Reja: Ertaklarning paydo bo’lishi Ertak turlari
Download 91.61 Kb.
|
Ertaklar
Reja: 1. Ertaklarning paydo bo’lishi 2. Ertak turlari 3. Mifik ertaklarning janriy xususiyati va syujet birligi 4. Ertak janridagi obrazlarning genetik asosi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Ertaklarning paydo bo’lishi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “… ajdodlarimizning tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari… bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”1. Lekin xalq og‘zaki ijodi va uning mif, ertak, doston kabi janrlari zamiriga yashiringan ko‘plab hikmatlar hali to‘la o‘rganilmagan. O‘rganilganlari ham kishilik jamiyatining ma’lum bir davrida qayta tahlil va ilmiy izlanishni talab qiladi. Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganishda bunday kompleks yondoshuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o‘rni, badiiy funksiyasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab etadi. Folklor asarlarda o‘z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma’naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Zero, xalq og‘zaki ijodi ma’naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo‘ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan folklor namunalari qatori ertaklarni ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Qadimiy epik an’analarni o‘zida mujassam etgan ertaklar xalqimizning mifologik tasavvurlari, e’tiqodiy qarashlari, turmush tarzi va ma’naviyatini o‘zida jamlagani uchun ham ularning kishilarga, ayniqsa, yosh avlodga badiiy-estetik ta’siri nihoyatda kuchlidir. Ertaklarni tadqiq etish va targ‘ib qilish orqali millatimiz ma’naviyati va madaniyati tarixiga oid ko‘plab badiiy-ijtimoiy ma’lumorlarni olishimiz mumkin. Shuning uchun ertaklarning o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish xalq badiiy tafakkurining qonuniyatlarini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi. O‘zbek folklorshunosligida ertak janri va ulardagi mifik asosga ega obrazlarni o‘rganishda ma’lum bir yutuqlarni qo‘lga kiritilganiga qaramay, hozirgi ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj folklorshunoslardan ertaklarni yanada chuqurroq o‘rganishni talab etmoqda. Chunki mustaqillik yillarida shakllangan yangi badiiy- estetik tushunchalar avval tadqiq etilgan ertak va ulardagi mifik asosga ega qush obrazlarini qayta tadqiq etishni talab etadi. Biz yoshligimizda ertaklar mamlakatida sayr qilishni orzulaganmiz. Shoir Hamid Olimjon aytganidek: “Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Ko’p ertak eshitgandim. So’ylab berardi buvim. Esimda o’sha damlar, O'zi uchargilamlar, Tohir- Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh. O't bog’lagan qanotlar, Beqanot uchgan otlar. Baxtiyor bilan Oygul, Qiz bo’lib ochilgan gul, So’ylaguvchi devorlar, Bola bo’p qolgan chollar. Buvimning har qissasi, Har bir aytgan hissasi, Fikrimni tortar edi, Havasim ortar edi. Haqiqatan, Tohir- Zuhra, Yoriltosh bizni hamisha o’ziga jalb qilgan, havasimizni o’ziga tortgan. Ota-bobolarimiz ham tuyog’idan gavhar sochgan kiyiklarni ko’rish umidida bo’lganlar. Oxir provardida xayolidan o’tkazilgan mo’jiza voqealarni hayotiylashtirish maqsadida g’olib kelib, mif, afsona, rivoyatlar zaminida ertaklar dunyodagi boshqa xalq og’zaki ijodida keng tarqalganidek, o’zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan.Bu janr o’zbek folklorining epik turiga mansub. Ulardan oddiy maishiy hayotida ro’y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to’qima lavhalar qo’shgan va yangi- yangi ertaklar milliy ma’naviyat xazinasidan o’rin olgan. Bu orzu- havaslar natijasiz bo’lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o’tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo’lish niyatlari jam bo’lib, bugungi kunda raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning, qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi. Mahmud Koshg’ariy “Devon-u lug’atit turk” asarida biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish ma’nosini etuk so’zi anglatishini yozadi. Olim bu so’z aslida biror narsani hikoya qilishdan olingani haqida xabar qiladi. O'zbeklar qadimgi paytlardagi voqealarni tafsilotlari bilan aytib berishni “ertak” deb ataganlar. Atamaning qadimiyligini qozoq, qirg’iz, turkman xalqlarida ham bu so’z aynan shu ma’noda qo’llanilishidan bilsa bo’ladi. Ertak yurtimizda shu qadar ko’p va xilma-xil mavzularda tarqalganki, ayrim hududlarda uni o’zlaricha ataganlar. Xususan, ayrim joylarda “shuk”, “ushuk”, “matal”, “cho’pchak”, “cho’rchak” deb ham yuritilgan. Bizning ertaklarimiz mavzusiga, til vositalaridan foydalanish usuliga, voqealar tizimiga ko’ra shartli ravishda uch yirik turlarga bo’linadi: 1. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 2. Sehrli ertaklar. 3. Maishiy ertaklar. Bulardan tashqari ertaklarning bir xil turlari bor bo’lib, ular asosan hajm, mavzu, maqsad jihatidan bolalar folkloriga oid ertaklarni tashkil etadi. Afsona, rivoyatlar matnini ijro etishda alohida tayyorgarlik talab qilmasligini aytib o’tganmiz. Ertaklarni ijro etishda ham maxsus iste’dodga ega bo’lish u qadar shart emas, ammo xalqimizda ertak aytish an’anasi alohida ertakchilarning ijrolari jozibasi qiziqishni kuchaytirishi bilan ajralib turishini tasdiqlaydi. Qo’qondan Zavonbibi Sarimsoqova, Toshkentdan Sharif Musaev, Xorazimdan Mahfura Sobirova, Andijondan Murodilla Ziyodov, Namangandan Abdullaxo’ja kabi yuzlab mashhur ertakchilarning nomlari ular yashagan hudud atrofida mashhur bo’lgan . Ertakchilar o’z ijrolarini alohida vaziyatlarda amalga oshirganlar. Natijada, ertak aytish an’anasi shakllangan. Ular ertak aytishdan oldin oldilariga tuz, isiriq, taroq, supurgi, suv, non kabi narsalarni qo’yib chiqqanlar. Ijro davomida esa ulardan ko’rgazmali ashyo sifatida foydalanganlar va ertak ta’sir kuchini oshirishga uringanlar. Ertakchilarning kasb- korlari ham ertak mazmuniga aloqador bo’lgan. Masalan, chevar ertakchi aytgan asarlarida chevar, mulla ertakchilar aytgan namunalarda ilmga aloqador qahramonlar ishtirok etgan. Bu bilan ijrochilar o’z kasblarini ham yo’l-yo’lakay targ’ib qilish maqsadini nazarda tutgan bo’lishlari mumkin. Download 91.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling