Режа Elektron qurilmaning passiv komponentlari turlari


Download 293.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi293.3 Kb.
#1177171
1   2
Bog'liq
2-maruza Elektron qurilmaning passiv komponentlari. Induktiv g’altaklar, transformatorlar va drosselllar

Sopol kondensatorlar (KTK, KДK ) - slyudali kondensatorlarga
nisbatan ancha yuqori elektr ko`rsatkichlarga ega. Bu 
ko`ndensatorlarda dielektrik sifatida kuydirish yo`li bilan o`tkazuvchi 


qatlam yuritilgan sopol ishlatiladi. Ular yuqori chastotali elektron 
qurilmalarda o`tish, blokirovkalash va kontur kondensatorlari sifatida 
keng qo`llaniladi.
Elektrolitli kondensatorlar (KЭ, KЭГ, ЭM, ЭT ) – filtrlarda,
pulsatsiyalanuvchi tokning blokirovka va ajratish zanjirida , 
shuningdek kuchaytirgichlarda o`tish kondensatori sifatida ishlatiladi. 
Bu kondesatorlarda dielektrik sifatida, kimyoviy usulda yupqa oksid 
qatlami yuritilgan alyuminiy lenta xizmat qiladi. Oksid qatlami bir 
tomonga o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega, shuning uchun elektrolitli 
kondensatorni ulashda kondensator sirtida ko`rsatilgan qutblilikka
qat`iy rioya qilish kerak. 
Metallangan qog`ozli kondensatorlar (MБТ, MБГO, MБГУ,
MБM) - kichik hajmli , lekin katta sig`imga ega. Ular o`zgarmas
yoki pulslanuvchi kuchlanish zanjirlarida ishlatiladi. Ularni elektrolitli
kondensatorlar o`rnida ham ishlatish mumkin. 
O`zgaruvchan sig`imli kondesatorlar ko`pincha tebranish zanjiri 
elementi sifatida ishlatiladi. O’zgaruvchan sig`imli kondensator ikkita
paralel plastinkalardan iborat bo`lib, ulardan biri, qo`zg`aluvchan 
(rotor) ikkinchisi, qo`zg`almas (stator) hisoblanadi. Rotor plastinkalari 
stator plastinkalari oralig`ida harakatlanib, rotorning burilish
burchagiga qarab kondensator sig`imi o`zgaradi. O`zgaruvchan
sig`imli kondensatorlarda dielektrik vazifasini havo bajaradi. Kichik
hajmli elektron qurilmalarda odatda qattiq dielektrikli ftoroplast,
polietilen va boshqa plyonkali ozgaruvchan sig`imli kondensatorlar
ishlatiladi.
Induktivlik g`altaklari va drossellar 
O`zgaruvchan elektr tokiga induktiv (reaktiv) qarshilik ko`rsatish 
xususiyatiga ega bo`lgan sim cho`lg`amli g`altakka induktiv g`altak
deyiladi. 
Induktiv g`altaklar o`zgarmas va o`zgaruvchan bo`ladi.
G`altakning induktivligini bir necha usullar bilan o`zgartirish
mumkin: masalan, cho`lg`amdagi o`ramlar sonini o`zgartirish yoki
g`altakka magnit o`zagi kiritish yordamida. G`altakda magnit
o`zaklar ishlatish oldindan berilgan induktivlikni olish yoki
induktivlik miqdorini oz oraliqda tekis o’zgartirish jarayonida katta
qulayliklar beradi. Magnit o`zakli induktiv g`altak drossel deb ham
ataladi. Induktiv g`altaklarning sxemadagi shartli belgilari 14-rasmda
ko’rsatilgan.


2-rasm. Induktiv g`ataklarning shartlli belgilari 
Induktiv g`altaklarni izohlovchi asosiy parametrlar quiydagilar 
hisoblanadi: 
1. Indukltivlik miqdori (индуктивность). 
2. Asilligi (добротность). 
3. O’zioga xos yoki xususiy sig`imli (собственния емкость). 
Induktiv g`altakning induktivlik miqdodori (L) o`ramlar soni n va
g`altak diametri D ga bog`liq bo`lib, quyidagicha aniqlanadi: L= 
Kn
2
D, bu yerda. K- koeffisient. 
Induktiv g`altak aslligi (Q) uning reaktiv qarshililgini (X
L
= 2ПƒL , 
bu yerda ƒ- kuchlanish chastotasi ) sim aktiv qarshiligiga (R) , ya`ni
undagi isrofgarchilikka olib keluvchi parametrik nisbati bilan
aniqlanadi, ya`ni:
R
fL
R
X
Q
L

2


Induktiv g`altakning o`ziga xos sig`imi uning o`ramlari orasida
hosil bo`ladigan sig’im bo’lib, u induktiv g`altak ishlatiladigan
zanjirdagi elektr jaryonlariga salbiy ta`sir etadi. Bu sig`imni
yo`qotib bo`lmaydi, biroq uning miqdorini har taraflama kamaytirish
lozim.




Download 293.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling