Reja: “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi


Download 269.38 Kb.
bet4/23
Sana17.06.2023
Hajmi269.38 Kb.
#1521242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
12- mavzu uchun ma\'ruza

Shafqat. SHafqat istilohi xozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o‘quv adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson shaxsiga bo‘lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog‘liq. Lekin u ayni paytda muruvvatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko‘p xollarda o‘ziga aloqasi yo‘q boshqa bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo‘l cho‘zishi bo‘lsa, shafqat kishining o‘ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko‘rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o‘zga bir inson iztiroblarini engillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan: ro‘zg‘orinni zo‘rg‘a tebrayotgan qo‘shningizning kasbiy xizmat yuzasidan ham, biror bir jamiyatga a’zoligi jihatidan ham, biznesdagi hamkorlik masalasida ham sizga aloqasi yo‘q, shuningdek, u sizga do‘st yoki dushman sifatida ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og‘ir sharoitdan chiqib olishiga iqtisodiy yordam berdingiz, bu – muruvvat. Boshqa bir holatda, deylik jang maydonida sizga butunlay begona, buning ustiga safdoshingizga o‘ldirgan dushman askarini mag‘lub qildingiz. Endi oldingizda ikki yo‘l bor: xohlasangiz, uni o‘ldirishingiz, o‘ch olib g‘azabingizni bosishingiz, xohlasangiz, g‘azabingizni bosib, u dushman, lekin men kabi odam, uni ham menga o‘xshab bu maydonga jang qilish uchun yuborganlar, uni o‘ldirganim bilan biror ulkan o‘zgarish ro‘y bermaydi, deb asir olgansiz, hayotini saqlab qolgansiz, bu – shafqat. G‘azab insondagi hayvoniy xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir.
Demak, muruvvat agar sizning oldingizda burchli bo‘lmagan kimsaga ko‘rsatgan yordamingiz bo‘lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga loyiq odamni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib, kechirishdir.
Jahon axloqshunosligida, jumladan bizda ham, yuqorida aytganimizdek, shafqat asosiy tushunchalar sirasiga kiritilmagan. Vaholanki, adolat, insonparvarlik aynan ana shu hissiyot bilan bog‘liq. Buni birinchi bo‘lib olmon faylasufi Artur Shopengauer anglab etdi. U shafqat hissini ahloqning asosi, shafqat tushunchasini axloqshunoslikning asosiy tushunchasi deb ataydi. Uning nazdida shafqat universal tabiatiga ega u, insonning na faqat insonga, balki hayvonga bo‘lgan munosabatida ham namoyon bo‘ladi, zero xayvonga beshafqatlilik qilgan odam insonga shafqatli bo‘lmaydi15.
Shafqat tushunchasining ahamiyati – inson hayotini oliy qadriyat deb e’tirof qilish, uning yashashga bo‘lgan huquqini himoyaga olish hozirgi sharoitda yana ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan, diniy aqidaparastlik, ekstremistik g‘oyalar va mafkuraviy kurashlar beshafqatlikka asoslanganligini hisobga olsak, shafqat tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganligi uchun ham bugungi kunda jahon axloqshunosligi shafqat tushunchasini Shopengauer aytganidek, ahloqni asosi sifatida tahlil, talqin va targ‘ib qilmog‘i lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng muhim axloqiy xodisa ekanligi e’tirof etish zamon talabidir.
Yana bir muhim mezoniy tushuncha – burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti–harakati zamirida burch tushunchasi – burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Chunonchi, bir tuzum yo jamiyatda ijobiy hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki jamiyat uchun salbiy ma’no kasb etishi mumkin. Sobiq sho‘rolar fuqarosining o‘sha davr–dagi mavjud tuzum oldidagi burchi hozirgi kunda o‘ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, ya’ni, yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda esa burch omma hamda shaxs hayotida fojeiy hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolarining ko‘pchiligi oqni – qora, qorani – oq deb qabul qiladilar. Buni umumbashariy va milliy qadriyatlarni oyoqosti qilgan beshafqat sho‘rolar sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz minglab, hatto millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar. Demak, jamiyat qurilishida totalitarchilikka yo‘l qo‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolari tomonidan burchning noto‘g‘ri tushunilishiga va buning oqibatida ba’zi hollarda beixtiyor, omilik tufayli, ba’zan esa ixtiyoriy–majburiy tarzda yuz beradigan ommaviy axloqsizlikka olib keladi.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, unda burch shaxsning ko‘pgina mayl–istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni huzur–halovatdan, turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat–farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor bo‘ldi: uni mustamlakachilar, avval aytganimizdek, mamlakat hududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi.
Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon–dilidan sevgan kishisidan, hatto aka–ukasi, opa–singlisi yoki farzandidan kechishga ham majbur bo‘ladilar. Xullas, burch axloqshunoslik mezoniy tushunchalari ichidagi eng «qattiqqo‘l», eng «shafqatsizi».

Download 269.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling