Reja: Gers vibratorlari. Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari. Kontakt hodisalari. Yarim o’tkazgich – yarimo’tkazgich chegaralarida kontakt hodisalar
Download 6.45 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi-fayllar.org
Gers vibratorining kamchiligi shundaki, induktordan vibratorga energiya uzatish chastotasi vibratorning xususiy tebranishlar chastotasidan ancha kam. Shuning uchun Gers vibratorining elektromagnit tebranishlari bir-biridan bir oz kechikib keluvchi so'nuvchi tebranishlar seriyasidan iborat bo'ladiSo'nmaydigan tebranishlar hosil qilish uchun energiyani konturning xususiy tebranishlar chastotasigateng chastota bilan avtomatik berib turish, ya'ni avtotebranishlar sistemasini hosil qilish zarur. Elektron lampa(triod)dan foydalanib, bunday avto-tebranish konturi hosil qilish mumkin bo'ladi.Gers o'z tajribalarida elektromagnit tebranishlar chastotasini 108Hz tartibgacha yetkazdi va uzunligi 10 m dan 0,6 m gacha bo'lgan to'lqinlar oldi. 1895-yilda P.N. Lebedev juda kichik vibrator ishlatib to'lqin uzunligi 6 mm ga teng bo'lgan elektromagnit to'lqinlar hosil qildi. Yana ham qisqaroq (uzunligi 0,1 mm ga yaqin) to'lqinlarni 1923-yilda A.A. Glagoleva-Arkadeva yalpi tarqatkich deb ataladigan tarqatkich yordamida hosil qildi.Yorug’lik interferensiyasi deb –ikki yoki bir nechta kogerent to’lqinlarining qo’shilishi natijasida, yorug’lik oqimining fazoda qayta taqsimlanishiga, ya'ni ba'zi joylarda maksimum va boshqa joylarda minimum intensivliklarning vujudga kelishiga aytiladi. Kogerent to’lqinlar deb-chastotalari va to’lqin uzunliklari teng xamda, fazalarning farki o’zgarmas bo’lgan to’lqinlarga aytiladi.Yorug’lik intenferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug’lik dastasi bo'lishi kerak. Lazerlar ixtiro qilinishidan oldin dasta bo'linar va so'ngra ular qo'shilib intenferension manzara olinar edi. Kogerent manbalar hosil qilishning ikkinchi - usuli bir-biriga180 ga yaqin burchak ostida o'rnatilgan 2 ta yassi ko'zgudan yorug’likning qaytishiga asoslanganYorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari Yung usuli. Birinchi bo’lib, interferensiya hodisasi kuzatilgan . S manbadan chiqayotgan yorug’lik undan bir xil uzoqlikda joylashgan S1 va S2 tirqishlarga tushadi. Aynan shu tirqishlar kogerent to’lqinlarning manbayi vazifasini o`tab, E ekranda interferensiya manzarasi kuzatiladi. Frenel ko`zgusi. S manbadan chiqayotgan yorug’lik bir-biriga nisbatan ancha kichik burchak ostida joylashgan AO va OB ko`zgularga tushadi.Download 6.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling