Reja: Foyda solig’ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar


Yuridik shaxslarni jami daromadini aniklash tartibi, soliq imtiyozlari va stavkasi


Download 30.62 Kb.
bet2/3
Sana14.02.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1196953
1   2   3
Bog'liq
hasanov abbos (3)125

Yuridik shaxslarni jami daromadini aniklash tartibi, soliq imtiyozlari va stavkasi.

Yuridik shaxsning bayon etilgan koidalarga muvofik xisoblab chiqarilgan daromadi (foydasi)ga 12 foiz stavkasi bo'yicha soliq qabul qilinadi. Yuridik shaxslarning auksionlardan va gastrolg'-kontsert faoliyati bilan shug'ullanishga lisenziyasi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo'li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan olgan daromadi (foydasi)ga 35 foiz stavkasi bo'yicha soliq solinadi. Bolalar assortimentidan tovarlar, ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari va bolalar o'yinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar byudjetga 10 foiz stavkasi bo'yicha foyda solig’ini to'laydilar.
Ixtisoslashgan korxonalarga: ishlab chi qariladigan tovarlarning umumiy xajmida bolalar uchun tovarlar natura ifodasida kamida 60 foizni tashkil etadigan bolalar uchun tovarlar ishlab chiqaradigan korxonalar; ishlab chikariladigan tovarlarning umumiy xajmida ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari kamida 60 foizni tashkil etadigan ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiritiladi. O'zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilish ulushi: sotishning umumiy xajmida 15 dan 30 foizga qadarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi; sotishning umumiy xajmida 30 va undan ortiq foizni tashkil etsa belgilangan stavka ular uchun 50 foizga kamaytiriladi.
Mazkur imtiyozlar savdo-vositachilik tashkilotlariga va xom ashyo tovarlarini eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxslarga to'lanadigan dividend va foizlarga to'lash manbaida 10 foiz stavkasi bo'yicha soliq solinadi.
Soliq solish maqsadida dividendlar deganda aksiyalar bo'yicha va xo'jalik yurituvchi subyektlarning ustav sarmoyasida ulushbay ishtirokdagi olinadigan darmoad tushuniladi.
Foizlarga depozitli omonatlar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog'ozlar bo'yicha olinadigan daromad kiritiladi. O'zbekiston Respublikasidagi to'lov manbaida soliq solingan dividend va foizlar olgan yuridik shaxs - rezident to'lov manbaida soliq to'langanini tasdiqlaydigan hujjatlari mavjud bo'lsa, ularni jami daromaddan chegirtirish huquqiga egadir.
Banklar va boshka moliya-kredit tashkilotlari - rezidentlarga to'lanadigan foizlarga to'lash manbasida soliq solinmaydi, balki belgilangan tartibda bankda va boshqa moliya-kredit tashkilotida soliq solinishi kerak.
Kuyidagi yuridik shaxslar foyda solig’ini to'lashdan ozod kilinadi:
- protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashganlari - asosiy faoliyat turi bo'yicha;
- ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil etgan, nogironlar jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va O'zbekiston chernobilchilari uyushmasi mulki bo'lganlari, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar mustasno.
- davolash muassasalari koshidagi davolash-ishlab chikarish ustaxonalari;
- jazoni ijro etish muassasalari;
- notijorat tashkilotlari.
Bunda tadbirkorlik faoliyatidan foyda olgan notijorat tashkilotlari ushbu faoliyatdan soliqni umumbelgilangan tartibda to'laydi.
- shaxar yo'lovchilar transporti (taksidan, shu jumladan jo'nalishli taksidan tashkari) yo'lovchilarni tashish bilan bog'lik xizmatlari bo'yicha;
- tarix va madaniyat yodgorliklarini taxmirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo'yicha;
- davlat obligasiyalari va boshka davlat kimmatli qog'ozlari bo'yicha dividendlar va foizlar bo'yicha;
- boshqa yangi tashkil etilgan korxonalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanuvchilaridan tashqari) ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan extiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida va ikkinchi yil 50 foizi miqdorida soliq to'laydilar. Keyingi yillarda foyda solig’i belgilangan stavka bo'yicha to'liq miqdorda to'lanadi.
Mazkur kichik bandda nazarda tutilgan yuridik shaxslar tugatilgan xollarda, belgilangan imtiyozli davrdan keyin yil tugashiga qadar soliq summasi ular faoliyatining butun davri uchun to'liq mikdorda undiriladi.
- ichki ishlar organlari xuzuridagi soqchilik bo'linmalari;
- gastrol-konsert faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi lisenziyasi bo'lgan yuridik shaxslar;
- yuridik shaxslar tomonidan dividendlar ko'rinishida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav sarmoyasi (fondi)ga yo'naltiriladigan daromadlar. Soliq solinadigan foyda quyidagi summaga kamaytiriladi:

Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling