Reja: Golografiyaning asosiy xossasi Gologramma


Download 57 Kb.
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi57 Kb.
#1220200
1   2   3   4
Bog'liq
GOLOGRAFIYA PRINSIPLARI UNING QO\'LLANILISHI

Gologrammalarni olishning turli usullari mavjud. Y.N.Denisyuk eng ajoyib usullardan birini taklif qildi. Gologramma shunday qalin qatlam emulsiyali fotoplastinkaga yoziladiki, qatlamning qalinligi yorug‘lik to‘lqini uzunligidan ancha katta bo‘ladi. Jismdan qaytgan va asosiy dastalarning interferensiya manzarasi emulsiya qalinligida sodir bo‘ladi. Ko‘p muzeylarda xuddi shunday gologrammalar qo‘yilgan. Ularda jismning tasvirini tiklash uchun oddiy yoritgich yoki quyosh nurining o‘zi yetarlidir. Bunday gologrammaning strukturasi to‘lqin frontini tiklash uchun zarur bo‘lgan nurlarni o‘zi tanlab oladi.

Gologrammalar faqatgina jismlarning obrazini yaratish uchungina qo‘llanilmaydi. Ular nihoyatda ulkan miqdordagi ma’lumotlarni yozib olishga yordam beradi, ularni optik sistemalarning aberratsiyalarini (tasvirning buzilishlarini) to‘g‘rilashda, mashinalarning vibratsiyalarini nazorat qilishda ham ishlatish mumkin.

Nazariy hisoblashlardan shunday bog‘lanish kelib chiqadi: gologrammaning birlik yuzida jism haqida ta mustaqil ma’lumot qayd qilish mumkin. Shunday qilib, geliy–neon lazer nurlanishi (=0,632 mkm) bilan olingan gologrammaning 1 sm2 ga 250 mln. ta mustaqil ma’lumot to‘g‘ri keladi. Gologrammadagi ma’lumotlarning ko‘p sonligi strukturasining murakkabligida o‘z aksini topadi. Odam gollogrammaning kuchli kattalashtirilgan sohasini turli darajada qoralashgan tartibsiz dog‘lar to‘plami sifatida ko‘radi. Bunday taassurotning sababi, ko‘zimizning gologrammada aniq qonuniyatlar asosida berilgan jism haqidagi ma’lumotlarni ko‘raolishga noqobilligidir. Golografik tasvirlarni tiklash - bu ma’lumotlarni bir shakldan inson his qilishi uchun qulay boshqa shaklga aylantirishdan, yoki ularni EHM ga kiritishga moslashtirishdan iboratdir.

Gologrammani tiklash vaqti juda qisqa (10-10 s gacha). Binobarin, golografiya ulkan miqdordagi ma’lumotlarni yozib olish, saqlash va juda tez o‘zgartirish imkonini beradi. Golografiyaning bu xususiyatlaridan ko‘plab ilmiy va texnik problemalarni hal qilishda foydalaniladi. Masalan, golografik interferometriya interferensiya usullari bilan yorug‘likni diffuz sochuvchi obektlarni, masalan, metall konstruksiyalarning korroziya bilan qoplanishini beton balkalari, avtomabil pokrishkalari va shunga o‘xshashlarni tekshirishga imkon berdi. Agar bunday obektning deformatsiyasini o‘rganish lozim bo‘lsa, u holda gologramma yordamida uning uch o‘lchamli tasviri hosil qilinadi va bu tasvir obekt bilan qo‘shiladi. Bunda obekt va gologrammani, gologramma olish vaqtida qo‘llanilgani singari, yorug‘lik bilan yoritiladi. Endi tasvirning yorug‘lik bilan jismdan qaytgan yorug‘lik interferensiyalanadi, chunki ular kogerentdir (3.28-rasm). Agar obekt o‘z shaklini bir oz o‘zgartirgan bo‘lsa, u holda golografik tasvir bilan obektdan qaytgan nurlar orasida yo‘l farqi yuzaga keladi, natijada obekt shaklining o‘zgarishini xarakterlovchi interferensiya polosalari paydo bo‘ladi. Golografik interferensiyani kuzatishning boshqa usuli ham mavjud. Fotoplastinkaga jismning turli ikki holatdagi ikki gologrammasi ketma-ket «yoziladi». «Qo‘shaloq» gologrammani yoritishda tiklangan tasvirlarning to‘lqinlari interferensiyalanadi va jism sirtida xuddi birinchi holdagidek, obekt holati o‘zgarishini harakterlovchi manzara hosil bo‘ladi.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling