Reja: Fonetika
Download 0.68 Mb.
|
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha ko’rinishlarga ega. Shulardan biri bo’g’in yozuvi
Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli
va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas. Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so’z”, “grafo- yozaman”). Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so’zlarni ham ifodalaydi. Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo’lgan logogrammalar orqali yetkaziladi. Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor. a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo’lgan mazmunni ancha mufassal aks ettiradi. b)piktografik yozuvda so’z tartibi va so’zshakllari noaniq, logografik yozuvda esa aniq bo’ladi. v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’yadi, logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan. Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ierloglifik yozuvdir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o’zidan oldingi yozuvlardan farqlanadi. Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari ancha murakkab. Ularda fikr va ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor. Shuning natijasi o’laroq, yozuvni oson, qulay shaklga keltirish ehtiyoji tug’uladi. Yozuvni soddalashtirish quyidagi yo’llar orqali amalga oshirildi. 1. Tushunchani yangi shakllar bilan berish o’rniga, mavjud logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali ifodash. 2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo’li so’zlarning grammatik shakllariga taalluqlidir. Masalan, logogrammalarni o’zak sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar uchun yangi logogrammalar o’ylab topish, ularni o’zak logogrammalar ma’nosiga qarab qo’shish. 3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va ma’qul usuli fonografik yozuvga o’tish edi. Bunday yozuv tilning gramatik qurilishini ifodalab qolmay, uning fonetik tuzilishini, ya’ni so’zning tovush tarkibini ham aks ettiradi. Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha ko’rinishlarga ega. Shulardan biri bo’g’in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo’g’inlarni ifodalaydi. Yozuv tarixida bo’g’inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’g’inli yozuvda bir bo’g’inni, bir so’zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo’llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir tovushni,butun bir bo’g’inni, ba’zi belgilar esa butun bir so’zni ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar. Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling