Reja: Global muammolarning paydo bo‘lishi
Download 38.5 Kb.
|
GLOBAL JARAYONL-
GLOBAL JARAYONLAR VA BARQAROR TARAQQIYOT REJA: 1.Global muammolarning paydo bo‘lishi. 2.Global rivojlanish modellari. 3.Zamonamizning global muammolari. Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi. Insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan oldingi shunga o‘xshash muammolardan ular shunisi bilan farq qiladiki, mazkur muammolar planetar xarakterga ega. XX arsning 40-yillardayoq K.YAspers shunday deb yozgan: «Barcha mavjud muammolar dunyo muammolari bo‘lib qoldi, vaziyat - umum insoniyatning vaziyatiga aylandi»1.Bugungi kunda dunyoda bo‘layotgan har bir hodisa, u ekologik tanglik bo‘ladimi, urushmi, ochlikmi, energetik va boshqa resurslarning kamayib ketishimi, madaniyatdagi tanglikmi yoki demografik tanglikmi bundan qat’iy nazar ular endi lokal, mahalliy, milliy muammolar bo‘lib qolmay planeta miqyosidagi global xususiyat kasb etmoqda.Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.XX asrgacha mavjud bo‘lgan muammolar hech qachon butun planeta hamjamiyatining mavjudligiga xavf solmagan. Global muammolar XX asr mahsulidir va ularning paydo bo‘lishi inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolarning paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir.Ushbu sabab, o‘z navbatida bir qator ichki sabablarga bo‘linadi: «Jamiyat-tabiat» tizimidagi qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq sabablar.Jamiyatning o‘zining ichidagi ijtimoiy tuzilmalar (individlar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar va xalqaro tuzilmalar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sabablar.Ushbu sabablarning mohiyati nimadan iborat?XX asrgacha tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish va tabiatga ta’sir ko‘rsatish lokal xususiyatga ega edi. XX asrda insonning xo‘jalik faoliyati planetar miqyoslarga ko‘tarildi. Tabiatga tushuvchi antropogen Yuklar shu qadar ko‘paydiki, ular yangi geologik kuchga aylandi (V.I.Vernadskiy). Bu kuch planetaning butun qiyofasini o‘zgartirishga, biosferada ortiga qaytmas sifat o‘zgarishlariga olib kelishga qodir. Bu o‘rinda ozon qatlamining buzilganligi yoki tropik o‘rmonlarning yo‘q qilinganligini eslashning o‘zi kifoya. Vaziyat shundayki, insonning o‘zining yashab qolishi haqidagi masala kun tartibiga qo‘yilgan. 2. Ijtimoiy rivojlanishidagi notekislik, mustamlakachilik, shuningdek, dunyo boyliklarini iste’mol qilishi va taqsimlashdagi adolatsizlik shunga olib keldiki, boy va kambag‘al mamlakatlar paydo bo‘ldi. Bu hol sobiq mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqligi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ochlik, savodsizlik kabi global muammolarni tug‘dirdiki, bu o‘z navbatida insoniyat oldiga ana shu uzilishni yo‘qotishga qaratilgan yangi tartibni yaratishdan iborat global muammoni qo‘yadi.Ijtimoiy rivojlanishdagi ana shu notekislik urushlarga ham sabab bo‘ldi. Biroq XX asrgacha davlatlar o‘rtasidagi nizolar va ularning oqibatlari lokal-mintaqaviy xususiyatga ega edi. XX asr jahon urushlarini Yuzaga keltirdi. Hozirgi qurol-yarog‘larning xususiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, uchinchi jahon urushi Yuz bergudek bo‘lsa, bo‘lsa, butun insoniyat yo‘q qilinishi masalasi paydo bo‘ladi. SHu sababli xalqlar va davlatlarning tinch-totuv yashashlari insoniyatning global muammosiga aylanib qolmoqda. Ilgari ma’lum bo‘lgan global muammolar (demografik, ekologik, oziq-ovqat va hokazo) bilan bir qatorda XX asr oxirida va XXI asr boshida global muammolar xususiyatiga ega bo‘lgan yangi xavflari Yuzaga keldi: xalqaro terrorizm, xalqaro uYushgan jinoyatchilik va boshqalar.Ana shunday o‘ziga xosliklar tufayli global muammolarni.YUNESKO homiyligi ostida K.Doych rahbarligida «Umumjahon modellari» loyihasi («Jahoniy modellashtirish muammolari. Siyosiy va ijtimoiy implikatsiyalar», 1977), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) homiyligidaJ.Lezurn rahbarlik ostida tayyorlangan «Xalqaro kelajak» loyihasi («Kelajak bilan uchrashuv: mumkin bo‘lganni amalga oshirish va ko‘zda tutilmagan hollarga tayyor bo‘lish», 1974) ishlab chiqildi.Sasseks universitetida (BuYuk Britaniya) CH.Frimen va S.Koul rahbarligi ostida 1977 yilda bajarilgan «Global modellar» «Jahon kelajagi. Katta munozaralar», G.Kan rahbarligida Gudzon institutida (AQSH) bajarilgan «YAqinlashayotgan to‘polon» (1982), Amerika ma’muriyatining buYurtmasiga ko‘ra tayyorlangan ma’ruzalar «2000 yilning global muammolari» (1980) «Global kelajak: harajat qilish vaqti» (1981), Umumjahon vaxtasi instituti tadqiqotlari va boshqalar ma’lumdir.Agar kelajakning «mumkin bo‘lgan dunyolari» ning dastlabki modellari texnokritik xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda global muammolarni echish uchun jamiyatning o‘zini ijtimoiy munosabatlarini (mintaqalararo, davlatlararo) va insonning o‘zini, uning qadriyaviy mezonlarini va kundalik xulq-atvorini mukammallashtirish zarurligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq mazkur keyinchalik paydo bo‘lgan modellarga kirib bormoqda. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan. Bu o‘tmishdagi barcha mutafakkirlar urushni xuddi shunday qabul qilgan degani emas. Erazm Rotterdamskiy, J.J.Russo, I.Kant, M.V.Lomonosov va boshqa ko‘plab mutafakkirlar urushga qanday munosabatda bo‘lganlari yaxshi ma’lum. XIX-XX asrlarda tinlik uchun kurash patsifizm, ya’ni urush va militarizm bilan bog‘liq barcha narsalarni to‘liq inkor etish tusini oldi. Ta’kidlab o‘tish zarurki, asrdan asrga urushlar tobora dahshatliroq va qirg‘in bo‘lib borgan. Evropada XVII asrda urushlarda 3 million odam halok bo‘lgan, XIX asrda - 5,2 mln (ularning 2 mlnga yaqini Napoleon urushlarida). XX asr bu borada barcha asrlarni ortda qoldirdi. Birinchi jahon urushida 10 millionga yaqin, ya’ni ilgarigi 200 yil davomida Yuz bergan urushlarda qancha odam o‘lgan bo‘lsa shuncha kishi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi 60 million kishining yostig‘ini quritdi. Unda 61ta davlat ishtirok etdi va mustamlakalarni ham hisobga olganda Er shari aholisining 80%ni qamrab oldi. Jangovar harakatlar Evropa, Osiyo, Afrikaning 40 ta davlati hududida, to‘rtta okeanning akvatoriyalarida olib borildi. Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod, neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda to‘plangan qurol-yarog‘lar zahirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun etarlidir. Aytish mumkinki, urush va tinchlik muammosi - bu «zamonaning tarixiy jihatdan birinchi global muammosidir va hozirga qadar global muammolar ro‘yhatida birinchi o‘rinda turuvchi eng xavfli va orqaga surib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda»3. «Sovuq urushning» tugatilishi, bloklarning harbiy-siyosiy qarama-qarshiligining bartaraf etilishi, xalqaro vaziyatning umumiy yaxshilanishi urushni ongli ravishda boshlanish xavfini ancha kamaytirdi. Biroq uning tasodifan boshlanib ketish xavfi saqlanib qolmoqda. SHu sababli ushbu global muammo faqat global qurolsizlanish va birinchi navbatda, ommaviy qirg‘in qurollarining yo‘q qilinishi orqali hal etilishi mumkin.Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi:XX asrning 50-yillari: ekologiyada ahvol yaxshi emasligini qayd etish; 60-godы: nazariy idrok etish uchun dastlabki urinishlar; 70-yillar: ijtimoiy harakatlarning amaliy faoliyatining boshlanishi («yashillar» va boshqalarning); 80-yillar: aniq-ravshan bayon qilingan tamoyillar asosida harakatlar amaliyotini ishlab chiqish; 90-yillar: global ekologik tafakkurning shakllanishi. «Ekosofiya»ning rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. Hozirgi zamon globalistikasi ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan xalqaro nohukumat tashkiloti - Rim klubining paydo bo‘lishi va dastlabki 15 yillik faoliyati italyan faylasufi va jamoat arbobi A.Pechchei nomi bilan bog‘langan. Eng muhim ishlanmalar qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - Global miqyosdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun maxsus transmilliy tuzilmalar yaratish haqidagi taklif (E.Pestel, M.Mesarovich); - Ekologik muvozanatlashtirilgan global iqtisodiy tizimlar nazariyasini ishlab chiqish (L.Braun); - Global ekologik va insonparvarlik etikasini shakllantirish (R.Atfild) va boshqalar. A.Pechcheining «taraqqiyot dinidan va mexanikaning kuch-qudratiga ko‘r-ko‘rona ishonishdan» voz kechish va o‘z nigohini SHarqqa qaratish zarurligi, zero «Osiyoning metafizik madaniyatlari materialistik g‘arb sivilizatsiyasini ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkinligi» SHunday qilib, alternativa shunday: insoniyat yohud o‘z sivilizatsiyasini ekologiya nuqtai nazaridan modernizatsiya qiladi, yoki atrof muhit bilan birga degradatsiyaga uchraydi. Energetik muammo. Amerikalik global-muammolar tadqiqotchisi A.Smilning fikriga ko‘ra hozirgi sivilizatsiyaning tayanchi bo‘lgan «uchta kit» - bu energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bo‘lib, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega. 1945 yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70%ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Er shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar (sayyora aholisining 78%) ishlab chiqarilayotgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar faqat iste’mol qilinayotgan energiya miqdoriga ko‘ra emas, balki sifatiga ko‘ra ham farq qiladilar. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosiy energiya manbalari - bu neft, gaz, kamroq miqdorda ko‘mir bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan har xil texnika ekinlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilaridir (masalan, Bangladeshda butun energiyaning 90%, Nigeriyada - 80%, Indoneziyada - 66% ana shunday manbalardan olinadi). Energetika muammosi bir qator aspektlarga ega: birinchidan, rivojlangan jamiyatlar tobora ko‘proq energiyani talab qiladi, ikkinchidan, qancha ko‘p energiya ishlatilsa, uning manbalari shuncha kamayadi (agar an’anaviy energiya manbalari ko‘zda tutilsa), uchinchidan, qancha ko‘p yonilg‘i iste’mol qilinsa, atrof-muhit shunchalik ko‘p darajada ifloslanadi. To‘rtinchidan, muqobil energiya manbalari deb ataluvchi manbalar har doim ham o‘zini oqlamaydi. Masalan, I.V. Kurchatov atom energiyasini kelajakning asosiy energiyasi, deb hisoblangan edi. Biroq, AES larda Yuz bergan bir qator falokatlar, xususan, 1996 yilda CHernobildagi falokat, muammoning murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Faqat 1990 yilning o‘zidagina AESlarda 143 ta turli kamchiliklar qayd etilgan. 2000 yilga kelib 300 ta yadro reaktori yopilgan. Energetik muammoni hal etishi yo‘llari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: - energiyaning yangi, xavfsiz va nisbatan arzon bo‘lgan manbalarini qidirib topish (quyosh energiyasidan, shamoldan, dengiz oqimlaridan foydalanish);- an’anaviy sanoat materiallari o‘rniga ancha engil, arzon, kam energiya sarflanadigan materiallardan foydalanish (po‘lat o‘rniga alYuminiy, mis o‘rniga shisha tolas, metall o‘rniga plastik va hokazo). Xom-ashyo muammosi. Energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish bilan chambarchas bog‘liq muammo xom-ashyo (mineral resurslar, o‘rmonlar va hokazo) muammosidir. Hozirgi paytda 1970 yildagiga nisbatan uch marta ko‘p foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanayotgan ulush 12% ni tashkil etadi. A.E.Fersman XVI-XX asrlar mobaynida erdan 50 milliard tonnaga qadar ko‘mir, 2 milliard tonna temir, 20 milllion tonna mis, 20 ming tonna oltin va boshqalar qazib olinganini hisoblab chiqqan. Hozirgi paytda yiliga 100 milliard tonnaga yaqin (50 kv.km atrofida) foydali qazilmalar qazib olinmoqda. V.I.Vernadskiyning «insoniyat umuman olganda, qudratli geologik kuchga aylanmoqda»4 degan xulosasiga to‘liq qo‘shilishi mumkin.Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga etdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga etishgan (sayyora aholisining 10%).Hisoblarga qaraganda me’yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov beriladigan er to‘g‘ri kelishi lozim. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling