Reja: Fotoelektrik o'zgartgichlar
Download 425.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqFotoelektrik, termoelektrik, mexanik o`zgartirgichlar
Fotoelektrik, termoelektrik, mexanik o`zgartirgichlar Reja: Fotoelektrik o'zgartgichlar. Termoelektrik o‘zgartgichlar Mexanik o`zgartirgichlar Fotoelektrik o'zgartgichlar. Fotoelektrik o'zgartgichlarda yorug'lik oqimining o'zgarishi elektr signalga aylantiriladi. Ushbu o'zgartgichlarda 3 xil fotoeffekt ishlatiladi: 1. Tashqi fotoeffekt - elektron lampalarda katoddan elektronlarning uchib chiqishi natijasida emissiya toki hosil bo'lishiga asoslangan. 2.Ichki fotoeffektda yoritish intensivligiga bog'liq yarim o'tkazgichlarning qarshiligi o'zgaradi. Bunday fotoelementlar fotoqarshiliklar deb ataladi. 3. Ventil fotoeffektda yoritiladigan o'tkazgich va yoritilmaydigan o'tkazgich qatlamlari o'rtasida yupqa qatlamda yorug'likka bog'liq elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi. Bu yerda elektronlar yarim o'tkazgichdan o'tkazgichga qarab yo'naladi. Tashqi fotoeffektli fotoelementlar fotosezgir material katodli gaz bilan to'ldirilgan vakuumli lampadan, metalla aylana yoki plastina ko'rinishidagi anoddan tuzilgan. Katodni nur energiyasi bilan qizdirilganda, undan elektron uchib chiqadi. Anod va katod o'rtasida elektrik maydon hosil bo'ladi (10.rasm) va o'z elektronlarini musbat zaryadlangan anodga tomon yo'naltiradi. Vakuumli fotoelementlar inersionsiz bo'ladi. Tashqi fotoeffektli fotoelementlar hosil qiladigan tok kam, shuning uchun ularni kuchaytirgichsiz ishlatish mumkin emas. Ichki fotoeffektli fotoelementlar yuzasiga yupqa nur sezguvchi yarim o'tkazgich 2 qoplangan kvarsli va shisha plastinadan iborat Elektrodlar 3 yordamida fotoelementlar elektrik zanjirga ulanadi. Yarim o'tkazgich yorug'lik nuri bilan qizdirilganda, unda erkin elektronlar hosil bo'lib, o'tkazuvchanligi ortadi va qarshiligi kamayadi. Fotoelementning qarshiligini o'zgarishi zanjirda tok kuchini o'zgartiradi. Ventil fotoeffektli fotoelementlar kuchlanish manbaisiz ishlashi mumkin, chunki yorug'lik oqimi ta'sirida ular o'zi tok manbai bo'lib qoladi. (12. rasmda) ventilli fotoeffekt sxemasi keltirilgan. Yarim o'tkazgich 2 qatlami bilan qoplangan po'lat plastinka 1 yuzasiga oltin qatlam 4 quyilgan. Yarim o'tkazgich va oltin plenka orasiga qatlam 3 qoldirilgan. Metall aylanachalar 5 orqali fotoelement elektrik zanjirga ulanadi. Fotoelementga yo'nalgan yorug'lik nuri oltin plenkadan o'tib yarim o'tkazgichda yutiladi va elektronlar hosil bo'ladi. Bu elektronlar oltin plenka elektronlari bilan reaksiyaga kirishib, uni manfiy o'zi esa musbat zaryadlanadi. Fotoelement elektr zanjirga ulansa, tok hosil bo'ladi. Download 425.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling