Reja: egma xalqaro baholash dasturi mazmuni


Download 0.84 Mb.
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1213296
Bog'liq
863232-EGMA xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayonida


Mavzu:
EGMA xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayonida zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash.
Reja:
1.EGMA xalqaro baholash dasturi mazmuni.
2.EGMA xalqaro baholash dasturi mohiyati.
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimda xalqaro baholash dasturlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Hozirgi kunda oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA) boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga tatbiq etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari
Mazkur tadqiqotlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
Joriy yilning 9-18-oktyabr kunlari taʼlim jarayoniga xalqaro tajribalarni tatbiq etish, umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va matematika fanlaridan bilimlarini aniqlash hamda bilim samaradorligini oshirish maqsadida Respublika taʼlim markazida oʻquv-amaliy seminar tashkil etiladi
Mazkur seminarda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi loyihasi boʻyicha 46 nafar monitoring guruhi aʼzolari ishtirok etadi.
Seminar-treningda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, dasturni tizimga tatbiq etish vositalari ishlab chiqiladi. Oʻquv seminaridan soʻng EGRA va EGMA xalqaro tajribalari amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimiga EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari AQSHning USAID tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilmoqda.
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling