- Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo hududlari AQShda eng ko’p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag’batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
- Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus «dyuti fri» magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli holatga ega bo’lgan an’anaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |