Reja; Gazlama bilan ishlash xonasida texnika xavfsizligining asosiy qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari


Igna, to‘g‘nag‘ich, qaychi bilan ishlash texnika xavfsizligi qoidalari


Download 199 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1493988
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza TIKUVCHILIK MATERIALSHUNOSLIGI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Igna, to‘g‘nag‘ich, qaychi bilan ishlash texnika xavfsizligi qoidalari:
1. Igna va to‘g‘nag‘ichlar maxsus idish va yostiqchalarda saqlanadi.
2. Buyumni angishvona yordamida tikish kerak.
3. Igna siniqlarini atrofga tashlamaslik kerak.
4. Qaychi, ignalarning o‘lchamlari tikilayotgan tikuvchilik
buyumiga mos bo‘l ishi lozim.
5. Qaychini maxsus idishda saqlang.
6. Qaychini o‘quvchilar bir-biriga uzatishda otmaslik, uchini uzatilayotgan o‘quvchiga qaratmaslik kerak.Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalari:
1. Ish o‘rniga yorug‘lik old yoki chap tomondan tushishi lozim.
2. O‘rindiqni mashina ignasining to‘g‘risiga qo‘yib, boshni sal oldinga egib o‘tirish kerak.
3. Tikuvchi bilan mashina stoli orasi 10–15 sm bo‘lishi lozim.
4. Sochlar ro‘mol ostiga yig‘ishtirilgan bo‘lishi kerak.
5. Mashinalar, asbob-uskunalarning yaroqliligini tekshirib turish ke rak.
6. Mashinada ishlayotganda qo‘l holatining to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.
7. Ishlayotgan mashinani moylash, ustidan narsalarni uzatish mumkin emas.
O‘simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xusu siyatlari. Tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalar tabiiy va kimyoviy tolali bo‘ladi. Tabiiy tolali gazlamalarga paxta, zig‘ir, jun, ipak tolalaridan olinadigan gazlamalar kiradi.Paxta namni tez shimadi va tez quriydi. Yorug‘lik ta’sirida paxta pishiqligini asta-sekin yo‘qotadi. +150°C da dazmollaganda quruq paxta tolalari o‘zgarmaydi, harorat bundan oshganda biroz sarg‘ayadi, qo‘ng‘ir tusga kiradi va +250°C da ko‘mirga aylanadi. Paxta tolalari sarg‘ish alanga berib yonadi, kulrang kul hosil qiladi. Paxta tolali gazlamalar kuydirilganda kuygan qog‘oz hidi keladi.
Zig‘ir tolasi paxtaga qaraganda ancha qattiq bo‘ladi. Zig‘ir tolali mato paxtaniki kabi namni tez shimadi va tez quriydi, issiq ni yaxshi o‘tkazadi, paypaslab ko‘rilganda qo‘lga sovuq unnaydi. Qizigan dazmol ta’siriga yaxshi chidaydi, xuddi paxtaga o‘xshab yona di.
P axta va zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalarning xususiyatlari. Paxta tolasidan to‘qilgan ip gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo‘ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, havoni yaxshi o‘tkazadigan, oson yuviladigan bo‘ladi. Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo‘ylama ipi bo‘yicha kirishadi, tez g‘ijimlanadi va yaxshi dazmollanadi.
Zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalar paxta tolasidan to‘qilgan ip gazlamalarga qaraganda chidamliroq, ular bo‘ylama va ko‘ndalang ipi bo‘yicha kam cho‘ziladi, qattiq, og‘ir va qalinroq bo‘ladi. Zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalarning usti silliq, sitiluvchan bo‘ladi, tez g‘ijimlanadi va oson dazmollanadi.
Paxta tolasidan buyumlarni tik ishda qo‘llaniladigan iplar ham tayyorlanadi (17-rasm). Iplar bir necha turlarga bo‘linadi:
mashina ipi, bezak ipi, tikiladigan iplar (ipak va mulina), to‘qish iplari. Mashina ipi bilan kiyimlar tikish mumkin. Mashina iplari: oddiy va ipakli, kapronli, lavsanli iplardir. Bir qancha tolalardan ip tayyorlanadi. Tolalar maxsus mashinalarda yigiriladi, oqartiriladi, bo‘yaladi, kraxmallanadi va g‘altaklarga o‘raladi.
Bizning sanoatimizda 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 100 va 120 raqamli iplar ishlab chiqariladi, ipning nomeri oshgan sari o‘zi ingichkalashadi. G‘altakka o‘ralgan iplarning uzunligi 200, 500, 1000 metr gacha yetadi. Ular oq, qora va rangli bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra sur, jilosiz, yaltiroq iplarga bo‘linadi.
Tikuv mashinalarida mashina tanasi 2 (2.2-1- rasm), mashina tanasining tayanchi 4 va platforma 5 bo’ladi. Shu uchala qism birgalikda mashinaning bosh qismi deb ataladi. Mashina tanasi 2 ning chap tomonida old qismi 1 bor. Elektr dvigateldagi aylanma harakat maxovik g’ildirak 3 ga o’zatiladi. Tana tayanchi 4 bilan ignaning harakat chizig’igacha bo’lgan oraliqqa mashinaning qulochi deyiladi. Bu oralik ignadan o’ng tomonda mashina platformasining ustiga joylanishi mumkin bo’lgan buyum gabaritiga qarab aniqlanadi.
Moki baxya hosil qilish uchun har bir tikuv mashinasida quyidagn asosiy ish organlari bo’ladi:
igna — gazlamani teshib undan ustki ipni o’tkazadi va halqa (solqi) hosil qiladi;
moki — ignadagi halqani ilib, uni kengaytiradi-da, naycha atrofidan aylantirib, yuqori va ostki iplarni chalishtiradi;
ip tortkich — ignaga, mokiga ip o’zatib beradi, baxyani tortadi, bobinadan ipni tortib tushiradi;
gazlamani surish mexanizmi (reyka) — gazlamani baxya yirikligiga surishga xizmat qiladi;
tepki — gazlamani igna plastinkasiga va reykaga bosib, gazlamani surishga yordamlashadi.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling