Reja Geografiya ta’limida og‘zaki metodning tutgan o‘rni


Geografiya ta’limida suhbat, ma’ruza va o‘qib berish usullaridan foydalanish


Download 36.95 Kb.
bet4/5
Sana09.10.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1696676
1   2   3   4   5
Bog'liq
5. O’qitish metodlari.

Geografiya ta’limida suhbat, ma’ruza va o‘qib berish usullaridan foydalanish

Suhbat - ta’lim metodi sifatida o‘quv materialini egallashning savol-javob shaklidir. Bunda asosiy o‘rinni o‘qituvchi savoli va o‘quvchi javobi egallaydi. Ba’zi hollarda (juda siyrak) o‘quvchi savoli va o‘qituvchi javobi ham uchraydi. Suhbat jarayonida o‘quvchilar tushunmaganlarini o‘qituvchidan so‘rashlari mumkin. Ba’zilar suhbat metodini savol-javob metodi bilan chalkashtiradilar. Ayni paytda ularning har ikkisi deyarli mazmunan bir xil metoddir. Bu metodning bosh talabi - mukammal o‘ylangan savollar va o‘quvchilar qaytarishi mumkin bo‘lgan javoblarining puxta tizimidir. Savol aniq bo‘lishi, ya’ni o‘quvchilar suhbat nima ustida borayotganini hamisha tushunishlari kerak. O‘qituvchi suhbat paytida o‘quvchilar fikrini o‘rganiladigan geografik ob’ekt va hodisalarining asosiy belgilariga yunaltiradi va ularning bilish faoliyatlarini boshqarib boradi. Mavzu e’lon qilingandan keyin savollar o‘rtaga tashlanadi, suhbat mantikiy qismlarga bo‘linadi,o‘qituvchi o‘quvchilar javobini tinglaydi, ularning javobidagi xatolarini tuzatadi va to‘ldiradi. Shundan sung o‘quvchilarni yakun yasashga undaydi. O‘quvchilarni savollarni to‘g‘ri berishga o‘rgatish kerak. Savollarni to‘g‘ri tuzish va berishning o‘zi san’at ekanligini doimo uktirish lozim. Savol berilayotganda o‘quvchilar qaytaradigan javoblar turlicha bo‘lishini nazarda to‘tish kerak. Buni bilgan o‘qituvchi oldindan bir qator yordamchi, tuzatuvchi savollarni tayyorlab kuyadi.
Suhbat hamisha savollar tizimidir. Unda hamma narsa o‘zaro bog‘liq va asosiy g‘oyaga buysundirilgandir. Savol shakl jihatidan aniq va ravshan bo’lishi kerak. Suhbatda tushunish qiyin bo‘lgan atamalarni, murakkab iboralarni kiritish, savollarni takrorlayverish yaramaydi. Suhbat jarayonida turli xil ko‘rsatmali qurollardan foydalanish zarur, bu o‘quvchilar faolligini oshirishga yordam beradi. Suhbatni uyushtirish ancha murakkab vazifa bo‘lib, o‘qituvchidan pedagogik maxorat talab qiladi. Suhbat metodining yana eng muhim afzalligi shundaki, bu usulda yangi materialni o‘rganish bilan bir vaqtda o‘quvchilar bilimini aniqlash mumkin bo‘ladi. Suhbat o‘quvchilarni turli bilim manbalari karta, globus, gerbariylar, kolma’ruzalar bilan ishlashga o‘rgatadi. Suhbat metodini murakkab mavzularini o‘rganishda qo‘llash qiyin, chunki o‘quvchilarda bu borada tayanch bilim kam. Eng muhimi suhbatning yaxshi chiqishi uchun o‘quvchilarda tayanch bilimlarning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq. Suhbat ya’ni savol-javob savollari mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni o‘zlashtirishga oid savollar? Masalan: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi necha metr? U qaysi tog‘ tizimida joylashgan? Globusni kim kashf etgan? Jamolungma cho‘qqisini birinchi kashf qilgan sayoxni ayting? va boshqalar.
2. Kartani bilish va o‘qib olishga oid savollar. Masalan, Toshkentdan shimoliy va janubiy kutbgacha masofalarini daraja va km hisobida ayting. Karta yordamida Adir zonasiga ta’rif bering.
3. Kartalardagi ob’ektlarni ta’riflay olish tarzidagi savollar? Masalan: Samarkand va Toshkent shaharlari geografik o‘rnini kiyoslang.
4. Sabab aloqadorlik, qonuniyatlarini o‘zlashtirishga qaratilgan tarzdagi savol-javoblar. Masalan: Nima sababdan yosh tog‘larda zilzilalar ko‘p bo‘ladi? Nima sababdan chukindi foydali kazilmalar tekisliklarda ko‘proq uchraydi va boshqalar. Har bir yangi mavzuni o‘tishdan oldin o‘quvchilarga havola etilishi mo‘ljallangan savollar tayyorlab kuyilishi kerak. Ayniqsa ish faoliyatini endi boshlayotgan o‘qituvchilar bu koidagi nihoyatda amal qilishlari zarur. Chunki dars va suhbat jarayonida bunday mazmundagi savollarni bevosita tuzish va o‘quvchilar diqqatiga havola qilish ancha murakkab masaladir. Qo‘yiladigan savollar mantikiga ko‘ra suhbat metodi 2 turga bo‘linadi:
1. Savol-javob suhbati . Bunda o‘qituvchi savollar kuyadi, o‘quvchilar unga esa qisqa javob qaytaradilar. Savol-javob orqali dalillar va geografik ob’ektlarning joylashishi haqidagi bilimlar aniqlanadi. Bu usulda o‘quvchilarning ilgari olgan bilimlari takrorlanadi. Masalan, Yevropa bilan Osiyo, Yevroosiyo bilan Afrika o‘rtasidagi chegaralar qaerlardan o‘tadi?
2. Keng ko‘lamdagi evristik suhbat. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyati ustidan nazorat qiladi. Ular diqqati geografik ob’ekt va hodisalarning eng muhim belgilarini aniqlashga va mustaqil xulosalar chiqarishga qaratiladi. Savollar shunday kuyilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni ifodalashi va shu fikrni davom ettirishi kerak. Yoki qo‘yilgan savollar o‘zuk-yuluk bo‘lmay birinchisi ikkinchisini, ikkinchisi esa uchinchi savolni to‘ldirishi maqsadga muvofiq. Savol-javoblarning keng ko‘lamda uyushtirilishi o‘quvchilarda faol fikrlash jarayonini rivojlantiradi.
O‘zbekiston iqlimi mavzusida iqlim kartasi asosida bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi savollarni berish va unga javob talab qilish mumkin.

  1. O‘zbekistoning SHimoliy va Janubiy qismida yozda havo harorati qanday bo‘ladi?

2. Shu joylarda kish harorati-chi?
3. O‘zbekiston shimoliy va janubiy qismlarida havo haroratining yillik amplitudasi qanday?
4. Yillik amplitudaning bunday farqlanishiga sabab nima?
5. O‘zbekiston shimoli va janubida yog‘inlarning taqsimlanishi qanday?
6.Yog‘inlarning bunday farqlanishiga sabab nima?
7.Sovuk kunlar O‘zbekiston shimoli va janubida qancha vaqt davom etadi?
Keng ko‘lamdagi bunday suhbat asosan yangi bilimlarni o‘rganishda va yakuniy takrorlashda ko‘proq qo‘llaniladi. Suhbatda bir necha tipdagi savollar qo‘llaniladi:
a) O‘quvchilardagi mavjud bilimlarni aniqlash savollari;
b) Karta, ko‘rgazmali qurollar, statistik materiallar asosida yangi
bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan savollar;
c) Taqqoslash orqali geografik voqea va hodisalarning sabab-oqibat-
larini bilishga qaratilgan savollar va boshqalar;
Geografiya ta’limida karta asosida uyushtiriladigan suhbat keng qo‘llaniladi. Suhbat metodini didaktik maqsadiga ko‘ra 3 ta turga ajratish mumkin.
1. Tushuntirish yoki kirish suhbati. Yangi materialni o‘rganishda qo‘llaniladi va o‘quvchilardagi mavjud bilimlarga tayangan holda uyushtiriladi. O‘quvchilar ob’ekt va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni mustaqil aniqlashdan iborat bo‘lgan vazifalarni bajaradi. O‘quvchilarga karta va boshqa ko‘rsatmali vositalar asosida savollar beriladi. Savol vositasida yangi material eski materiallar bilan bog‘lanadi. Masalan, Afrika iqlimini o‘tishda o‘quvchilar 5-sinfda egallagan tushunchaga tayanib, iqlimga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlaydi.
2. Nazorat suhbati. O‘quvchilar ekskursiya va kezishlardan (poxod) keyin geografik materialni yoki sinfda so‘zlab berilganlarni qanchalik to‘g‘ri o‘zlashtirganliklarini hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni qanday egallaganliklarini aniqlashda qo‘llaniladi.
3. Umumlashtiruvchi suhbat. Bu turdagi suhbatni uyushtirishdan asosiy maqsad o‘quvchilarni xulosa chiqarishga o‘rgatishdan iborat. Bunda o‘quvchilarning geografik taassuroti va bilimlari tartibga solinadi. Yakunlovchi suhbat yirik mavzular, qismlar, bilimlar utib bo‘lingandan keyin qo‘llaniladi. Suhbat turlari o‘quvchilarning tayyorgarligiga qarab o‘zgarib turishi ham mumkin. Geografiya ta’limining dastlabki bosqichlarida suhbat oddiy, kam sonli va qisqa javob talab qiluvchi savollardan iborat bo‘ladi. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanishi va mustaqilligi oshishi bilan suhbat metod sifatida takomillashadi. Geografiya o‘qitishda suhbatning yaxshi chiqishi uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq.
1. Savol shakl jihatidan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. U butun sinfga
tushunarli bo‘lishi uchun jumlalar aniq tuzilishi lozim. Qiyin atamalar va murakkab iboralarni kiritish yaramaydi. Berilgan savol muayyan javob talab qilishi kerak. Masalan, urmonda o‘simliklardan nimalarni kurdingiz deb emas, balki siz urmonda qandaydaraxt turlarini uchratdingiz, deb kuyilishi maqsadga muvofiq.
2. O‘quvchi javoblari aniq va ravshan bo‘lish kerak . Javob muayyan reja asosida bo‘lishi zarur. Eng muhimi, qanday vositalardan foydalanib, nimani isbotlayotganligi yoki tushuntirayotganligini o‘quvchi anglashi zarur.
3. Qo‘shaloq savol berishdan saqlanish kerak. Masalan, siz tekislikda
oqadigan daryolarni bilasizmi va ular qay jihatdan tog‘ daryolaridan farq qiladi? Yoki O‘zbekistonlik sayoxlardan kimlar va qanday qilib Jamolungma cho‘qqisini zabt qildi? va boshqalar. Agar savol juda qisqa bo‘lsa ko‘shalok savol berish mumkin.
4. Savollarga keraksiz, ortiqcha so‘z va jumlalar kiritmaslik lozim. Masalan: endi ko‘raylikchi, kim javob berar ekan, "demak","ya’ni", so‘zlarini keragidan ortiqcha ishlatmaslik zarur.
5. Javobi chalkashib ketadigan tarzdagi savollar bermaslik kerak. Masalan: Kuzatuvchi yuqoriga kutarilgan sari ufq chizigi kengayadimi? Bu savolni kuzatuvchi yuqoriga kutarilganda ufq kay holda o‘zgaradi? shaklida havola qilgan va tuzgan ma’ko‘l.
6. G‘oyat murakkab va g‘oyat uzun javob berishni talab qiladigan og‘ir savollar tuzmaslik zarur.
7. Ha yoki yo‘q deb javob qaytarish talab qilinadigan savol bo‘lmasligi kerak .Masalan: Volga Kaspiyga qo‘yiladimi? va boshqalar.
8. Har xil javob berilish mumkin bo‘lgan noaniq savollar berishdan kochish kerak. Masalan: Sel paytida nima bo‘ladi? Tuman bo‘lganda nimalar bo‘ladi?
9. Muhokama (diskussiya) talab etadigan savollar puxta o‘ylab o‘rtaga tashlanishi kerak. Masalan: Orol ko‘li yana o‘z holiga kaytishi mumkinmi? yoki Orol butunlay kurisa nima bo‘ladi? va boshqalar.
10. Savollar ma’noli, grammatik jihatdan to‘g‘ri, sodda tilda, tushunarli qilib ifoda etilishi kerak.
Savollar o‘quvchidan o‘ylab ko‘rish, muhokama qilishni talab etadigan qilib tuzilishi zarur. Savollarni tuzish uchun ko‘p vaqt ketishligi bu metodning kamchiligi hisoblanadi. Suhbat metodi asosida o‘rganiladigan mavzuning bir necha qismga bo‘lib o‘rganilishi oqibatda o‘quvchilarning xotirasida uning bir butunligi yo‘qolishi mumkin. Biroq bu kamchilikni yakunlovchi suhbatda bartaraf qilsa bo‘ladi. Bilimlarni egallash shakli sifatida suhbat o‘quv jarayonida turli o‘rinni egallashi mumkin: dars boshida tayyorgarlik va yangi materialni o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifani tekshirish, e’tiborini to‘plash vositasi bo‘lishi, tushuntirish jarayonida yangi materialni o‘rganilgan bilimlar bilan bog‘lash, dars yakunida o‘rganiladigan koidalar va ta’riflarni mustahkamlash metodi, yakun sifatida foydalanish mumkin. Suhbat boshqa metodlar bilan bog‘langan bo‘lib, ularni to‘ldirib turadi. Materialni egallashning har qandayshakllarida qisqacha suhbatlardan ham foydalaniladi.
Ma’ruza deganda, mavzuni ravon, ilmiy va izchillik asosida bayon etilishiga tushuniladi. ma’ruza 30-40 minut davom qiladi. Qolgan vaqtni o‘qituvchi maslaxati va uyga vazifa egallaydi. Bu metodlarni boshqa metodlar bilan uygunlashtirilib olib borilsa, uning samarasi yuqori bo‘lishligi tajribalarda isbotlangan. Ma’ruza o‘quvchilardan o‘qituvchining biroz uzun nutqini eshitilishini talab qiladi. SHu tufayli undan yuqori sinflarda ko‘proq foydalaniladi. Ma’ruza deganda oliy o‘quv yurti o‘quvchilariga 80 minutlik, maktab o‘quvchilarga esa 30-40 minut vaqtda bayon etilishini farq qilish kerak. Ma’ruza o‘qituvchidan katta tayyorgarlik talab qiladi. U bir vaqtning o‘zida ta’lim shakli bo‘lish bilan birga o‘qitishni og‘zaki bayon metodi hamdir.
Geografiya ta’limida ma’ruza qilish, dasturning yirik boblarini o‘tganda, o‘rganilayotgan materialda nazariy bilimlar ko‘proq bo‘lsa, keng qo‘llaniladi. Ma’ruzani o‘qituvchidan tashqari ilmiy xodimlar, iqtisodchilar, jurnalistlar va boshqa mutaxasislar ham olib borishlari mumkin. Ma’ruzaga tayyorlanishda quyidagi reja asosida ish ko‘rish maqsadga
muvofiq:
1. Mavzuni tanlash va ma’ruza maqsadini aniqlash;
2. Tanlangan mavzu bo‘yicha darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan materi-allarni o‘rganish;
3. Ma’ruzaning reja ko‘chirmasini tayyorlash, unda ma’ruza vazifalari, jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, uy vazifasi belgilanishi kerak. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari shuni ko‘rsatdiki, ma’ruzani quyidagi hollarda ko‘proq qo‘llash samarali natijalar beradi:
-Oldingi material bilan oz miqdorda bog‘liq bo‘lgan yoki umuman bog‘liq bo‘lmagan yangi materialni o‘tishda;
-O‘tilgan o‘quv materialining turli bulimlarini umumlashtirishda;
-O‘rganilgan qonuniyatlarning amaliy qo‘llanilish to‘g‘risidagi o‘quvchilarga ma’lumotlar berilganda;
-Fanlararo aloqalar zarur bo‘lgan mavzular o‘rganilayotganda;
-Muammoli darslarni o‘tkazishda.
Oliy maktab ma’ruzasi konkret material ustida atroflicha nazariy muhokama yuritish uni ilmiy asosda chuqur tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat. Bunda ma’ruza materiallari tahlili va umumlashtirishlar suhbat shaklida emas, balki monolog shaklida bo‘ladi. Tahlil qilish, umumlashtirish, tartibga solish va muhokama yuritish ma’ruza metodining eng muhim tomonlarini tashkil etadi. Oliy maktab ma’ruzasi o‘zining ana shu xususiyatlari bilan ajralib turadi. Maktab ma’ruzasi faqat ajratilgan vaqtning ko‘p yoki ozligi bilan emas, balki o‘zining mazmuni, o‘qitilishi va o‘rganishning metod va usullari jihatidan ham oliy maktablardagi ma’ruzalardan farq qiladi. Uning ahamiyati shundaki, o‘quvchilarni tinglashga, asosiy narsalarni ajrata bilishga va ko‘proq ko‘chirma olishga ham o‘rgatadi.
Ma’ruza uchun nazariy bilimlar ko‘proq mujassamlangan mavzularni tanlash kerak. Bundan tashqari tanlangan material o‘zida qiziqarli faktlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi ma’ruza mavzusi bilan birga uni bayon qilish rejasini ham e’lon qiladi. Reja doskaga yozib qo‘yilsa, yana ham yaxshi, rejaning har bir bandiga alohida to‘xtalish kerak.
Maktab ma’ruzasida suhbatning ayrim ko‘rinishlari qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularning diqqatini ma’ruzani muhim tomonlariga jalb qilish maqsadida savollar berilib borilishi mumkin. Maktab ma’ruzasi materiali yakuniy suhbat bilan tugaydi. Maktab ma’ruzasi o‘quvchilar yozib ulgurishi uchun sekin o‘qiladi. Ma’ruzadagi raqamli materiallar, ayrim tushunchalar, atamalar, doskaga yozib borilishi yanadi yaxshi. O‘quvchilarni ma’ruza rejasini mustaqil tushunishga o‘rgatish kerak. O‘quvchi tuzgan ma’ruza rejalari rag‘batlantirilib borilsa, samarali natijalar berishi mumkin.
Ma’ruzani 2 usulda tashkil qilish mumkin: O‘qituvchi ma’ruzasi va olim yoki mutaxasis ma’ruzasi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki mutaxasis yoki olim o‘qigan ma’ruza o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ma’ruza jarayonida texnika vositalari, turli ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish kerak. Iqtisodiy geografiya kurslarida iqtisodiy zonalar, rivojlangan mamlakatlar, Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar, Afrika mamlakatlari, jahon iqtisodiy munosobatlari kabi juda ko‘p mavzularda ma’ruza usulini qo‘llash mumkin. Maktab ma’ruzasi quyidagi didaktik talablarga javob berishi kerak:
1. Ma’ruzaning ilmiy jihatdan mukammal bo‘lishi
2.Ma’ruza darslik mazmuniga qaraganda keng va uni ko‘p jihatdan oydinlashtiradigan bo‘lishi kerak. Agar ma’ruza mazmuni darslik mazmunidan juda qisqa yoki aynan shu mazmundan iborat bo‘lib qolsa, uni o‘quvchilar tinglamay qo‘yishlari ham mumkin.
3. Ma’ruza mazmunan ko‘rgazmali bo‘lishi
4. Ma’ruza o‘quvchilarni fikrlashga, voqea va hodisalarni tahlil qilishga, umumlashtirishga o‘rgatishi
5. Ma’ruzaning o‘quvchilarga yetib borishi uchun o‘qituvchi o‘zining nutqi
ustida ko‘p ishlashi
Savollar ma’ruza yakunida berilishi maqsadga muvofiq.

Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling