Reja: Foyda solig’ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar


 Foyda solig’ini aniklash boskichlari, xisobot topshirish va to'lov muddati


Download 30.62 Kb.
bet3/3
Sana14.02.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1196953
1   2   3
Bog'liq
hasanov abbos (3)125

3. Foyda solig’ini aniklash boskichlari, xisobot topshirish va to'lov muddati.
Foyda solig’ini to'lovchilar, chet el investisiyalari katnashgan korxonalardan tashkari o'zlari xisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shaklda chorak va yillik moliyaviy xisobotlarni taqdim qilish muddatlarida o'sib boruvchi yakun bilan foyda solig’i bo'yicha xisob-kitoblarni taqdim kiladilar. Chet el investitsiyalari katnashgan korxonalar soliq ro'yxatiga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga o'sib boruvchi yakun foydaga solinadigan soliq bo'yicha xisob-kitoblarni, xar chorakda xisobot oyidan keyin keluvchi oyning 25 sanasidan kechikmagan xolda, yil bo'yicha esa - chorak va yillik moliyaviy xisobotlarni takdim kilish muddatlarida topshiradilar.) Xaqiqatda olingan foyda dan kelib chiqib xisoblangan foyda solig’i summasini to'lovchilar choraklik va yillik moliyaviy xisobot taqdim etish uchun belgilangan besh kun davomida byudjet daromadiga o'tkazadilar.
Bunda joriy to'lovlarning xisoblab yozilgan summalari tegishli davr uchun xisoblab yozilgan soliq xisobiga qabul qilinadi.
Foyda solig’ining ortiqcha to'langan summalari bo'lg'usi to'lovlar xisobiga kiritiladi yoki to'lovchining yozma arizasi olingan kundan boshlab o'ttiz kun ichida soliq organi tomonidan unga qaytariladi (soliqlar va yig'imlar bo'yicha qarzlar mavjud bo'lmagan taqdirda).
To'lovlarning byudjetga to'lik tushishini ta’minlash maqsadida korxonalar to'lov muddati kelguniga qadar soliqni byudjetga o'tkazish uchun tegishli bank muassasalariga to'lov topshiriqnomasini topshirishlari shart. Ko'rsatilgan to'lov topshiriqnomalarini bank muassasalari ijro etishga (to'lashga), xisob-kitob (joriy) varag'ining xolatidan qat’iy nazar,qabul qiladilar.
Foyda solig’ini to'lov manbasida ushlab qolishni quyidagi yuridik shaxslar amalga oshirishi shart:
rezident xisoblangan yuridik shaxslarga dividendlar va foizlar to'laydigan;
norezident yuridik shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Solik kodeksining 30-moddasiga muvofiq to'lovlarni amalga oshiradigan.
Foyda solig’ini ushlab kolish va byudjetga o'tkazish uchun daromad to'lovchi yuridik shaxs javobgardir.
Soliq summasi ushlab kolinmaganda daromad to'lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog'lik jarima va penyalarni byudjetga to'lashi shart.
Yuridik shaxslarning foyda solig’ini to'lovchilar O'zbekiston Respublikasining amaldagi konun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar .

  1. «O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeks. Rasmiy nashr. T.: “Adolat”, 2019 .

  2. O’zbekiston Respublika Prezidentining 2017 yil 24 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichilari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PK -1449 sonli qarorining 8,18,19- ilovalari. “Soliq to’lovchining jurnali” 2018 yil yanvar.

  3. Jo’rayev A va boshqa lar. Soliqlar va Soliqka tortish. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2019.

Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling