Reja: “Folklor va o‘yinlar asosida bolalar ijodkorligini rivojlantirish” modulining mazmun va mohiyati
Download 210.3 Kb.
|
7. bolalarni folklor qoshiqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshqarsaq” xalq o‘yini
ERKALASh
Momo: Qo‘qimli jerda qo‘zi o‘ynaydi Toqron jerda tozi o‘ynaydi Qani xolajoni nevaramni bir erkalab beringchi Xola: Polvonjonim hayla Otini tolg‘a bayla Oti tolda turmasa Gulxayriga bayla Gulxayrining guli ko‘p Polvonimning puli ko‘p Momo: Derazadan qarag‘an Sumbul chachini tarag‘an Qani endi ammajoni sizam nevaramni bir erkalab beringchi Amma: Polvonjonim qani Orpa buvdoy noni Xamma jomon ko‘rsayam Ammasining joni Momo: Otlar minsa ovdirgan Jo‘lda jursa to‘ldirgan Bovajoni nevaramni bir xuyalab beringchi Bovo: Bay bay bay huya-yo huya-ya huya-yo huya-ya Huya huyasi kelsin tovdan tuyasi kelsin Tuyasiga mingashib uyku momosi kelsin Qani kelin nevaramga bir shirin alla aytib uxlating qani ALLA Alla bolam allayo Kelin: Qo‘zichog‘im allayo Enasining erkasi Ovunchog‘im allayo Naqorat: Allayo lu lu lu lu alla Allayo lu lu lu lu alla Oppoqqina qo‘lingdaney Enajoning aylansin Munchoqdayin ko‘zingdaney Otajoning aylansin Naqorat: Allayo lu lu lu lu alla Allayo lu lu lu lu alla Qo‘lbovingning ustidan Qo‘ng‘irot ellar aylansin Tubagingning ostidan Mayin yellar aylansin Naqorat: Allayo lu lu lu lu alla Allayo lu lu lu lu alla SAMARQAND Samarqandning soyida-yo Olma bilan anjiri bor Bog‘ibaland bog‘ida-yo Jannat meva anjiri bor Naqorat: Ox maza-maza olmasi maza Ox maza-maza anjiri maza Poyingizga gullar to‘shab Qo‘ramizdan qo‘y so‘yayin Non tuz qo‘yib dasturxonga Obinabot qovun so‘yayin Naqorat: Ox maza-maza jiz maza maza Ox maza-maza juda juda-maza Samarqandning registoni Osmon o‘par minori bor Sarotonda soya bo‘lgan Bobom ekkan chinori bor Yuu xa- xa yuu xa -xa Otam aytgan qushiqni-yo Men aytayin jilo berib Jaranglasin qarsaqlar-o Baland tog‘lar sado berib Naqorat: Ox qoyil-qoyil, qarsagiga qoyil Ox qoyil-qoyil, o‘yiniga qoyil. BESH QARSAQ Sarg‘oldoq aytar sonim yo‘q Pichoqlasa qonim yo‘q Xamma qushning ichida Men sho‘rlig‘a tinim yo‘q Arzi dodim aytolmay Qoldim qarsaq ichida Samarqand darvozasi Qoshingning andozasi Qoshingni bir qoqib qo‘y Joningning sadag‘asi Mingangignam ola toy Toyimni jo‘rg‘alatay Qarsaq uring jo‘ralar Shu bolani o‘ynatay Oxxo lo‘k oxxo cho‘k Oxxo lo‘gag‘ay oxxo cho‘gag‘oy Oxxo menga boq oxxo eshigimni qoq Oxxo burol tolchiviqday o‘rol Oq qog‘ozim pirillar Badanginang dirillar Oxxo turag‘oy oytg‘anima jurag‘oy. O‘zbek xalq o‘yinlari “Beshqarsaq” xalq o‘yini Qadimdan ota bobolarimiz kundalik turmush tarzida dexqonchilik hamda koramol, ot, ko‘y, echki kabi chorva mollarini boqish bilan shug‘ullanib kelishgan. Shuning uchun Beshkarsak baytlarida uy jonivorlarining insonga sadoqati vafosi qo‘shib kuylangan. Beshqarsaq raqsida ijrochining o‘yin xarakatlarida ot chopshi, o‘z yurti bilan g‘ururlanishi, jismonan sog‘lomligi, ruxan tetikligi, epchil va chaqqonligi atrofdagilarga ma’naviy, ruxiy ozuqa berishi o‘z aksini topadi. Raqsning jozibadorligi tomoshabinni o‘ziga jalb etadi. Jamoa: - Oho-oho-oho-oho-oho, Yuu oho-oho-oho-oho, Oho-oho-oho-oho-oho, Yuu oho-oho-oho-oho, O‘qil bolalar: - Samarqand darvozasi, Qoshingni andozasi, Qoshingni bir qoqib qo‘y, Joningning sadaqasi. Jamoa: - Oho-oho-oho-oho-oho, Yuu oho-oho-oho-oho, Oho-oho-oho-oho-oho, Yuu oho-oho-oho-oho, Yigit: - Minganginam ola toy, Toyimni jo‘rg‘alatay, Qarsaq chaling jo‘ralar, Shu bolani o‘ynatay. Jamoa: - Oho-oho-oho-oho-oho, Yuu oho-oho-oho-oho, Oho-oho-oho-oho-oho, Yuu oho-oho-oho-oho, Yigit: - Oho lo‘k oho cho‘k, Oho lo‘gag‘oy oho cho‘gag‘oy, Oho menga boq, oho qoshingni qoq, Oho burol tolchibiqday o‘rol, Oq kaptarim pirillar, Badanginang dirillar. Hamma: - Oho-oho-oho-oho-oho, Oho-oho-oho-oho-oho. Yigit: - Oho turag‘oy oytg‘animga jurag‘oy. Sangina bola Mana bugun yilboshi-yo sangina bola omon yor Chavkar biya toy berdi xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa Kontor ovub echki sigir sangina bola omon yor Kadi kadi moy berdi xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa Tengkurlaring yoningda-yo toyni minib sen choptir Chavgan uynab kelinglaro enang jovsin moy patir Chavgan uynab kelinglaro sangina bola omon yor Enang jovsin moy patir xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa Doshkozonda sumalago sangina bola omon yor Ichida kirk toshi bor xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa Xolang kelar kulida-yo sangina bola omon yor Tovok tovok oshi bor xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa Riskim butun bulsin deb-o sumalakdan yalanglar Duo kilsin bobojoning elga tinchlik tilanglar Duo kilsin bobojoning sangina bola omon yor Elga tinchlik tilanglar xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa Xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa “Kadichi momo” xalq o‘yini. (O‘rtada kadichi momo, ikki yonida ikki nafardan qizlar va bir nafardan yigitlar kadi raqsiga tushadilar, uch nafar yigitlar la’li (patnis) chalib jo‘r bo‘lishadi.) Yigitlar: - Kadichi momo kelayapti kadisini to‘ldirib, Davrada o‘ynab berar barchamizni kuldirib. Naqorat Hamma: -Osh kadi, palov kadi, dastor kadi, nos kadi, Yemoq uchun, ilmoq uchun, chekmoq uchun, soz kadi. Yigitlar: -Momoni avaylaylik, boshiga kadi boylaylik, Kadisini ichiga tuxum va qurut joylaylik. Hamma: -Osh kadi, palov kadi, dastor kadi, nos kadi, Yemoq uchun, ilmoq uchun, chekmoq uchun, soz kadi. Yigitlar: -Kadichi momo iylaydi, bizlarga hech qiymaydi, Kadisin olib qochsak, orqamizdan quvlaydi. Hamma: -Osh kadi, palov kadi, dastor kadi, nos kadi, Yemoq uchun, ilmoq uchun, chekmoq uchun, soz kadi. “Podachi tayinlash marosimi” Chupon chulik podachi xo-o-o tuyogingni xaydachi Chupon chulik podachi xo-o-o tuyogingni xaydachi Chupon chulik podachi kultigida chonochi Uttiz uydan osholali korni tuymas podachi Podachi pormonochi Gavmishim bor ok koshka sut kaymogi bir boshka Korinlari kozonday kipriklari suzanday Onkillogon ovozi mulla aytgan ozonday Chupon chulik podachi kultigida chonochi Uttiz uydan osholali korni tuymas podachi Download 210.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling