Reja: Emitentlar


Download 23.27 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi23.27 Kb.
#1245541
  1   2
Bog'liq
Emıtentlar


Emıtentlar, ularnıng asosları

Reja:


  1. Emitentlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi roli

  2. Emitentning transparentlilik darajasi

Emitentlar — bu qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy instrumentlarni moliyaviy resurslar (investitsiyalar) jalb qilish maqsadida moliya bozoriga chiqaruvchi tashkilotlar. Keng ma'noda emitent bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilotlarga quyidagilar kiradi: davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, yuridik shaxslar. Bu tashkilotlarning barcha moliyaviy instrumentlarni chiqarishga vakolatli yoki maxsus huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi lozim.


Moliyaviy resurslarni jalb qilishda turlicha vositalar qo‘llanilishi mumkin: pul, valuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar, lotereya, polis- lar, qimmatbaho metall va toshlar, noyob elementlar va h.k. Bular ichida qimmatli qog‘ozlar chiqarish emitentning investitsion talab- larini qondirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarni moliya bozori imkoniyatlaridan foydalan- gan holda moliyaviy instrumentlar chiqarish orqali jalb qilish emitentlarning eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Uning boshqa vazifasi — o‘z faoliyati jarayonida moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va samarali boshqarish asosida jalb qilingan moliyaviy resurslar (investitsiyalar) daromadliligi va bahosi (qiy- mati)ni oshirib borishdir. Bunda moliya bozori emitentning vazifa- larini va emission siyosatini samarali amalga oshirishida, kerakli imij (obro‘-e'tibor)ga ega bo‘lishida katta rol o‘ynaydi va muhim funksiyani bajaradi.
Emitentlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:

  1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha: davlat organi, turli mulk- chilik asosidagi yuridik shaxs.

  2. Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha: davlat, xalqaro va nodavlat mo- liyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.

  3. Moliyaviy instrumentlari bo‘yicha: davlat, munitsipal, xalqaro va nodavlat (korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.

  4. Emission siyosati bo‘yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan) yurituvchi tashkilotlar.

  5. Milliyligi bo‘yicha: rezidentlar va norezidentlar.

  6. Emission potensiali bo‘yicha: katta, o‘rta va kichik hajmda moliyaviy instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.

  7. Imiji va tavakkalchiligi bo‘yicha: yuqori, o‘rta va kam nufuzli tashkilotlar.

  8. Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi bo‘yicha: yuqori, o‘rtacha va kam jalbdor emitentlar. Masalan, fond bozorida emitentlar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlari jalbdorliligi bo‘yicha quyidagicha tasniflanishi va tavsiflanishi mumkin:

«Zangori fishkalar» sarasiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlar — bozorda barqaror va yuqori kreditlik imkoniyatiga ega yirik kompaniyalar chiqaradi.
«Ikkinchi eshelon aksiyalari» sarasiga kiruvchi aksiyalar — yosh, lekin yetarlicha yirik kompaniyalar chiqaradi.
«Markaziy» sarasiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlar — tarmoqda yetakchi o‘ringa ega va tarmoqdagi boshqa kompaniyalar aksiyalari bahosiga ta'sir ko‘rsatuvchi emitentlar chiqaradi.
«Himoyalanuvchi aksiyalar» sarasiga kiruvchi qimmatli qo- g‘ozlar — yuqori dividendlar to‘lovchi va salbiy kotirovka miqdoriga yo‘l qo‘ymaydigan yirik kompaniyalar.
«Dastur asosi» («Fboздь пpoFpammы») sarasiga kiruvchi qim- matli qog‘ozlar — qimmatli qog‘ozlarning yuqori likvidlilik dara- jasini ta'minlovchi emitentlar.
«Rag‘batli aksiyalar» sarasiga kiruvchi aksiyalar — kurs narxi (kotirovkasi) bo‘yicha yuqori o‘rinni egallagan kompaniyalar.
«Yoqimdor aksiyalar» sarasiga kiruvchi aksiyalar — daromad- liligi bo‘yicha «rag‘batli aksiyalar» toifasiga yaqin va kurs tafovutining tez oshib borishini ta'minlovchi yosh kompaniyalar.
«Davriy aksiyalar» — aksiyalarning daromadliligini o‘zining faolligi bilan bog‘liq tarzda sinxron o‘zgarishi asosida ta'minlovchi kompaniyalar.
«Uxlab yotgan aksiyalar» — bozorni hali egallamagan, lekin o‘sishning katta potensialiga ega aksiyalarni chiqaruvchi kompaniyalar.
«Ishirilgan aksiyalar» — aksiyalari haddan tashqari yuqori baholangan kompaniyalar.
«=pekulativ aksiyalar» — bozorda yaqinda paydo bo‘lgan aksiya- larni chiqaruvchi kompaniyalar (ularning imiji va tarixi yo‘q).
«Faol bo‘lmagan aksiyalar» — investorlar nuqtayi nazarida nolikvid va qiziqarli bo‘lmagan aksiyalar emitentlari.
Yuridik shaxs bo‘lgan emitentlar qonun hujjatlarida belgilan- gan tartibda tuziladi, faoliyat yuritadi, qayta tashkil qilinadi va tugatiladi.
Ma'lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan emitentlar o‘sha mamlakatda o‘rnatilgan qonunlar doirasida emission faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni (investitsiyalarni) jalb qilish siyosa- tini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‘lishi mumkin. Xalqaro darajadagi emitentlar xalqaro bitishuvlar asosida emission faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslar (investitsiyalar)ni jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning mavqeyi va turiga qarab,
regional va milliy iqtisodiyotga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari mamlakat qonun- lari bilan o‘rnatilgan vakolatlar, maqsad, vazifa va funksiyalar doirasida emission faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bun- day emitent moliyaviy resurslar (investitsiyalar)ni jalb qilish siyo- satini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning ahvoliga, turiga va vakolatiga qarab, makromoliyaviy, hududiy va tarmoqiy bo‘lishi mumkin.
Emitentlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: transparentlilik (infor- matsion shaffoflik), ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik asosida o‘z moliyaviy instrumentlarining lik- vidlilik, daromadlilik, tavakkalchililik va bazisiga nisbatan ekviva- lentlilik darajasini ta'minlashdan iborat.

Download 23.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling