Reja: Fizika fanining asoschilari


Download 215.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi215.55 Kb.
#1462544


I-mavzu: Fizika fanining rivojlanish tarixi Fazo va vaqt. Sanoq sistemasi
Reja:
1. Fizika fanining asoschilari
2. Fazo va vaqtni o‘lchash usullari
3. Dekart koordinatalar sistemasi 
1. Fizika fanining asoschilari Biz yashab turgan, hayot kеchirayotgan 
gallaktikamiz (Quyosh va uni atrоfida aylanayotgan to`qqizta sa.ora va yulduzlar 
sistеmasi) juda ko`p asrlardan bеri mavjud. Еrimiz, tabiatimiz, еtti оsmоnimiz 
gallaktikaning bir bo`lagi bo`lib, tirik оrganizmlar va оdamzоd maskani sifatida 
paydо bo`ldi. Tabiat hоdisalarini, jarayonlarini va qоnunlarini o`rganish juda 
qadimdan bоshlangan. Tabiat sirlarini o`rganish, qоnunlarini оchish asоsida 
insоniyat o`zining tumush sharоitini, yashash imkоniyalarini yaхshilab bоrdi. 
Tabiat sirlarini o`rganish o`z navbatida, o`z zamоnidagi fikrli, mulоhazali, ilg`оr 
kishilarni o`ziga tоrtdi. Qadimgi YUnоnistоnda tabiat hоdisalarini o`rganuvchi 
tabiatshunоslik fani vujudga kеldi. Fizika yunоncha so`z bo`lib, “rhusis” (fyuzis) – 
tabiat dеgan ma’nоni anglatadi. Fizika fanini birinchi bo`lib, qadimgi yunоn 
mutafakkiri Aristоtеl (.eramizdan avalgi 384-322 yil) o`zining kitоblarida bayon 
etgan. O`sha davrda fizikaning tarkibiga hоzirgi хimiya, astrоnоmiya, biоlоgiya, 
gеоlоgiya dеb nоm оlgan bir qatоr tabiiy fanlar kirgan. Kеyinchalik, ular 
mustaqil fanlar bo`lib ajralib chiqqan, lеkin ular o`rtasida kеskin chеgara 
yo`q,ular dоimо bir-birlarini to`ldirib hamisha alоqada bo`ladilar. Bu gaplarni 
isbоti sifatida tabiatdan yangi-yangi hоdisalarning kashf qilinishi va ularning 
amalda qo`llanishi natijasida fizikaviy-хimiya, astrоfizika, gеоfizika, biоfizika kabi 
birlashgan fanlarning vujudga kеlishini ko`rsatish mumkin. SHuning uchun, 
fizika – barcha tabiiy va amaliy fanlarning pоydеvоridir dеyish mumkin. 
2. 
Fazo va vaqtni o‘lchash usullarI Fazo va vaqt, makon va zamon — borliqning 
umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi 
tarkibiy nuk,talarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va mikyosini ifoda etea, 
vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xrdisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va 
davomiyligini ifodalaydi. F. va v.ning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan 
faylasuflar xilmaxil nuqtai nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: 
substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada 
F. va v.ning mutlaq jihatlari, relyatsio n konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari 
mutlaqlashtiriladi. Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, 
Eronshaxriy, Zakariyo arRoziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, 
Nyuton, Eyler va boshqalar)ning fikricha, fazo—materiya va moddiy 


aloqadorliklardan tashqarida, ularga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan 
mustaqil substansiyadir; u moddiy obʼyektlarning joylashish makoni, fazo 
mutlakdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy taʼsir koʻrsatadi; vaqt 
munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda oʻtadi. F. va v.ni mustaqil sub. 
stansiya deb qisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial 
konsepsiya nomi bilan kirgan. Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel, 
Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, 
Dekart, Leybnits, Toland, Yum, Fixte, Kant, Gegel)ning fikricha, fazo—moddiy 
dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon boʻlishi, jismlarning oʻzaro 
joylashish oʻrni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo 
juzʼiy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bogliq; 
materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, vaqt esa materiyaning 
atributa (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud boʻlishi mumkin 
emas, u nisbiydir. Fanda uzok, davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish 
hukmronlik qilib keldi. Shu jixatdan vaqtga nisbatan dinamik va statistik 
qarashlar ham mavjud. Dinamik qarash boʻyicha, vaqtning faqat hozirgi 
zamonigina real mavjud, oʻtmish oʻtib ketgan, kelajak esa hali yoʻq. Statistik 
qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yoʻla, yaxlit holda, bir 
vaqtda mavjuddir, vaqtning lahzalarini har bir subʼyekt oʻz boshidan kechiradi va 
unga goʻyoki vaqt oqib oʻtayotgandek tuyiladi. 20-asr boshlarida A. Eynshteyn 
tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi F. va v.ning oʻzaro chambarchas 
bogʻlikligi, F. va v. sistemaning harakat tezligi bn, vaqtfazo strukturasining 
modda zichligi bilan bogʻlikligi haqidagi fikrlar tabiiyilmiy va nazariy isbotini 
topdi. Bundan ilgariroq yaratilgan noyevklid geometriyasi tamoyillari bilan 
dunyo elektrodinamik manzarasining bogʻlanishi fazoning strukturasi haqidagi 
tabiiyilmiy tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan yutuqlari F. va v.ning 
xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda birbiridan farq qilinishini 
isbotladi. hozirgi zamon fanlari aniklab bergan F. va v.ning xususiyatlarini 2 
turga ajratish mumkin. 1turga tegishli oʻlchov asboblari (lineyka, ruletka, soat 
kabilar) bilan oʻlchash mumkin boʻladigan, turli hisob sistemalarida turlicha 
namoyon boʻladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar deb 
ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning koʻlami, bir jinsliligi, izotropliligi, 
egilganligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqa 
kiradi. 2turdagi xususiyatlari F. va v.ning tub mohiyatiga aloqador boʻlgan, 
barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon boʻladigan, oʻzgarmas, fundamental 
xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki 
diskretligi), oʻlchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaqtning esa 
uzluksizligi, bir oʻlchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bogʻlanganligida va 
boshqa da namoyon boʻladi. F. va v.ning metrik xususiyatlari borliqning 
miqdoriy munosabatlarini ifoda etea, topologik xususiyatlari esa tub sifat 
jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada F. va v.ning metrik xususiyatlari — 


miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb ataladi. 
F. va v.ning metrik xususiyatlari oʻzgarganda voqeliqsa jiddiy strukturaviy 
oʻzgarishlar roʻy bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning oʻzgarishi esa 
voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy oʻzgartiradi. F. va v.ni anglashda real, 
perseptual va konseptual F. va v.larni birbiridan ajrata olish lozim. Obʼyektiv 
voqelikdagi real, jismoniy, fizik obʼyektlar, narsa va hodisalarning oʻziga xos F. 
va v. aloqadorliklari real F. va v. deyiladi. Real F. va v. ning inson tasavvurida 
idrok etilishi — perseptual F. va boshqa boʻlsa, real F. va v.ning matematik 
tenglama va hisobkitoblarda modellashtirilishi — konseptu al F. va v.dir. 
Perseptual va konseptual F. va v. real F. va v.ning inʼikosi ekanligini hisobga 
olish lozim, ularni aynanlashtirish kishini chalgitishi mumkin. Hozirgi Davrda 
borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador fizik, kimyoviy, 
geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik F. va v. haqidagi 
konsepsiyalar ham yaratilmoqda. Ularda olamning tuzilish jihatdan xilma-xilligi 
va birligi, koʻp qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi 
asoslanmokda. 20-asrning oxiri — 21-asrning boshlarida nazariy fizika, 
topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, relyativistik kosmologiya kabi 
fanlarning rivojlanishi F. va v. haqidagi tasavvurlarni jiddiy oʻzgartirdi, F. va 
v.ning turlituman modellarini tadqiq qilishga keng yoʻl ochildi. Bu tadquqotlar 
olamdagi yagona eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik — F. va v. 
aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga asos berdi. 
3. Dekart koordinatalar tizimi — tekislik yoki fazodagi toʻgʻri chiziq 
koordinatalar tizimi. Rene Dekart kiritgan (1637). Bir nuqta (koordinatalar boshi) 
dan oʻtadigan ikki va oʻq (tekislikda) yoki uch va oʻqdan (fazoda) iborat. Bunda 
koordinata oʻqlariga qoʻyiladigan uzunlik birliklari oʻzaro teng boʻladi. 
Koordinata oʻqlari oʻzaro tik boʻlgan Dekart koordinatalar tizimi toʻgʻri 
burchakli koordinatalar tizimi deb ataladi. Dekart koordinatalar tizimi deganda 
koʻpincha aynan shu tizim tushuniladi, umumiy Dekart koordinatalar tizimi esa 
affin koordinatalar tizimi deb ataladi. Affin geometriya – mat.ning bir sohasi. 
Unda l o‘lchovli fazoda chekli sondagi vektorlar, shuning-dek algebraik chiziq va 
sirtlarning affin almashtirishlar (mas, to‘g‘ri chiziqlar to‘g‘ri chiziqlarga, nuqtalar 
nuqtalarga o‘tadigan almashtirishlar)da saqlanadigan (invariant) xossalari 
o‘rganiladi. Affin almashtirishlarning muhim xossalaridan biri – tekisliqsa 
berilgan uchburchakni berilgan ikkinchi uch-burchakka o‘tkazuvchi yago-na affin 
almashtirish mavjud; shunga o‘xshash tasdiq l o‘lchovli fazo uchun ham o‘rinli. 
Vektorlar, chiziq va sirtlarning affin almashtirishda saqlanadigan xos-salari affin 
invariantlar deyiladi. Mac, uchburchakning to‘g‘ri burchakliligi affin 
almashtirishda saqlanmaydi, binobarin, bu xossa affin invariant emas, shuningdek 
kesma uchburchakning bissektrisasi bo‘lishi ham affin invariant emas, ammo 
uchburchak medianalarining kesishish nuqtasida 1:2 nisbatda bo‘linishi 
invariantdir. Affin almash-tirish natijasida ellips yana ellipega, giperbola yana 


giperbolaga, parabola yana parabolaga almashinadi. Shuning uchun hamma 
ellipslar (shuningdek, giperbola va parabola ham) bitta affin sinfni tashkil qiladi.

Download 215.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling