlari strukturasiga, tashqi ko' rinishdan esa har bir ekin guruhiga xos asl shakliga ega. Donning anatomik xususiyatlari uning texnologik potentsialini shakllantirishda, tegirmon va yorma zavodlarida texnologik jarayonni tashkil qilish va boshqarishda asosiy rol o'ynaydi. Anatomik qismlari massasining nisbati tayyor mahsulotlarning potentsial chiqishini ta'minlaydi. Yormabop ekinlarda gul qobiqlarning bo'lishi texnologik operatsiyalar tarkibiga qobiq ajratishni kiritishni talab qiladi.
Navli un tortishda bug’doy, javdar, tritikale donining ichkariga kirgan jo'yakchasi borligi endospermning kraxmalli qismini tanlab yanchish vazifasini qiyinlashtiradi. Gul qobiq, qobiqlar, va aleyron qavati hujayralarining tuzilishi aniq ahamiyatga ega. Ko'p sonli ilmiy ishlar shuni ko'rsatadiki, don anatomik qismlari massasining nisbati donning navi, yirikligi, tuzilishi va boshqa omillaridan bog’liq holda o'zgarib turadi. Masalan, bug’doy doni endospermining kraxmal qismi miqdori turli partiyalarda 8 % ga (77 dan 85% gacha) , javdar donida esa 7 % ga (71 dan 78 % gacha) farq qiladi. Shuning uchun ham donning texnologik potentsiali bir xil emas. Bug’doy doni uchun endospermni kraxmalli qismining miqdori o'rtacha 82,5 % ni, aleyron qavati 8 %, qobiqlari 7 %, murtak 2,5 % ni tashkil qiladi deb qabul qilish mumkin. - Navli un tortishda bug’doy, javdar, tritikale donining ichkariga kirgan jo'yakchasi borligi endospermning kraxmalli qismini tanlab yanchish vazifasini qiyinlashtiradi. Gul qobiq, qobiqlar, va aleyron qavati hujayralarining tuzilishi aniq ahamiyatga ega. Ko'p sonli ilmiy ishlar shuni ko'rsatadiki, don anatomik qismlari massasining nisbati donning navi, yirikligi, tuzilishi va boshqa omillaridan bog’liq holda o'zgarib turadi. Masalan, bug’doy doni endospermining kraxmal qismi miqdori turli partiyalarda 8 % ga (77 dan 85% gacha) , javdar donida esa 7 % ga (71 dan 78 % gacha) farq qiladi. Shuning uchun ham donning texnologik potentsiali bir xil emas. Bug’doy doni uchun endospermni kraxmalli qismining miqdori o'rtacha 82,5 % ni, aleyron qavati 8 %, qobiqlari 7 %, murtak 2,5 % ni tashkil qiladi deb qabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |