Reja: Etika (axloqshunoslik)ning tadqiqot predmeti, funksiyala- ri, boshqa fanlar bilan o zaro aloqadorligi
Download 36.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Q2CQP6xb handwrittner
Qurbonova Husnora. 219-guruh 13-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja:
1. Etika (axloqshunoslik)ning tadqiqot predmeti, funksiyala- ri, boshqa fanlar bilan o zaro aloqadorligi. 2. Ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov va dastlabki axloqiy qonun-qoidalar. 3. Axloqning strukturasi. 4. Axloqshunoslikning kategoriyalari. Axloqiy tamoyillar va me yorlar. 1. “Etika” so zi qad yunoncha “ethos” (etos) so zidan kelib chiqqan bo lib, avval boshda birgalikda yashaydigan joy, uy, xonadon, qush uyasi kabi ma nolarni anglatgan. Keyinroq esa “etos” so zini qandaydir hodisa, axloqiy an ana, urf-odat
va xususiyatni ifodalash uchun qo llashgan. Aristotel etika fanining asoschisi hisoblanadi. Faylasuf “etos” so zini inson xulq-atvori tarzida tushungan, “etik”, ya ni “axloqiy” sifatini insoniy fazilatlarning alohida maxsus sinfi deb talqin etgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi gu- ruhga esa – san at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kirita- di. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta limotni fan darajasiga ko targanlar va “Etika” (ta ethika) deb atagan- lar.
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Hozirda ayrim mutaxassislar “Axloqshunoslik” deb atashni maqsadga mu- vofiq deb hisoblaydilar. Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishi- ning jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o rganadi. “Axloq” so zi arabchadan olingan bo lib, “hulq” so zi- ning ko plik shaklidir. “Axloq” iborasi ikki xil ma noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo lsak, doiraning eng kichik qismini odob, un- dan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egalla- ydi.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o z ichiga oladi (jamoat joylarida yoshi kat- talarga joy berish, qo lidagi yukni ko tarib olib borishga yor- damlashish va h.k.). Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko y miqyosida ahamiyatli bo lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta sir ko rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui (in- soniylik fazilatlarining namoyon bo lishi yoki aksi: qo pol ota- -ona, qo shnilar, tanish-bilishlarning nomaqbul qiliqlari, sinfdosh- lar, kursdoshlar va h.k.). Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun na- muna bo la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig indisidir (man- sabdor shaxslarning shaxsiy ibrati – vazirlar, sudyalar, prokuror- lar va b; davlat arboblarining hayotiy faoliyati – Alisher Navo- iy, Husayn Boyqaro, Amir Temur, Gitler, Napoleon, Mussolini, Lenin, Stalin va b.). Bu o rinda shuni alohida ta kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik – yuksak axlo- qiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo lga qo yilmagan jo- yda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan – badxulqlilikka, badxulqlilikdan – axloqsizlikka o tishi mumkin. Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o rganadi. Download 36.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling