Reja: Dunyo Ob-Havosi
Download 64.8 Kb.
|
OB XAVO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quriyilgan havoning kimyoviy tarkibi : Modda Belgisi
Mehmonxonalar - Sayohatingiz davomida qolish uchun joy qidiryapsizmi? Mehmonxona funksiyalariga biriktirilgan har bir shahar uchun mehmonxonalar ustiga bosing.
Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy aralashmasi. Havo va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining havoda yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Oʻtmishda olimlar havoni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. Havoni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—1777-yil fransuz kimyogari Antoine Lavoisier havo tarkibida azot va kislorod, 1894-yil ingliz olimi William Ramsay va John William Strutt argon borligini isbotladi. Shundan keyin havo tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi. Kimyoviy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]Yer atmosferasining hajmi boʻyicha tarkibi. Suv bugʻlarini xisobga olmaganda. 1754-yilda Joseph Black havo oddiy moddalar emas, balki gazlar qorishmasidan iboratligini tajriba orqali isbotladi.[1].
Havo — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq havoning mol. m. 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik temperaturasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa, oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-YU3j/(kg-K) (0-100° oralikda), oʻzgarmas hajmda esaS-8,3710-103j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin havo toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda koʻrsatilgan. Havoda juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid § 02, metan SN4, ammiak MN,, uglerod §-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ, simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot §-oksid va koʻpgina boshqa gazlar boʻladi. Troposferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy qoʻshimchalar uchraydi. Havodagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi. Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning havodagi miqdori saqlanib turadi. Havodagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon miqdori turli sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Katta miqdordagi SO, fotosintez jarayonlariga sarf boʻladi va okean suvlariga yutiladi. Tabiatda karbonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h.k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ jinslarining parchalanishi, vulkan otilishidan ham yuzaga keladi. Soʻnggi 100 yilda atmosfera havosi tarkibida SO, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360 mlrd. t) yoqilgʻi yoqish natijasida paydo boʻldi. Agar yoqilgʻi yoqish surʼatlari shu zaylda davom etsa, yaqin 50— 60 yilda atmosferadagi S02miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning keskin oʻzgarishiga sabab boʻlib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yoqilgʻi yoqish — havoni ifloslantiruvchi gazlar (SO, N0, § 02) ning asosiy manbaidir. Sulfid angidrid havo kislorodi taʼsirida sulfat angidrid (§ 03) gacha oksidlanadi. § 03 suv bugʻlari va ammiak bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislota N,§ 04va ammoniy sulfat (1MN4)2§ 04hosil qiladi. Bu birikmalar atmosfera yogʻinlari bilan birga Yer yuzasiga tushadi. Ichki yonuv dvigatelilan foydalanish havoni azot oksidlari, uglevodorodlar va qoʻrgʻoshin birikmalari bilan nihoyatda koʻp ifloslantiradi. Sanoat korxonalari, issiqlik elektr stansiyalari, avtotransport, oʻrmondagi yongʻinlar, boʻron va toʻzonlar havoda qattiq zarralar (chang, tutun) miqdorini shu darajada koʻpaytiradiki, natijada katta shaharlardagi Yer sirtiga tushadigan quyosh radiatsiyasi ancha (20—40%) kamayib ketadi. Qattiqzarralarning koʻp miqdorda atmosferaga koʻtarilishi planetada iqlim oʻzgarishiga olib keladi. Havoning ifloslanishi odam, hayvon va oʻsimliklarning yashash sharoitini yomonlashtiradi, alohida kasalliklarning koʻpayishi va baʼzan oʻlimga sabab boʻladigan darajaga yetishi mumkin. Havoning radioaktiv ifloslanishi ayniqsa xavfli (qarang Radioaktiv chiqindilar). Havoni ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat gazlari atmosferagʻa chiqarishdan avval tozalanadi (qarang Gazlarni tozalash). Odamning normal hayot faoliyati uchun havoning tarkibi, kislorod parsial bosimi katta ahamiyatga ega. Havodagi kislorodning dengiz sathidan yuqori parsial bosimi 213,32 GPa ni tashkil etadi; agar u 186.65 GPa gacha pasaysa, kishida kislorod yetishmasligi sezil&di, nafas olishi chuqurlashadi, qon aylanishi tezlashadi. eritrotsit miqdori koʻpayadi va h.k. Parsial bosim 146,65 GPa gacha tushganda gipoksiya alomatlari yuz beradi. 66,66—89,93 GPa da hayot xavf ostida qoladi. Suyuq havo zichligi 960 kg/m’ (— 192° temperatura va normal bosimda) boʻlgan zangori rangli suyuqchik. Uning tarkibi turgʻun emas, chunki kislorodning bugʻlanish temperaturasi (—183°) azotning bugʻlanish temperaturasi (—196°) dan yuqori boʻlganidan, suyuq havoda kislorod atmosfera havosiga qaraganda birmuncha koʻp. Suyuq havo tarkibida taxminan 54% kislorod, 44% azot va 2% inert gazlar boʻladi. Suyuq havo saqlanganda azot bugʻlanadi va natijada kislorodning nisbiy miqdori yanada koʻpayib qoladi. Suyuq havoning fraksiyali bugʻlanishidan sof azot, kislorod, argon va boshqa inert gazlar olishda foydalaniladi. Suyuq havo poʻlat ballonlarda 150 atm bosimda saqlanadi, ballon qora rangga boʻyalib, ustiga „Siqilgan havo“ deb yozib qoʻyiladi. Sunʼiy havo (aniqrogʻi nafas olishga yaroqli gazlar aralashmasi — sunʼiy atmosfera) dastlab tibbiyotda kislorod tanqisligi kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda ishlatilgan (40—60% kislorodning oddiy havo bilan aralashmasi yoki 95% kislord bilan 5% SO, aralashmasi). Bunday sunʼiy gaz aralashmasidan aviatsiyada, konchilikqutqaruv ishlarida va boshqalarda foydalaniladi. Sunʼiy havo gʻavvoslik ishlarida ham muhim ahamiyatga ega. Havo turli jarayonlarda, chunonchi yoqilgʻini yondirishda, rudalardan metallarni eritib olishda (domna va marten pechlarida), koʻpgina kimyoviy birikmalarni olishda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi. Havo kislorod, azot, inert gazlar olishda muhim sanoat xom ashyosidir. Havoning fizik xossalaridan issiqdik va tovush oʻtkazmaydigan materiallar, elektr izolyatsiya qurilmalarida, elastiklik xossasidan pnevmatik shinalarda foydalaniladi. Siqilgan havo mexanik ishlarni bajarishda (pnevmatik mashinalar, purkash va toʻzitish qurilmalari, perforatorlar va h.k.) qoʻllanadi. Ob-havoning asosiy elementlari – harorat, namlik va havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi. Ob-havo deb troposfera ning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma'lum bir vaqtdagi (sutka, hafta, oy, fasldagi) holatiga aytiladi. Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan. Biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan havo salqin, shamolsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, bug‘lanish kuchayadi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib soviydi. To‘p-to‘p va yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba'zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, u barqaror ob-havo deyiladi. Inson hayoti va mehnat faoliyati uchun ob-havoning qanday bo‘lishini oldindan bilish juda zarur. (Nima uchun zarur?) Ob-havoni oldindan aytish uchun troposferaning holati haqidagi ma'lumotlar kerak bo‘ladi. Bunday ma'lumotlar meteorologik stansiyalarda to‘planadi. Ma'lumotlar Yerdagi kuzatishdan tashqari, kosmik yo‘ldoshlar va stansiyalardan ham olinadi. Meteorologik markazlarda ob-havo xaritalari tuziladi va shunday xaritalar yordamida ob-havoning qanday bo‘lishi oldindan e'lon qilinadi. Ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimi (holati) shu joyning iqlimi deyiladi. Iqlimning ta'rifiga harorat va yog‘in miqdori, shamollar, havo massalari, ob-havoning holati haqidagi ko‘p yillik o‘rtacha ma'lumotlar kiradi. Iqlim ta'rifiga yana eng yuqori va eng past harorat, yillik yog‘inning eng ko‘p va eng kam miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham kiritiladi. Iqlim haqidagi ma'lumotlar nima uchun kerak? Iqlim har bir joyning tabiatiga, relyef, daryo va ko‘llar, o‘simlik hamda hayvonot dunyosiga ta'sir ko‘rsatadi. Iqlim haqida bilimga ega bo‘lmasdan turib shahar qurilishi, yo‘l o‘tkazish, to‘g‘on, suv ombori bunyod etish uchun joy tanlash mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi esa butunlay iqlimga bog‘liq. Har bir joyning iqlimi nimalarga bog‘liq? Iqlim avvalo joyning geografik kenligiga bog‘liq. Ekvatorga yaqin yerlar Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Qutblarga yaqin o‘lkalarni esa Quyosh eng kam isitadi. Buning oqibatida Yer yuzida issiqlik mintaqalari vujudga keladi. Bular tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mintaqalar. Okeanlarning uzoq-yaqinligi ham joy iqlimiga ta'sir ko‘rsatadi. Yevropadagi Ispaniya va Gretsiya davlatlari O‘zbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan. Lekin Ispaniya va Gretsiyada qishda havo harorati O‘zbekistondadagidan ancha yuqori bo‘ladi, yog‘in ham ko‘p yog‘adi. Bunga sabab iliq Atlantika okeanidan Ispaniya va Gretsiyaga iliq, sernam havo kelib turadi. O‘zbekiston okeandan uzoqda joylashgani sababli yog‘in kam, qishda sovuq va yozda juda issiq bo‘ladi. Qishda iliq, yozda salqin va yog‘in ko‘p yog‘adigan, dengizga yaqin joylar iqlimi dengiz iqlimi deyiladi. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim kontinental iqlim deb yuritiladi. Download 64.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling