Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet13/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

O’z ma’no Ko’chma ma’no
qora papka
temir idish
qora sovuq
temir intizom
oltin uzuk oltin kuz
Bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik

So’zlar bir ma’noli yoki ko’p ma’noli bo’ladi. Bir ma’nolilik hodisasi


monosemiya deyiladi. Bir ma’noli so’zlar monosemantik so’zlar deyiladi. Odam,
chumchuq, ravish, tuya.. kabi so’zlar bir ma’nolidir.
Birdan ortiq (bir necha) ma’nolarda keladigan so’zlar ko’p ma’noli so’zlar
deyiladi. Ko’p ma’noli so’zlar polisemantik so’zlar deyiladi.
Ko’p ma’noli so’zlarda bosh (asosiy) va ko’chma ma’no bo’ladi.


кo’z
Odamning ko’zi
uzuk ko’zi
yog’och ko’zi
oynaning ko’zi


yoqa
ko’ylak yoqasi
yo’l yoqasi
tog’ yoqasi
daryo yoqasi

Ko’p ma’noli so’zlar omonim so’zlardan quyidagicha farqlanadi:


1. Ko’p ma’noli so’z bir so’zning bir necha ko’chma ma’noda kelishidir.
Omonim esa bir xil shaklga ega bo’lgan birdan ortiq (bir necha) so’zdir. Masalan,
o’t (olov), o’t (o’simlik), o’t (harakat), o’t (inson a’zosi).
2. Ko’p ma’noli so’zning ma’nolari o’rtasida bog’lanish seziladi.
Omonim so’zlar ma’nolari o’rtasida yaqinlik sezilmaydi.
So’zning shakl va ma’no munosabatiga
ko’ra turlari
So’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra 4 xil: omonim, sinonim,
antonim, paronim.
Omonim. Shakli bir xil, ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar omonim deyiladi. Bir
xil shaklga ega bo’lgan bir necha so’z omonim hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq
so’zning bir xil yozilishi va bir xil talaffuz etilishi natijasida omonimlar yuzaga
keladi. Omonimlar quyidagicha hosil bo’ladi:
1. Tarixda boshqa-boshqa hisoblangan so’zlarning hozirgi alifboda bir xil
yozilishi natijasida:
üch (3) uch (harakat)
uch uch

2. Boshqa tillardan o’tgan so’zlarning o’zbek tilidagi so’zlar bilan bir shakl


hosil qilishi natijasida: atlas-atlas, etik-etik, tok-tok.
3. Ko’p ma’noli so’z ma’nolari o’rtasidagi bog’lanishning yo’qolishi natijasida:
dam (hordiq), dam (bosqon), dam (nafas); gap (til birligi), gap (yig’in).
Omonimlik hodisasi bir turkum doirasida yoki bir necha turkum doirasida
sodir bo’ladi. Bir turkum doirasidagi omonimlarga grammatik shakllar
qo’shilganda ham omonimligini saqlab qoladi: Biz yoqqan o’tlarimizni o’chirdik.
Biz ekkan o’tlarimizni o’rdik.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling