Reja: Frazeologizmlarning asosiy morfologik belgilari: a ot


Download 117.11 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi117.11 Kb.
#1165248
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Frazeologizmlarning asosiy morfologik belgilari a ot


O’zbek tilida frazeologizmlarning grammatik xususiyatlari
REJA:
1. Frazeologizmlarning asosiy morfologik belgilari: a) ot
frazeologizmlar; b) atoqli otlar ishtirok etgan
frazeologizmlar; d) kishi a’zolarining nomlari (somatizmlar)
ishtirokida tuzilgan frazeologizmlar; e) fe’l frazeologizmlar;
f) boshqa so’z turkumlari ishtirok etgan frazeologizmlar.
2. Fe’l frazeologizmlarda o’timli-o’timsizlik, mayl, nisbat va
zamon kategoriyalari.
3. Frazeologizmlarning asosiy sintaktik belgilari: a) so’zga teng
frazeologizmlar; b) so’z birikmasiga teng frazeologizmlar;
d) gapga teng frazeologizmlar.
4. Frazeologizmlarning sintaktik vazifalari

Frazeologik birlik yoki frazema, ibora kelib chiqish jihatidan juda qadimiy bo‘lsa-da, frazeologiya (iborashunoslik) fani tarixi bir necha yuz yilni o‘z ichiga oladi. Rus tilshunosligida Frazeologik birlik lar bilan tadqiqotchilar XVIII asrdan boshlab shug‘ullanib kelishmoqda. Jumladan, M.V.Lomonosov rus adabiy tili lug‘ati rejasini tuzar ekan, bunda so‘zlar bilan bir qatorda “xalq (Rossiya) maqollari”, ”frazeslar” va “idiomatizmlar” o‘z ifodasini topishi lozimligini alohida ta’kidlagan edi. XX asrning 60-80-yillariga kelib frazeologiya chet el tilshunosligida bo‘lganidek, o‘zbek tilshunosligida ham tez sur’atlar bilan o‘sdi.


Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotchisi, shubhasiz, shveysar-fransuz tilshunosi Sharl Balli (1865-1947) hisoblanadi. U o‘zining “Stilistika ocherki”(1905) va “Fransuz stilistikasi” (1909) nomli asarlariga so‘z birlashmalari, ya’ni frazeologizmlarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan edi. U frazeologik birlashmalarning tashqi va ichki belgilarini birbiridan farqlagan edi. Uning ta’limotiga ko‘ra, bunday birlashmalarning struktural xususiyatlari tashqi belgilari, semantik tabiati esa uning ichki belgilari sanaladi. Frazeologiya asosan frazeologik birlashmalarning semantik tabiatini, ichki belgilarini o‘rganish bilan shug‘ullanishi lozim
TURKIY TILLAR FRAZEOLOGIYASINI O‘RGANISH MASALALARI.

Download 117.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling