Reja: Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar
Download 127.34 Kb. Pdf ko'rish
|
EXA12
ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI, ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA FOYDALANISH QOIDALARI Reja: 1. Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar. 2. Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar (komplektlar). 3. To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilari. Elektr himoya vositalari.Umumiy talablar • 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarining izolyasiyalovchi qismi, dastak tomonidan elektr izolyasiyalovchi materialdan tayyorlangan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi.Ajratgich halqaning tashqi diametri, dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq bo‘lishi kerak.Izolyasiyalovchi qism bilan dastak chegarasini, faqat bo‘yoq bilan ajratib qo‘yish man qilinadi.Ajratgich halqa esa, izolyasiyalovchi qismning bir bo‘lagi hisoblanadi.1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga mos kelishi lozim. Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa yoki tirgovichni tashqarisidagi izolyasiyalovchi qismiga tegish man qilinadi. Elektrizolyasiyalovchi trubkadan tayyorlangan himoya vositalari konstruksiya-sida, trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‘rilgan bo‘lishi zarur. Ushbu talab izolyasiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas. Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar (komplektlar) • Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar, xodimlarni 50 Gs chastotali kuchlanishi 500 kV bo‘lgan elektr uskunalari yuzaga keltiradigan, kuchlanganligi 60 kV/m gacha bo‘lgan elektr maydoni ta‘siridan shaxsiy himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo‘lgan hollarda, ya‘ni panellarda, elektr yuritmalarda, ishlab turgan yig‘malarda va 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan zanjirlarda ishlashda, elektr asbob-uskunalarni oldini olish (profilaktik) sinovida (bevosita sinov o‘tkazayotgan shaxslar uchun), elektr payvand-lash ishlarida shaxsiy ekranlovchi to‘plamlardan foydalanish man qilinadi. Havo harorati 42°S dan yuqori bo‘lganda ekranlovchi to‘plamlarni ishlatish tavsiya qilin-maydi. Bunday hollarda statsionar yoki ko‘chma ekranlovchi uskunalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ekranlovchi to‘plamlarga maxsus ish kiyimi, poyafzal, qo‘l va boshni himoya qiluvchi vositalar, yuzni himoya kiluvchi ekran (kerak bo‘lgan taqdirda), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi. To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilari • To‘siq qurilmalari, ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli masofagacha yaqinlashishdan saqlash, hamda taqsimlovchi uskuna-lar uchastkalariga kirish yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi. Shchitlar alif shimdirilgan va rangsiz lak surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektrizolyasiyalovchi materialdan tayyorlanishi lozim.Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki "Elektr uskuna- larini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari"ga muvofiq yozuvlar yozib qo‘yilishi lozim. Shchitning tuzilishi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan, og‘irligi esa, bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan bo‘lishi kerak. Shchit balandligi kamida 1,7 m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan 10 sm bo‘lishi shart. Shchitlar shunday o‘rnatilishi kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur. Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan keyin plakatlar va belgilar), xatolik bilan ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlar harakatini ta‘qiqlash, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqin-lashish xavfli ekanligini ogohlantirish, mehnat xavfsizligining muayyan talablari bajarilganidan so‘ng, ma‘lum harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, turli ob‘ektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish uchun qo‘llanilishi zarur. Download 127.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling