Reja: Fonetika
Download 0.68 Mb.
|
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIL VA YOZUV
GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA
O’bek tili alifbosidagi ba’zi tovushlar turli grafik formulalarga ega. Masalan, T harfining bosma shakli bilan yozma shakllari orasida ancha farq bor. Garchi fonografik yozuv hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo’lsa ham, kundalik hayotda yozuvning boshqa turlari ham uchrab turadi, chunki har bir turning o’ziga xos afzalligi bor. Masalan, piktografik yozuv odatda reklama ehtiyojlari uchun qo’llaniladi. Ideogrammalar ko’cha harakatini ta’minlashda, matematika (1,6,10), kimyoda (H2O ) keng qo’llaniladi. Piktogramma va logogrammalarning hozirgi vaqtda ko’plab qo’llanilishiga sabab, ularning tushunchalarni aniq, qisqa va tejamli ifodalashidir. Masalan, 12+29=41 deb so’zlar bilan yozsak, bizga ancha vaqt va masofa kerak bo’ladi. Orfografiya so’zi ikkita grekcha so’zdan tashkil topgan, ya’ni orthos to’g’ri va grapho yozaman. Demak, orfografiya so’zining ma’nosi to’g’ri yozishdir. Shu sababli orfografiyaning asosiy vazifasi alifboning yozuvdagi qo’llanish qoidalari, so’zlarning yozilishi va bo’g’in ko’chirishdir. Tilshunoslik fanida harflarni ishlatishning bir necha usuli mavjud. Ular quyidagilar: fonetik, fonematik, an’anaviy, morfologik va simvolik . Fonetik prinsip. Bunga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga mos keladigan harf yozilishi lozim: qorin-qornim, burun- burnim.Bunda tovush tushishi kuzatiladi. Fonematik prinsip. Bunga asosan tovushlar qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishini talab qiladi. Masalan, olib ketdidagi b harfi p deb talaffuz qilinadi. Lekin b yozilishi shart. An’anaviy prinsipda so’zlar ularda mavjud, hozirgi vaqtda talaffuz qilinadigan tovushlarga asoslanib yozilmay, balki tarixda qanday yozilgan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi. Morfologik va simvolik prinsiplar so’zlarning yozilishida grammatika va leksikaning manfaatlarini nazarda tutadi. TIL VA YOZUV Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og’zaki va yozma shakli bo’lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo’ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi bo’lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan. 1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi. 2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi. 3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir. 4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi. 5. Yozuv kishilik jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o’rganib bo’lmaydi. Dunyodagi aksariyat tillar o’z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi ko’rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo bo’ldi. Tadqiqotlardan ma’lumki,yozuvning dastlabki ko’rinishlari ramziy ifodalar tarzida yuzaga kelgan.Fanda piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling