Reja: Etnologiya fani haqida


Download 9.18 Kb.
Sana15.10.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1703860
Bog'liq
1- mavzu — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия


Mavzu: Etnalogiyaga oid maxsus atamalari va fanning tadqiqot uslublari
Reja:
1.Etnologiya fani haqida
2.Etnalogiyaga oid maxsus atamalari va metodlar
3. Etnalogiyaga fanning tadqiqot uslublari

Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o‘zlarining, balki tevarak atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi el-uluslarning madaniyati, an’analariga ham qiziqqanlar. Ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega Do‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko'plab empirik materiallarni yig‘ishga, turli-tuman xalqlarning xo‘jalik va madaniy belgilariga qarab tavsiflashga intilganlar. Lekin ularning asosiy qismi, asosan, jangchilar, sayyohlar, elchilar va boshqa mamlakatlarda curli maqsadlarda bo‘lgan kishilarning xotiralari yoki bo‘lmasa o‘zga yurtlar to‘g‘risidagi turli-tuman rivoyatlarga asoslanib ma’lumotlar berganliklari bois ko'pincha mazkur ma’lumotlar umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan

Etnologiya - xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o'rtalarida paydo bo‘lgan. Mazkur fanning aynan shu davrda paydo bo'lishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Awalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalarning jadallashuvi sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tomondan mazkur davrdagi mustamlakachilik siyosati ham turtki bo'lgan. Chunonchi, yangi-yangi mustamlakalarga ega bo'lish yoki bosib olingan hududlarni oson boshqarish siyosati hamda mustamlakachi davlatlarning o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishlari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qilar edi. Qolaversa, buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi dunyoning turli mintaqalari orasida o‘zaro etnomadaniy taraqqiyotdagi farqlarni, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning ma’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o'rni kabi muammolarni paydo qildi.
Etnologiya» atamasi fanga ilk marotaba 1784-yilda A. Shavann tomonidan olib kirilgan. Lekin oxirgi yillardagi tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, mazkur fan 1774-yil yozma manbalarida alohida fan tarmog‘i, ya’ni «etnografiya» ko'rinishida davlatlar tarixi - ni xalqlar tarixidan farqlash maqsadida qo‘llanilgan.

Yozma manbalarni o‘rganish etnologiyaning eng muhim metodlaridan biri bo‘lib, uning qimmati o'rganilayotgan xalq va uning madaniyati to‘g‘risida aniq va to‘laqonli ma’lumotlar berishi bilan ajralib turadi. Yozma manbalar nafaqat etnologiya uchun, balki tarix fani uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yozma manbalar, asosan, insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog'i, kishilarning o‘zaro munosabatlari natijasi o'laroq yaratilgan va o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, tarixiy voqealarni aks ettirgan manbalardir. Yozma manbalarga, odatda, ma’lum bir xalq vakillari hisoblangan mualliflar tomonidan o'zlarining yoki boshqa xalqlarning tarixi hamda madaniyati to‘g‘risida yozib qoldirilgan qo'lyozma asarlar, tarixiy manbalar kiradi. Shuningdek, yozma manbalarga oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar va boshqalar), tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar ham kiradi. Yozma manbalar doimiy ravishda bir necha avlod tadqiqotchilari uchun qiziqarli manba bo‘lib xizmat qilgan.



Odatda, biror-bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy hisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati benihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum yuridik shaklda bevosita va ko‘p hollarda aynan qayd etilganligi bilan ham qimmatlidir. Lekin ayni vaqtda ba’zan ularning orasida, soxtalari ham uchrab turishini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham mazkur manbalardan foydalanilganda o‘ziga xos diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borilganda, aniqrog‘i undan biror-bir ijtimoiy-siyosiy jarayonni 47 Adhamjon Ashirov. Etnologiya talqin etishda foydalanilganda bir hujjat bilan chegaralanmaslik, oxshash hujjatlarni qiyosiy tahlil etib o'rganmoq zarur. Qolaversa, hozirgi kunda bunday tarixiy-madaniy yozuvlar etnologlar qiziqadigan yagona manba turi bo'lib hisoblanmaydi. Ayni kunda turli davrlardagi xalqlarning hayoti va madaniyatiga bag‘ishlangan har xil yozma manbalar mavjud bolib,
Etnologiyada asosiy tadqiqot ob’ektlaridan biri bo'lgan moddiy va ma’naviy madaniyat ko'rinishlari, xalqning an’anaviy turmush tarzi bilan bog'liq marosimlar va urf-odatlarni tavsifiy etnografik tarzda yoritishdan chekinib, ma’lum bir nazariy-metodologik konsepsiyaga asoslanib, ularning genezisi, o‘ziga xos xususiyatlari, tub mohiyatiga e’tibor bergan holda etnologik nuqtai nazardan tadqiq etish zarur. - Dunyo miqyosida ulkan globallashuv jarayoni va yangi texnologik davr bo'lgan bugungi kunda etnosning o'rni va ahamiyati, zamonaviy etnomadaniy jarayonlarni, etnoslararo kommunikatsiya va globallashuv jarayonlarida milliy xususiyatlarning saqlanib qolish omillarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling