Reja: Gorizontal shpindelli apparatning tuzilishi
Download 367 Kb.
|
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi
dsh — shpindelning o’rtacha diametri, mm;
nsh — shpindelning terish kamerasidagi aylanish tezligi, ayl/min; Vsh — shpindel urta kesimidagi tishning chizikli tezligi, m/s. To’liq ochilgan kusakning diametri 50...60 mm, chala ochilganiniki 27...40 mm va kuk kusak diametri 20...35 mm bo’lishini e`tiborga olib, kassetadagi shpindellar oraligi l q40 – 42 mm kilib olinadi. l oralikni tanlashda ochilgan kusak chanoklaridagi paxtani yonma-yon joylashgan ikki shpindel bir vaqtda terishi kuzda tutiladi, bordiyu l me`yoridan kichik kuyilsa, shpindellar kuk kusaklarni ezishi hamda terilayotgan paxta shpindellar orasida uzilib, yerga tuqilishi mumkin. Terish kamerasiga kirgan shpindel mashina harakati bo’ylab yoki unga teskari yunalishda minimal siljishi kerak, aks holda guzapoya shoxlari shikastlanishi mumkin. Shuning uchun shpindel uchi va asosidagi nuktalar kamera uzunasi bo’ylab minimal siljishi kerak (272- rasm). Shpindel asosidagi A nukta baraban bilan nisbiy aylanma (V tezlikda) va mashina bilan ilgarilama (Vm tezlikda) kuchirma harakatda bo’lib, uning absolyut harakat traektoriyasi AVSDE uzaytirilgan tsikloida shaklida bo’ladi. Bu traektoriyaning ko’rinishi V ning Vm ga nisbati, ya`ni barabanning uzish koeffitsienti K ning miqdoriga bog’lik. Shpindel guzapoya shoxlarini sindirmasligi uchun A nuktada panjarasimon tusikdan utib, terish kamerasiga kira boshlagan shpindel traektoriyasidagi sirtmokning DV kengligi, shpindelning mashina bilan birgalikda ilgari surilgan AE masofasiga teng bo’lishi kerak. Ushbu shartni bajarish uchun k ning miqdori: Amalda k =1,10...1,25 qabul qilinadi, keyin V=kVm, aniqlanadi. Gorizontal shpindel tezligining o’zgaruvchanligi Gorizontal shpindelni shesternyali yuritma harakatga keltirgani sababli, shpindel o’zgarmas burchak tezligi bilan aylanishi lozim. Lekin 269- rasmda ko’rsatilgan krivoship yunaltiruvchi yo’lakcha ta`sirida buriladi va bevosita shpindelni harakatlantiruvchi z8 shesternyasining kasseta ukidagi z7 shesternya bo’ylab yumalanishi xisobiga qo’shimcha tezlik oladi. Shuning uchun gorizontal shpindel tezligi 273- rasmda ko’rsatilganidek o’zgarib turadi (aylanish yunalishi o’zgarmagan holda). Shpindelli baraban to’liq, bir aylangandagi tezlikning o’zgarishini A,V,...E zonalarga bulish mumkin. A zonada shpindel terish kamerasiga kirishdan oldingi tezligi uning o’rtacha burchak tezligidan kam bo’ladi. V zonasida shpindel (paxtani terish jarayonida) deyarli o’zgarmas tezlikda aylanadi. S zonada shpindel terish kamerasidan paxtani uziga urab chikkanda tezligi oshadi, D zonada shpindeldagi paxta uramini bushashtirib, uni ajratish osonlashishi uchun shpindel tezligi keskin kamayadi. ye zonada namlagichda tozalangan shpindelni terish kamerasiga kiritish uchun kasseta keskin buriladi, natijada shpindelning tezligi beixtiyor ortadi. Z1 shesternyasi burchak tezligi bilan aylansa, Z5 shesternyasi Z2, Z3, Z4 orqali tezlikka ega bo’ladi. Z5 shesternyadan shpindel Z6, Z7, Z8 orqali soat mili buyicha tezligini oladi. Ammo Z6 shesternyasi tezligi bilan baraban uki atrofida, ya`ni Z5 ustida yumalanib shpindel soat miliga teskari tezlik hosil kiladi. Demak, shpindelning o’rtacha tezligi (krivoship tebranishini e`tiborga olmaganda) Misol uchun, 273- rasmdagi S zonada Q bo’lgani uchun tezlik ortadi, D zonada esa manfiy xisobiga tezlik kamayadi. 5- shesternya burchak tezligining kiymati ni (198) formulaga kuyilsa, shpindelning o’rtacha tezligi kelib chiqadi. Download 367 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling