Reja: Harakat sog’lom turmush tarzining asosiy omili


Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish


Download 49 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi49 Kb.
#1483184
1   2   3
Bog'liq
Sog`lomlashtirishdag jismoniy tarbiyaning jismoniy barkamollikga (2)

4. Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish.
Tana tuzilishiga qarab bolalar 3 guruhga bo`linadi:
Birinchi guruh-normostenik tana tuzilishi – tananing hamma qismi bir biriga to`g`ri proporsional, teng, baravar rivojlangan, ko`krak va yelka kamari kengligi, qo`l va oyoqlarning uzunligi proporsional bo`ladi. Bunday bolalar sportning hamma turlari bilan shug`ullanishlari mumkin.
Ikkinchi guruh-giperstenik tana tuzilishi – kalta bo`yli, keng ko`krak qafasli, keng yelkali, qo`l-oyoqlari kalta va yo`g`on. Bularni ko`proq kurash turlariga yo`naltirish maqsadga muvofiq.
Sababi, bunday gavda tuzilishidagi bolalarda suyaklar yo`g`on, baquvvat, muskullar yaxshi rivojlangan, kuchli bo`ladi.Ular tez, epchil, chaqqonlik bilan harakat qilish xususiyatiga ega.
Uchinchi guruh-asstenik tana tuzilishi – bo`yi uzun, qo`l va oyoqlari uzun, tana ingichka, ko`krak va yelka kamari ingichka. Bunday bolalar uchun sport o`yinlarining voleybol, basketbol, tennis turlari bilan shug`ullanish tavsiya etilishi lozim.
5. Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish.
Bolalar yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish 6 davrda amalga oshiriladi. Sport turlarini tavsiya etishda bolalarning yoshi bilan birga, ularning tana tuzilishi hususiyatlari (normastenik, giperstenik, astenik) ham e`tiborga olinishi lozim.
Birinchi davr – 5 – 7 yosh. Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, Sport akrobatikasi, shaxmat va shashka yo`nalishlari tavsiya etiladi.
Ikkinchi davr – 8 – 9 yosh. Engil atletika, stol va katta tennis, badminton yo`nalishlari.
Uchinchi davr- 10-11 yosh. Sport o`yinlarining barcha turlari, shuningdek, qol to`pi, qilichbozlik, kamondan o`q otish.
To`rtinchi davr – 12 – 13 yosh. Kurashning hamma turlari: karate, erkin kurash, yunon – rum kurashi, sambo, shuningdek, boks,eshkak eshish, velosport kabilar.
Beshinchi davr – 14 – 15 yosh. To`rtinchi davrdagi sport turlariga qo`shimcha zamonaviy beshkurash, uchkurash, ot sporti.
Oltinchi davr – 16 – 17 yosh. To`rtinchi va beshinch davrdagilarga qo`shimcha keng qamrovli turizm, sportning texnikaviy turlari: motosport, avtosport, korting turlari tavsiya etiladi.
6. Maktab va o`quv yurtlarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlari o`tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling