Reja estetik tarbiyaning mohiyati Estetik madaniyat inson ehtiyojlarinig murakkab tizimi O‘zbek xalqining estetik madaniyat ibtidosi


Download 24.46 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1645376
  1   2   3   4
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash.


REJA
1. Estetik tarbiyaning mohiyati
2. Estetik madaniyat - inson ehtiyojlarinig murakkab tizimi
3.O‘zbek xalqining estetik madaniyat ibtidosi


1. Estetik tarbiyaning mohiyati.
Har kishining dunyoda oromi joni tarbiya,
Baxtu iqboli saodatining makoni tarbiya.
Ey otalar jonlaringizdan aziz farzandingiz,
G‘ayrat aylang, o‘lmasun vaqtu zamoni tarbiya
A.Avloniy
Estetik tarbiyaning asl mohiyati insonni real dunyoda mavjud bo‘lgan go‘zallikni to‘g‘ri idrok qilishga va hayotda haqiqiy go‘zallik uchun kurashga o‘rgatishdan iborat.
Estetik tarbiyaning asosiy ma’nosi va vazifasi kishilardan dunyo go‘zalligi to‘g‘risida his- tuyg‘ular, tassavur va fikrlarni tarbiyalash va takomillashtirish orqali Inson shaxsning har tomonlama va uyg‘un rivojlanishiga ko‘maklashishidan iborat.
Estetik tarbiya eng avvalo, tabiat va jamiyatda hamda san’at asarlarida go‘zallikni ko‘ra bilish, uni to‘g‘ri tushinish va qadrlash qobilyatini tarbiyalashdan iborat. U hayot va mehnatning barcha tomonlariga go‘zallik ato etish qobilyatini tarbiyalash, hayot va san’atda bema’nilikka, xunuklikka qarshi kurash hamda qobilyatiga qarab san’atda o‘zining ijodiy kamolotini ko‘rsatishni nazarda tutadi
Estetik tarbiya insonning voqelikdagi va san’atdagi go‘zallikni idrok etish, tushunish va qadriga yetish qobilyatini o‘stiradi. Estetik tarbiya, shuningdek, insoniyat, faoliyatining har qanday sohasida estetik boyliklar yaratish, ya’ni go‘zallik qonuni bo‘yicha ijod qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Estetik tarbiya ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi jamiyat a’zolarining har tomonlama mukammal rivojlanishlari uchun go‘zallikni to‘laqonli his etishga ko‘maklashishdan iboratdir. Estetik tarbiyaning hayotiy omillari faqat estetika, madaniyat, san’at, adabiyot dangina iborat emas. Ijtimoiy ong ko‘rinishlari va estetik qarashlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, turmush va texnika, sport va milliy urf - odatlar ham nafosat tarbiyasining nihoyatda mihim omillaridandir. Estetik tarbiyani to‘la amalga oshirmay turib axloqiy, g‘oyaviy - siyosiy tarbiya asosida rivojlangan barkamol shaxsni voyaga yetkazib bo‘lmaydi.
Yuqorida aytilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

Download 24.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling