Reja: Elektron hujjatlarni yaratish va saqlashning funksional va tashkiliy strukturasi


Download 1.55 Mb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.55 Mb.
#232453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
elektron hujjat yaratish va saqlash Muqimxo'jayeva Xushnoza

Elektron hujjatlar bilan ishlash


Bu maxsus qism tizim bo'lib, boshqalarga nisbatan ko'proq darajada boshqarish faoliyatiga mo'ljallangandir. Bu tizimning asosiy vazifalari quyidagilardir:

  • elektron hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish;

  • hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilish;

  • hujjatlarni chop etish va ko'paytirish;

  • hujjatlarni elektron tarqatish.

Bu vazifalarni ta'minlovchi dasturiy mahsulotlar juda ko'p: Delo96, BOSS referent, Galaktika (Hujjatlar aylanishini boshqarish moduli), Docs Open, Lan Docs, Link Works, Workflow, Work Man, Effect Office, Office Media, Acrobat, Dyntext, World View va boshqalar.

Eng avvalo hujjatlarni boshqarishning yuqorida aytilgan jarayonini qisman yoki to'liq amalga oshiruvchi universal integrallashgan dasturiy tizimlarni (Water Mark Professional, Lotus, Works) aytib o'tamiz. Masalan, Microsoft (MS) Works firmasining integrallashgan paketi matn muharrirlari, elektron jadval va ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimini (MBBT) o'z ichiga oladi.



Integrallashgan tizimlar orasida shak-shubhasiz peshqadam bo'lgan Microsoft Office for Windows tizimini keng ma'lumdir, u MS Word matn muharririni, MS Excel jadvalli proсessor, MS Access MBBE (Microsoft Office provessional versiyasida), MS Mail elektron pochtasi va uning MS Form Designer kengaytmasi, Schdule еlektron kotib dasturi, MS At Work PCF ax faks modemlariga xizmat ko'rsatish dasturlarini, taqdimot uchun MS Power Point texnikalarni va ko'plab boshqa mahsulotlarni o'z ichiga oladi.

Microsoft Office dasturiy vositalaridan foydalanib quyidagilarni ta'minlash mumkin:

  • kirayotgan va chiqayotgan ma'lumotlarni ishlab chiqish;

  • еlektron hujjatlarni yaratish va taxrir qilish;

  • Ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish (misol uchun, hisobotni) va natijalarini grafiklar, diagrammalar va boshqa ko'rinishida ko'rgazmali tasvirlash;

  • еlektron hujjatlarni ma'lumotlar bazalarida qulay topiladigan va murojaat qilinadigan tarzda saqlash;

  • еlektron hujjatlarni еlektron pochta va faksimil aloqa bo'yicha marshrutlash va jo'natish;

  • еlektron kotib vazifalari va hujjatlar o'tishini boshqaruvni markazlashtirish(dispetcherlash);

  • еlektron hujjatlarni qulay formatlash, chop еtish;




Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling