Reja: G’arb Alkimyosi


Download 54 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi54 Kb.
#1730893
Bog'liq
G\'arb Alkimyosi presentation


G’arb Alkimyosi
Reja:
1.G’arb Alkimyosi
3.Rojer Bekon
4.Arnoldo da Villanova
2.Albertus Magnus
1.G’arb Alkimyosi
Yevropa Davlatlari, ayniqsa Janubiy Yevropada joylashgan mamlakatlar Vizantiya va arab dunyosi bilan yaqindan aloqada bo’lishgan. 1096-yilda bu ish birinchi salb yurushlari boshlangandan keyin avjiga chiqdi; nasroniylar arablardan ular bosib olgan yerlarini qayta zabt eta boshladilar. 1099-yilda nasroniylar Ierusalim (Quddus Sharif) ni ishg’ol qildilar. Ikki yuz yil davomida Suriya bo’ylarida yashagan nasroniylar Yevropa mamlakatlariga arab fanining yutuq va yangiliklarini olib kela boshladilar. Yevropaliklar arablarning boy kutubxonasi borligini va unda barcha yunon faylasuf va olimlari asarlarining tarjimasi, ularga yozilgan sharhlar va sharq allomalarining asarlari saqlanayotganligini bilishgach arablarning qattiq qarshiliklariga qaramasdan bu asarlarni tortib olishdi va lotin tiliga tarjima qilishdi.

Bu ishlarga koinot xaritasi va gidravlik blok ixtirochisi fransuz olimi kohin Gerbert Orilyak boshchilik qiladi. Chesterlik ingliz olimi Robert ham 1144-yilda arab ilmiy adabiyotlarini lotin tiliga tarjima qilishni boshladi. Italiyalik olim Gerard Kremonskiy zamondoshlari tomonidan eng yaxshi tarjimon sifatida tan olindi. O’z umrining asosiy qismini 1085-yilda nasroniylar arablardan qayta tortib olgan Ispaniyaning Toledo shahrida o’tkazgan bu olim arabchadan lotin tiliga 92 ta risolani tarjima qildi. Yevropa olimlari orasida birinchi alkimyogar Albertus Magnus nomi bilan mashhur bo’lgan Albert Bolshtedskiy bo’lib, u Paviya, Padue va Bolonya unversitetlarida ta’lim olgan va Aristotel asarlarini chuqur o’rgangan.


2.Albertus Magnus

Uning alkimyogar sifatida yozgan asarlari “Alkimyo haqida”, “ Metallar va minerallar haqida”, “O’simliklar haqida” nomlangan bo’lib Yevropa alkimyosi rivojida muhim rol o’ynadi, olim o’z ilmiy maktabiga ega bo’ldi. Buyuk Albertning alkimyoga bo’lgan qiziqishi shogirdi F. Akvinskiyga ham o’tadi. F. Akvinskiy faylasuf va ilohiyotchi, nasroniy aristitalizmi ta’limoti asoschisi. U tabiiy borliq va inson aql-idrokining nisbiy mustaqilligini e’tirof qiladi va “Agar alkimyogarlar teyyorlagan oltin va kumush tabiat yaratgan oltin va kumushdan farq qilsa, ularni sotish yoki ular bilan savdo qilish insofdan emas. Tabiiy xususiyatlariga koʻra asl oltin va kumush o’zlarining qo'llanish sohalariga ega, ammo alkimyogarlar olgan oltin va kumush bu talablarga javob bermaydi”, -deb yozdi. Oltin va kumushning simob bilan qotishmasini F. Akvinskiy amalgam deb atagan.

Rojer Bekon (1214-1294 yy) mashhur Yevropa alkimyogari Albert Bolshtedskiyning zamondoshi, ingliz faylasuf olimi va tabiatshunosi, Somerset grafligidagi Ilchesterda tug'ulgan rohib o'zining “Alkimyo ko’zgusi” kitobida barcha murakkab tarkibli metallar va boshqa minerallar simob va oltingugurt birikmalaridan hosil boʻlgan deb yozdi. Olim alkimyoni quydagicha ta’riflaydi:”Alkimyo shunday fanki, u ko'rsatgan usul bilan olingan ayrim vosita, eliksir arzon metall yoki shakillanmagan birikmaga ta'sir etilsa, unga tegishi bilan nodir metall yoki asl moddaga aylantiradi”. R.Bekon fikricha, eleksir tayyorlash uchun “dastlabki substansiya” uch bosqichda o'zgarishi kerak: -nigredo (qora bosqich) -albedo (oq bosqich, bunda jarayon natijasida kichik eliksir hosil bo'lib, metallarni kumushga aylantiradi) -rubedo (qizil bosqich, bu bosqichda asosiy mahsulot buyuk eliksir-magisteriya hosil boʻladi).


3.Rojer Bekon.

R. Bekon falsafiy tosh tayyorlash sirini oshkor qilmagani uchun fransiskanchilar ordeni rahbarlari 1257-yilda olimni hibsga olishadi va 10 yillik mahbuslikdan keyin papa Klement IV yordamida ozod qilinadi. 1278- yilda qayta hibsga olinib, 14 yil bir kishilik kamerada o’tiradi.1292- yilda ozodlikka chiqqan R. Bekon 2 yildan keyin vafot etadi. Raymund Lulliy (1236-1315 yy) ispaniyalik o'rta asr alkimyogari va shifokori o'zining har taraflama chuqur bilimi bilan “eng ma'rifatli ustoz” nomini olgan. U metallar transmutatsiyasi va falsafiy tosh yaratish borasida amaliy ishlar olib borganligi va inglizlarning qiroli Eduard II uchun oltin tayyorlab berganligini e'tirof etadi.

4.Arnoldo da Villanova. Arnoldo da Villanova (1250-1313 yy) -kataloniyalik hakim va alkimyogar. Uning “Vinolar haqida”, “ Zaharlar”, “Taryoq dozlari” va “Faylasuflar chamanzori” asarlari turli o'simliklardan tayyorlangan dorivirlar va zaharlarni o'rganish va tibbiyotda qo'llashga bag’ishlangan.A Villanova falsafiy tosh olish ustida ishlagan va uning retseplarini yozib qoldirgan. Ammo olimlar uning o'ziga ham, asarlariga ham shubha bilan qarashgan. Afsungar alkimyogarlar o'z fanlarining vazifasini yetti soni bilan belgilashgan: 1.Eliksir va falsafiy tosh olish 2.Gommukulus ( insonga o’xshash jonzod) yaratish 3.Alkagest- universal erituvchi tayyorlash 4.Paligenez, kuldan yondirilgan o'simliklarni tiklash

5.Afsungar substansiya- dunyoviy ruh olish, uning eng asosiy xossalaridan biri oltinni eritishi 6.Kuintessensiyani ajratib olish 7.Davolash uchun mukammal vosita-suyuq oltin (ya'ni oltinning qizil kolloid eritmasi) ni tayyorlash.Olim o'rta asr alkimyigarlarining eng sermahsul ishlagani XVI asrda yashab o'tgan va ijod qilgan, ammo u katolik cherkovi tazyiqidan qo'rqib o'z nomini yashirgan va asarlariga Jobir deb imzo chekkan. Psevdo Jobir bugungi kimyoning eng zarur birikmalaridan bo'lgan sulfat kislotasi va nitrat kislotani tavsiflagan, ularni minerallardan olish mumkinligini isbotlagan. Foydalanilgan Adabiyotlar: 1.B.B.Umarov, T. N. Niyazxanov “Kimyo Tarixi” Kitobi 2.G.A.Nuraliyeva, Sh. A. Kadirova, Y. E. Ibragimova “Kimyo Tarixi”


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling