Reja: Falsafiy dunyoqarash nima degani?
Download 26.65 Kb.
|
Falsafa
Falsafa tanqid sifatida
Falsafa dunyoni ideallar (bo‘lishi kerak) nuqtai nazaridan baholab, buni tanqid orqali amalga oshiradi. Falsafa o‘zining birinchi qadamini shubhadan boshlagan. Falsafaning falsafagacha bo‘lgan davrdagi dunyoqarashdan (afsonaviy, diniy) asosiy farqlaridan biri mana shudir. Ilk davrning Misr, Bobil va Hindistondagi falsafagacha bo‘lgan davr matnlaridayoq diniy e'tiqodning haqiqiyligiga, ijtimoiy hayot negizlarining adolatliligiga shubhalarni uchratish mumkin. Faylasuflardan birinchi bo‘lib Suqrot (er.av.470-399 yillar) barqaror tasavvurlarga: «Men hyech narsani bilmasligimni bilaman» deya shubha bilan qaradi. Suqrot savol-javob orqali odamlar bilan bahslashib, suhbatdoshi tasavvurlarining yuzakiligini fosh qiladi va ularning mutlaq haqiqat deb qabul qilganlari aslida bor-yo‘g‘i har kungi mulohaza ekanligini e'tirof etishga olib kelgan. Yangi davrda qator yevropalik faylasuflar (F.Bekon, R.Dekart, I.Kant) shubha va tanqidni maxsus ko‘rib chiqish mavzusiga aylantirganlar. Falsafa nimadandir shunchaki shubhalanmaydi va nimanidir shunchaki tanqid qilmaydi. U dunyoqarash bo‘lgani holda dunyoqarashning barcha tarkibiy qismlari (bilim, burch, ishonch va boshqalar)ni umumiy shubha va tanqid ostiga oladi. Shu bois falsafa hamisha «Haqiqatdan ham men bilamanmi?», «Haqiqatdan ham men majburmanmi?», «Haqiqatdan ham men ishonamanmi?» deb savol beradi. Falsafa dunyoqarash asoslariga shubha bilan, ularni tanqid qilishga o‘tadi. O‘zining tanqidiy vazifasini bajara turib, falsafa mavjud voqyelikni tanqid ostiga oladi va yangilikning tug‘ilishiga sharoit yaratadi. Falsafa borliq va tafakkurning mavjud borlig‘ini tanqidiy tahlil qilib, shubha urug‘ini qadab, fuqaroning ijodkoriy ongining shakllanishiga sharoit yaratadi. Oldindan belgilangan o‘zgarmas qonun-qoidalarga asoslangan an'anaviy jamiyatlarda, hamda boshqaruvning demokratik bo‘lmagan usullari (totalitar, avtoritar tartib)ga asoslangan jamiyatlarda tafakkurning tanqidiy yo‘nalishi bunday tafakkur egasi uchun xavflidir. Bunday jamiyatlarda itoat qilish va bajarish kabi sifatlar qadrlanadi. Tanqidiy tafakkurni nigilizm va tanqidbozlikdan farq qila bilish kerak. Tanqidbozlik tafakkur madaniyatining pastligidan, uning «tanqid uchun tanqid»da namoyon bo‘ladigan destruktiv xususiyatlardan dalolat beradi. Madaniy falsafiy tafakkur tanqidni predmetlarni nigilistik uloqtirishga olib kelmasdan, balki uning ichki o‘zaro aloqasini tadqiq etadi. Shu bois falsafiy tanqid hamisha tahlil hamda predmetning mantig‘i va rivojlanish dinamikasini chuqur mulohaza qiluvchi jarayondir. Download 26.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling