Reja: Fazo tushunchasi n-o’lchamli vektor fazo Vektorlarni koordinata vektorlari buyicha yoyish Vektorning normasi Vektorlarning skalyar ko’paytmasi Chiziqli bog’langan va chiziqli bog’lanmagan vektorlar Vektor fazoning ta’rifi va misollar Fazo


Download 23.38 Kb.
bet1/6
Sana19.11.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1787162
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Ma\'ruza


5-Ma’ruza.Vektor fazo tushunchasi
Reja:


1. Fazo tushunchasi
2. n-o’lchamli vektor fazo
3. Vektorlarni koordinata vektorlari buyicha yoyish
4. Vektorning normasi
5. Vektorlarning skalyar ko’paytmasi
6. Chiziqli bog’langan va chiziqli bog’lanmagan vektorlar
7. Vektor fazoning ta’rifi va misollar


1. Fazo tushunchasi
Fanda fazo tushunchasi har xil ma’nolarga ega. Fazoni filosofik talqin qiladigan bo’lsak, u materiyaning yashash shaklini anglatadi. Haqiqiy dunyoning fazoviy ko’rinishi undagi mikdoriy munosabatlar bilan birgalikda matematikaning o’rganiladigan predmeti bo’lib, bunda u geometriyaning bosh mazmunini tashkil qiladi. Maktab geometriyasida fazo tushunchasi sodda ko’rinishda uchraydi, fazo deganda ma’lum aksiomalar sistemasini qanoatlantiruvchi uch o’lchamli (x, y, z) haqiqiy sonlar uchligidan iborat nuqtalar to’plami tushuniladi. Fazoning har bir nuqtasi uchta koordinatalar orqali aniqlanadi va aksincha, har bir uchta sonlarning tartiblangan sistemasi fazoda qandaydir nuqtani aniqlaydi. Shunday qilib, uch o’lchamli fazoni uchta haqiqiy son sistemasi bo’lgan (x, y, z) nuqtalarning to’plami deb qarash mumkin. Bunda ikki A (x1, y1, z1) B (x2, y2, z2) nuqtalar orasidagi masofa

formula bilan aniqlanadi.


Fazo tushunchasi matematikada ancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan ob’yektlar uchun umumlashtiriladi. Matematikada fazo deganda, ixtiyoriy ob’yektlar (sonlar to’plami, funksiyalar to’plami va h.k.) majmuasi tushuniladi va ular orasida uch o’lchamli fazoda o’rganilgan munosabatlarga o’xshash munosabatlar o’rnatiladi. Bunda ikki nuqta orasidagi masofa tushunchasi muhim o’rin egallaydi.
2. n-o’lchamli vektor fazo
Geometriya, mexanika va fizikada shunday ob’yektlar uchraydiki, ular bir yoki bir necha haqiqiy sonning tartiblangan sistemasi bilan aniqlanadi. Masalan, (uch o’lchamli) fazoda har qanday vektor o’zining uchta komponentasi bilan aniqlanadi. Fazo tushunchasini umumlashtirish vektor tushunchasini umumlashtirish bilan bog’liq. Vektorning eng sodda umumlashtirilishi n-o’lchamli vektor tushunchasidir.

Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling