Reja: galvanik elementlar. Galvanik element xossalari. II
Download 118.56 Kb.
|
Reja galvanik elementlar. Galvanik element xossalari. II
1.2 Elektr yurutuvchi kuch.
Elektr yurituvchi kuch — (EYUK) oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potensial) kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik. Oʻtkazgichdan tok oʻtishi uchun unda elektr maydon hosil qilinib saqlanadi. Buning uchun tok manbai yordamida oʻgkazgich uchlarida potensiallar farqi (φ1-φ2)uzluksiz tiklab turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni oʻtkazgichning kichik potensial φ2li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potensial φ, li uchiga uzluksiz keltirib turish zarurligini anglatadi. Demak, zaryadlarning berk yoʻl boʻylab harakati vujudga keladi. Bunda faqat elektrostatik (ichki) kuchlarning oʻzi yetarli emas, chunki bu kuchlarning zaryadlarni berk kontur boʻylab koʻchirishda bajargan ishi nolga teng . Demak, berk konturda zaryadlar oqimini taʼminlash uchun noelektrostatik (tashqi) kuchlar mavjud boʻlishi kerak. Tashqi kuchlar Kulon kuchlaridan (qarang Kulon qonuni) farq qilib, turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, aksincha ularning ajralishini yuzaga keltiradi va toʻgʻri chiziq uchlarida potensiallar farqini birday saqlab turadi. Tashqi kuchlarning taʼsiri Elektr yurituvchi kuchk. bilan ifodalanadi. Tashqi quchlarning birlik musbat zaryadni berk zanjir boʻylab koʻchirishda bajargan ishi (ye = $ YE’d.1 oʻlchanadigan ye kattalik) e.yu.k., tok manbai e.yu.k. manbai deb ataladi, bunda YE’— tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydoni kuchlanganligi, d1— kontur elementi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, e.yu.k. tashqi quchlar taʼsirida tok zanjiriga kiritilgan energiya ekan. Mas, galvanik element va akkumulyatorlar, oʻzgarmas tok generatorlari, yarimoʻtkazgichli termoelementlar, fotoelementlar va boshqalar elektr manbai boʻla oladi. Elektr yurituvchi kuchk. voltlarda oʻlchanadi. Standart elektr yurituvchi kuch formulasi: E°=(RT/zF)lnKa Elektr yurituvchi kuch - tashqi kuchlar zaryadlarni ko’chirish uchun ma’lum ish bajaradi. Galvanik element elektrodlari orasidagi potensiallarning maksimal farqi elektr yurituvchi kuch deb ataladi. Elektr yurituvchu kuch shunday kuch hisoblanadiki u 2 ta nuqtada ta’sir kо’rsatib, tokni о’tishiga undaydi. Elektr tokini hosil bо’lishining eng muhim sababi elekr yurituvchi kuch hisoblanadi. Elektr yurituvchi kuch о’lchovi sifatida tegib turgan jismlar potensiallarining farqi olinadi. Agar ikki bir xil metall plastinkalari о’zlarining bir xil tarkibli, lekin har hil konsentratsiyalari eritmalariga tushirilganda ham elektr yurituvchi kuch yuzaga keladi. O’zgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya manbalarida tashqi kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik hisoblanadi. O’tkazgichdan tok o’tishi uchun unda elektr maydon hosil qilinadi va saqlanadi. Bu uchun tok manbai yordamida o’tkazgich uchlarida potensiallar farqi (φ1-φ2) uzilmasdan turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni o’tkazgichning kichik potensial φ2 li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potensial φ1 li uchiga uzluksiz keltirib turish kerekligini ko’rsatadi. Zaryadlarning yopiq yo’ldagi harakati paydo bo’ladi. Bunda faqat elektrostatik kuchlarning o’zi yetarli bo’lmaydi, sababi kuchlarning zaryadlarni yopiq kontur bo’ylab ko’chirishda bajargan ishi nolga teng. Yopiq konturda zaryadlar oqimini taʼminlash uchun noelektrostatik kuchlar bo’lishi lozim. Tashqi kuchlar turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, ularning ajralishini yuzaga keltiradi va to’g’ri chiziq uchlarida potensiallar farqini birdek saqlab turadi. Tashqi kuchlarning taʼsiri Elektr yurituvchi kuch bilan ifodalanadi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, elektr yurituvchi kuch tashqi kuchlar taʼsirida tok zanjiriga kiritilgan energiya hisoblanadi. Elektr yurituvchi kuch voltlarda o’lchanadi. Elektr yurituvchi kuch (EYUK- ε ) deyiladi Tokning muntazam oqib turishi uchun zanjirning ma’lum sohalariga yoki butun zanjirga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar zarur ekan. Ularni ximiyaviy protsesslar, bir jinsli bo’lmagan muhitda yoki har xil turdagi ikki xil modda chegarasida zaryad tashuvchilarining diffuziyasi, o’zgaruvchan magnit maydonlari hosil qiladigan elektr maydonlari va x.k. vujudga keltirish mumkin. Tashqi kuchlarning birlik zaryad ustida bajargan ishiga teng bo’lgan kattalik zanjirdagi yoki uning bir qismidagi elektr yurituvchi kuch (EYUK- ε ) deyiladi. Download 118.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling