Reja: Grafik usul nima ?
Download 463.92 Kb.
|
1.Algoritmni Grafik tasvirlash usullari
Mavzu: Algoritmni Grafik tasvirlash usullari. Reja: Grafik usul nima ? Asosoiy bloklar. Algoritm turlari. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi. Algoritmning bu shakli sizga avvaldan tanish, chunki matematika kursida chizilgan grafiklarning ko'pchiligi algoritmning grafik usulda berilishiga misol bo'ladi. Bundan tashqari shahar yoki turar joy mavzelarida joylashgan boror uy hamda inshootlarni izlash va harakatlanish bo'yicha berilgan karta-sxemalar ham shunga misol bo'la oladi. Endi algoritmning shu paytgacha tanish bo'lmagan yana bir grafik tasviri bilan tanishtirib o'tmoqchimiz. Bu maxsus vositaning nomi blok - sxema deb yuritiladi. Blok - sxemalar turli geometrik shakllardagi oddiy elementlardan tashkil topadi. Quyida biz blok-sxemalarning asosiy elementlari bilan tanishamiz: Blok-sxemalarning yuqorida sanab o'tilmagan elementlari va standartlari ham bor albatta, lekin biz bu yerda kursimizni o'rganishda zarur bo'lganlari bilan cheklandik, xolos. Biz blok-sxemalar algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo'lgani, ko'rgazmalik imkoniyati ancha katta ekanligini inobatga olgan holda, ulardan butun kursimiz davomida foydalanib boramiz. Shu sababli blok-sxemalar bilan ishlashni boshidanoq yaxshilab o'zlashtirib borishimiz zarur bo'ladi. O'zgaruvchi va o'zgarmas miqdorlar bilan matematika, fizika fanlari orqali avvaldan tanishsiz. Ulardan informatikada ham foydalanamiz, faqat nomlashda imkoniyat ko'payadi, chunki ularni biror lotin harfining o'zi bilan emas, balki lotin harflari va zarur bo'lganda lotin harfi hamda raqamlar birikmasi bilan ifodalash mumkin. Bundan tashqari miqdorlarning sonli, ramziy belgilaridan iborat va boshqa turlari mavjudligini inobatga olishimiz lozim. O'zgaruvchi va o'zgarmaslarning nomlanishi, turlari, ularni ifodalash haqida batafsil ma'lumot bilan keyinroq, dasturlash asoslari bobida tanishamiz. Hozircha o'quvchilar ular uchun yangi bo'lgan belgili turdagi o'zgarmas qo'shtirnoqlar ichiga olib yozilgan istagan belgilar ketma-ketligidan iboratligini bilib olishlari lozim. Download 463.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling